119
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMNING ZAMONAVIY METODLARI.
Nazarova Gulrux Adizovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani xalq ta‘limi bo‘limiga qarashli
42-umumiy o‘rta ta‘lim maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi .
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlarning ona tili fani asosida savodxonlik darajasi, ularning
fanni chuqurroq o‘zlashtirishi uchun metodik fikrlar kabilar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ona tili, hayot,bilim darajasi.
Bugungi kunda pedagogika fanida noan’ anaviy dars, zamonaviy dars degan iboralar tez- tez
qo‘llanib turiladi. Zamonaviy darslar shunday darslarki, unda o‘qituvchi o‘quvchining mavjud
imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy patensialini ishga solib, rivojlanishini
ta’minlaydi. O‘quvchi esa o‘z navbatida bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va ma’naviy barkamollik
sari qadam tashlaydi. Biz O‘zbekistonimizni dunyoga tanitmoqchi, uning qadimiy tarixi va
yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlari xotirasida saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor,
buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida ona tili o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar yozma nutqini
o‘stirishdir. Har bir darsda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini uyg‘unlikda o‘stirish ta’lim
samaradorligini oshiribgina qolmay, balki o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini rivojlantiradi.
Aksariyat o‘quvchilar og‘zaki tarzda chiroyli fikr yuritishadi, biroq yozma bayon etishda
qiyinchiliklarga duch kelishadi. Buning sababi ulardagi yozma nutq malakasining yetarlidarajada
rivojlanmaganidir. Lug‘at ustida ishlash orqali o‘quvchilar savodxonligini oshirish
Yozma nutq turli yozma ishlar ko‘rinishida amalga oshirilib uning sifati fikrning mustaqil
ravishda bayon etilishi bilan belgilanadi.
Yozma ishlar, asosan, ikki katta guruhga bo‘linadi:
1. Asosiy yozma ishlar.
2. Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar
Yozma ish turlarini quyidagicha tasniflash mumkin
Asosiy yozma ishlar: diktant, bayon, insho.
Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar:
- Lug‘at ustida ishlash;
- Dialoglarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib yozish;
- Savollarga javob yozish;
- Matn mazmunini qisqartirib yoki kengaytirib yozish.
Darsliklarda lug‘at bilan ishlash mavzusi 1 soatga berilgan. Shu bilan birga matn ichidagi
tushunishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohi keltirilgan.
Bunday matnlar bilan shug‘ullanib borish o‘quvchilarni yozma savodxonligini oshirishda
muhim omillardan biri sanaladi.
O‘quvchilarda yozma nutqini o‘stirishda
Do'stlaringiz bilan baham: