115
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
AUDIO MATERIALLAR BILAN ISHLOVCHI MOBIL ILOVALARNING AHAMIYATI
Murodov Furqat Ziyodulla o‘g‘li,
Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti
(+998903108353, furqatmurodov7@gmail.com)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada audio materiallar bilan ishlovchi mobil ilovalarning ahamiyati,
audio muharrirlarning turlari, ularning ishlash funksiyalari, imkoniyatlari haqidagi fikrlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
mobil ilova, internet va mobil foydalanuvchilar, audio muharrirlar, elektron
resurslar, ma’lumotlar ombori.
XXI asr - bu yuqori texnologiyalar asri. Zamonaviy dunyoda odamlar Internetsiz bir kun ham
yashay olmaydilar, chunki uning yordamida uydan chiqmasdan juda ko‘p foydali ma’lumotlarni
olish, virtual suhbatlashish yoki shunchaki ko‘ngil ochar imkoniyatlardan foydalanish mumkin.
2014 yil oxiriga kelib Internetdan muntazam foydalanadigan foydalanuvchilar soni qariyb 3
milliardni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil boshiga kelib, ular soni 4,66 mlrd foydalanuvchidan oshdi,
mobil telefonlardan esa 5,22 mlrd odam Internetdan foydalangan [2]. Har kuni Internet jadallik
bilan rivojlanmoqda, yangi saytlar, dasturlar, xizmatlar paydo bo‘lmoqda.
Internetga asoslangan dasturlar va xizmatlar bugungi kunda hech qachon bo‘lmaganidek,
yuqori mashhurlikka erishmoqda. Veb-ilovalar brauzerlardan foydalanuvchi interfeysi sifatida
foydalanadi, bu amaliy va oddiy Internet foydalanuvchisi uchun juda qulaydir.
Kundalik turmushda ovozli (audio) ma’lumotlardan keng foydalanamiz. Ya’ni musiqa eshitamiz
yoki har xil audio fayllarni tinglashimiz mumkin. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida
audio tahrirlagichlar yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o‘qitishda, o‘rgatishda yoki
o‘qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko‘pincha bunday ma’lumotlarga murojaat qilamiz.
Chunki audio fayllar yordamida yaratilgan materiallarni qo‘llash, ya’ni elektron resurslardan
foydalanish til o‘rganish va til o‘rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi.
Zamonaviy dunyoda, odamlar allaqachon deyarli har kimning cho‘ntagida audio fayllarni ijro
etish funksiyasi bo‘lgan Audio Player yoki telefonga ega bo‘lishiga odatlangan. Bugungi kunda
deyarli barcha telefonlar ovoz yozish moslamasi bilan jihozlangan. Ba’zan ovozli yozish vositasi
yoki qandaydir musiqiy trek bilan qilingan audioyozuv bo‘lsin, audio faylni qayta ko‘rib chiqish
kerak bo‘ladi. Masalan, audio yozuvning keraksiz segmentini kesib tashlashingiz yoki qandaydir
effekt qo‘shishingiz kerak. Bundan tashqari, ba’zida bitta audio formatni boshqasiga o‘zgartirishga
ehtiyoj bor. Buning uchun audio muharrirlari mavjud. Ovoz muharriri ham ish stoli, ham veb-
dastur bo‘lishi mumkin.
Audio materiallar bilan ishlash uchun faqat Internetga kirish va veb-brauzer kerak. Hozirgi
vaqtda mavjud dasturlarni o‘rganish ko‘pincha qiyin, shuning uchun oddiy foydalanuvchi ularni
tushunishi juda qiyin. Ushbu odamlar uchun ovozni tahrirlash imkoniyatlari soni emas, foydalanish
bo‘yicha qulayligi birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Foydalanuvchi har qanday qurilmadan ilova bilan
oldindan ma’lumot uzatmasdan ishlashi mumkin. Ilovani istalgan joyda ishga tushirish mumkin,
uning ishlashi uchun Internet va veb-brauzer kerak.
Ovozli materiallarni qayta ishlashga mo‘ljallangan ilovalar turli xil variant va versiyalarda
mavjud: ish stoliga mo‘ljallangan va webga yo‘naltirilgan, professional va havaskor vositalar
mavjud. Ularning ayrimlari bilan tanishamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: