Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
TA’LIM JARAYONIDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA
INNOVATSION YANGILIKLARNI QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI
Ruziyeva Dilafro‘z Shuxrat qizi
Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi
14-sonli maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (99) 152-55-99
sdilafruz219@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta’lim tizimida o‘quv samaradorligini oshirishda ilg‘or
pedagogik texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari, innovatsion yangiliklardan samarali foydalanish,
interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish,
faol harakatga undash haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, pedagogika, innovatsiya, pedagogik texnologiya, interfaol metodlar,
didaktik o‘yinlar.
Annotation.
This article focuses on the use of advanced pedagogical technologies, scientific
achievements, innovative innovations, the use of interactive methods to increase students’ interest
in learning, to encourage active action in improving the effectiveness of education in the education
system.
Keywords:
education, pedagogy, innovative education, pedagogical technology, interactive
methods, didactic games.
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil
etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini
o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter va boshqa yuqori
texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi.
Ilm-fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning
barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va
nodavlat muassasalarida qo‘lanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda.
O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi,
tashkil etuvchi va baholavchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini
innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion
maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim
va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion
jarayonlar kirib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |