32
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ADABIY TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH
Atamuratova Muborak Rajapboyevna
Xorazm viloyati Urganch tumani
23-umumta’lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya
. Maqolada adabiy ta’lim metodlarining izohi hamda ushbu metodlardan
boshlang‘ich ta’limda foydalanishning samaralari va istiqbollari yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: pedagogik texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, o‘qitish metodlari.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar
darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan
texnologik yondashuvni talab etadi.
Shuning uchun ta’lim tizimini samarali tashkil etishda zamonaviy o‘qitish metodlari-interfaol
metodlar, innovasion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya
va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli bo‘lishlarini
ta’minlaydi.
Buning uchun darslarimizni ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda yangi uslub
bilan tashkil etishimiz zarur. Yangilangan ta’limda o‘quvchini har tomonlama rivojlantirib, bilimdan-
bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar zarurdir. Pedagogik tehnologiya – shunday
bilimlar sohasiki, ular vositasida o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchilarda hurfikrlik, bilimga
chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi.Har kuni
yurtimizga yangilik, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf
darsliklari uchun video ilovalar, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga
asoslangan dars ishlanmalar yaratilgan. Masalan, 1-sinf “O‘qish” darsligining multimediali
ilovasiga 42ta animatsiya, 16ta videolavha, ta qo‘shiq, 20 ta lug‘at ishi, 43ta o‘yin, 15ta test
topshiriqlari kiritilgan. Multimediali ilovasining 1-sahifasida o‘quvchilar qo‘lidagi guldastada
21ta darsning soni (taqvim, mavzu, reja asosida) ko‘rsatilgan. O‘qituvchi dars raqami ustidagi
tugmachani bosganda, ekranda,
“O‘qing va kuzating”, “Lug‘at”, “Test”, “O‘yin”, “Mashq”,
“Video”, “Dam olish daqiqasi”
kabi belgilar aks etadi. Mana shunday multemidiali ilovalardan
foydalanib darsni olib borish bilan bir xil qolipda dars o‘tishning o‘ziga xos farqlari, afzalliklari
va qulayliklari mavjud.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshiradi,
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqish va ishtiyoqlarini ijobiy tomonga o‘zgartiradi, olayotgan bilimlarini mustahkam egllashga
va ularni amalda o‘zlari erkin va mustaqil foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi,
jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatadi. Darsliklarda berilgan videolavhalar o‘quvchiga tushunarli, sodda
va ravon qilib ishlangan. Bu esa mavzuni tez va oson tushunib olishlariga qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda “Dam
olish daqiqalari” ham musiqali, turli xil harakatli raqslar asosida berilgan bo‘ladi. Masalan, “Nafas
olish mashqi”, “Tropik yomg‘ir” o‘yini, “Qarsak” o‘yini kabilarni keltirish mumkin. Bulardan
tashqari o‘qish darslarini bevosita ingliz tili bilan bog‘lab “Dam olish daqiqasi” ni tashkil etish
mumkin. Bundan tashqari, “O‘qish” darsarida foydalaniladigan ilg‘or pedagogik texnologiyalarga
quyidagilarni keltirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: