Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
Ta’lim-tarbiyada samarli islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa
ilmiy texnika taraqqiyoti yangi texnologik o‘zgarishlar sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirishda
o‘rta ta’limning o‘rni, ta’lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda
tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish uning muqim tizimlarini yaratish kabi chet el
tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir. Biroq bu usullardan foydalanish ko‘r-ko‘rona emas, balki
eng muhimi o‘quvchilar bilimini oshirishga, salohiyatini o‘stirishga xizmat qilsin. Shundagina biz
o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Ta’limda ilg‘or horijiy tajribalar” O‘quv – uslubiy majmua.
2. Anvar Xodjayev “Jahon maorifida yetakchi brendga aylangan Singapur ta’lam tizimi”
Ma’rifat gazetasining 2019.15.03 soni.
100
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
RUS TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Ne’matova Shaxnoza
Navoiy viloyati Karmana tumani
12 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi
rus tili fani o‘qituvchisi
Annotasiya:
maqolada ta‘lim tizimini sifat bosqichga ko‘tarishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning ahamiyati va ularning dars jarayoni qo‘llashning usul va vositalari yoritilgan.
Kalit so
‘
zlar:
innovatsiya,
kompetentlik,
pedagogik texnologiya, texnologiya, ta’lim,
samaradorlik
Bugungi kunda ta’lim tizimiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Xususan,
ta’lim tizimiga oid yuzga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishi bunga yorqin
misoldir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga joriy qilishda uning o‘zaro
bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarni ko‘rish, ularni joriy etish
shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan xolda belgilangan maqsadga erishishni
ta’minlaydi. Yoxud pedagogik texnologiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va
ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yigindisidir. Pedagogik texnologiya
o‘zining egiluvchanligi, natijalarning turg‘unligi, samaradorligi, oldindan loyixalanish zarurati
bilan metodikadan farq qiladi.
Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida pedagogik texnologiya o‘quv jarayonini texnik
vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelingan. Faqat 1970 - yillardan boshlab pedagogik
adabiyotlarda bu tushunchaning moxiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T. Sakamoto
tomonidan “o‘qitish texnologiyasi - bu o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo‘l-yo‘riqlar tizimi
bilan bog‘liq bilimlar soxasi ” ekanligi e’tirof etiladi .
Ob’ektiv borliqni o‘rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko‘lamda qo‘llanilgach,
uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya moxiyatiga ham aniqlik kiritildi.
Jumladan, rus olimasi N.F. Talizina texnologiyani “belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning
oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiradi. Bundan tashqari u zamonaviy o‘qitish
texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni aloxida fan sifatida qarash lozimligini o‘qtiradi.
Pedagogik texnologiyani fan sifatida e’tirof etish K.K. Selevko tomonidan ham ma’qullanilib
“Pedagogik texnologiya o‘qitishning birmuncha oqilona yo‘llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida
ham, ta’limda qo‘llaniladigan usullar, prinsiplar va regulyativlar sifatida ham, real o‘qitish jarayoni
sifatida ham mavjuddir” degan xulosaga keladi. Selevkoning fikricha “Pedagogik texnologiya”
tushunchasi ta’lim amaliyotida uch ierarxik darajada qo‘llanilishini asosladi:
1) Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy)
texnologiya ma’lum mintakada, o‘quv yurtida, ma’lum o‘qitish bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini
tavsiflaydi.
2) Xususiy metodik (predmetli) daraja: xusuiy predmetli pedagogik texnologiya “xususiy
metodika” ma’nosida qo‘llaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari
va vositalari yig‘indisi sifatida bir predmet, sinf, o‘qituvchi doirasida qo‘llaniladi (fanlarni o‘qitish
metodikasi, o‘qituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi).
3) Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o‘zida o‘quv - tarbiyaviy jarayonning ayrim
qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar enchimini o‘zida mujassamlashtiradi (aloxida
faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, aloxida shaxs sifatlarini tarbiyalash,
dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa).
Lernerning fikricha, pedagogik texnologiya - “o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish
natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi”.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya belgilangan boshlangich
maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyixalash sifatida talqin etiladi. Bu bir jixatdan
to‘gvri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi ko‘zga yaqqol tashlanadi yoki bunday
yondashuvlarda o‘quvchi shaxsi inkor etilayapti.
Bu kamchilikni birinchi bo‘lib akademik V.P. Bespal’ko payqadi va o‘zining yirik asarida
“pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan xolda pedagogik
101
Do'stlaringiz bilan baham: |