Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006.
2. Adam, R. Tne Process of Educational Innovation I R. - Lnd, 1991.
3. Bassett G. Innovation in Primary Education. - Lnd: 1992.
4. Beverly D. Inquiry Based Teacher Education - Lnd: 1996.
78
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA KASBGA
YO‘NALTIRISH VA KASBGA OID USULLARNI QO‘LLASH
Bozorova Bibigul Mustafoyevna
Navoiy viloyati, Qizlitepa tumani
16-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Insonning qiymati emas siymu zar,
Insonning qiymati ilm va hunar.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni kasbga yo‘naltirish hamisha davlatimiz, siyosatimiz oldida
turgan ustivor masalalardan sanalib kelingan. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun
farzandlarimiznung ota-onalari hamda ta’lim muassasalarining o‘rni va u yerda faoliyat olib
borayotgan o‘qituvchilar hamda amaliyotchi psixologlarining faoliyati katta ahamiyatga ega.
Shu maqsadda bugun yurtimizda ko‘plab qaror, farmonlar qabul qilinmoqda. Jumladan, 2020-yil
6-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot
davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-
sonli farmonining qabul qilinishi fikrimizning isbotidir. Kasb-hunarga yo‘naltirishdan maqsad
o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga
yo‘naltirish orqali, bo‘lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari
uchun kasb –hunarga yo‘naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim
sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir o‘quvchi shaxsini kasbga yo‘naltirishda individual
xusuyatlarni ham xalq xo‘jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini to‘laqonli
ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak. Lekin bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy
pedagogik asoslari talab darajasida yaratilmagan.
Kasb madaniyati kasbga, mehnatga, ijodga,
ish jarayoni va odamlarga bo‘lgan munosabatlar
asosida shakillanadi. Zero, kasbiy faoliyat shu
ijodiy jarayon, munosabatlardan iborat. Endi
kasb madaniyatini pedagogika nuqtai nazardan
talqin etib ko‘raylik. O‘qtuvchilik faoliyati,
ta’lim –tarbiya, ma’rifat, ma’naviyat, o‘qtuvchilar
bilan doimiy munosabatlar jarayonidan iborat.
Umuman, madaniyatni ta’lim- tarbiyasiz, bilimsiz,
ma’rifatsiz, ma’naviyatsiz, ijodsiz ta’savvur etib
bo‘lmaydi. Barcha munosabatlarga, moddiy
va ma’naviy qadryatlarning asosini, insonning
insoniylik sifatlari mazmunini jamiyatning
taraqqiyot, ta’lim- tarbiya darajasi, fan imkoniyati,
ma’rifat va madaniyat kuchi belgilab beradi. Inson
qaysi kasb yoki hunar bilan shug‘ullanmasin,
doimo munosabat bo‘ladi, bu munosabat darajasi,
tartibi, saviyasi, uning madaniyatini qay darajada o‘zlashtirib olganiga bog‘liq. Kasbga o‘rganish
ham madaniyat va bu jarayonlardagi o‘zaro munosabatlqr ham madaniyatdir. Agar o‘qtuvchi
o‘z o‘quvchisini kasb hunari yoki dars beradigan fani orqali tarbiyalamoqchi bo‘lsa, unga kasb
madaniyatini o‘rgatmoq uchun eng avvalo o‘z fanini yaxshi ko‘rishi va yaxshi bilishi uning o‘zi
madaniyatli bo‘lishi kasb madaniyatini yaxshi o‘zlashtirib olgan bo‘lishi lozim. Kasb-hunar yoki
fanni sevadi hamda ustoziga o‘xshab madaniyatli bo‘lishga harakat qiladi. Agar fanni yoki kasb
hunarni o‘qtuvchining o‘zi yaxshi ko‘rmasa, uning o‘zi madaniyatli bo‘lmasa, kasb madaniyatidan
bexabar bo‘lsa, u holda qanchalik o‘quvchilarni majbur qilmasinbaribir bu fan ularga hech qanday
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatmaydi, ularni madaniyatli ham qila olmaydi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |