Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/180
Sana23.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#843368
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   180
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QUVCHILARNING TIL BILISH KO‘NIKMA VA MALAKALARINI 
RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVLAR
Narzullayeva Sarvinoz Nurmurot qizi
Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktab
Ingliz tili fani o‘qituvchisi
Mamlakatimizda ilm-fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga yoshlarning 
salohiyati, iqtidori, dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi, chuqur bilim egallashini taqozo etmoqda. 
Bu borada yurtimizda yangi Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ishlab chiqilganligi barcha 
o‘qituvchilaridan o‘qitish va o‘rgatishga bo‘lgan ma’suliyatni kuchayishini taqozo etadi. Ta’lim 
samaradorligini oshirish, rivojlanayotgan bugungi kunda yosh kadrlarning dunyoqarashini 
shakllantirishda ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish hayotiy zaruratdir. Bu esa o‘z navbatida, 
o‘qituvchilardan doimiy izlanishni talab qiladi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsning 
shakllanishi va kamol topishi tezkor faoliyatda yuksak samara berishi aniqlangan. Yuqorida aytilgan 
fikrlarning asosi sifatida aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishda 
boshlang‘ich sinfdanoq til o‘rganishga jalb qilishda, ularda nutqni rivojlantirish ham asosiy 
yo‘nalish hisoblanadi. Ingliz tilidagi so‘z va iboralarni ishlata olish va ular ishtirokida mustaqil 
gaplar, kichik dialoglar tuzish, qo‘shiq 
va
she’r yodlash ham darsda ingliz tilida so‘zlashuv 
nutqiy vaziyatini yuzaga keltiradi. Bu o‘rinda, suhbat usulining ahamiyati beqiyosdir. Shuni 
alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tilni o‘rganish faqatgina grammatik kategoriyalarga mos bo‘lib 
qolmasdan, balki barcha qirralarga ham xosdir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, olib borilayotgan 
tadbirlarning xilma-xil bo‘lishi ularni yangiliklardan xabardor qilish natijasida o‘quvchilarda 
ijobiy hissiyotlar uyg‘onishi ham ma’lum bo‘ladi. Bunday tadbirlar sirasiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: O‘rganilayotgan mavzular yuzasidan kecha o‘tkazish. Masalan til bilish haqida “ Til 
bilgan el biladi” mavzusida suhbat uyushtirish. Matbuot va ommaviy axborot vositalaridan unumli 
foydalanish. Muzeylarga sayohatlar o‘tkazish, bunday sayohatlar bo‘lg‘usi yetuk insonlarni 
kasbga bo‘lgan qiziqishi va mahoratini tarkib topishida yordam beradi. 
Yoshlikdan ko‘rsatilgan bunday imtiyozlarning barchasi ularning ilm olishga bo‘lgan 
qiziqishini oshirish bilan birga, dunyoqarashini ham shakllantirishda katta hissa qo‘shadi. Quyida 
biz o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan bir nechta integrativ 
yondashuvlar turidagi topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz: Masalan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
5-sinf ona tili darsligida 19-dars. So‘z birikmasi mavzusi, 70-mashqda berilgan “O‘zbek” so‘zi 
ishtirokida so‘z birikmalari tuzing va gaplar hosil qiling
1
deyilgan topshiriq. 
O‘quvchilar bu so‘zlarni biriktirib so‘z birikmasini hosil qiladilar: 
-O‘zbek o‘g‘loni; 
-o‘zbek tili; 
-o‘zbek xalqi; 
-o‘zbek qizi; 
-o‘zbek urf-odati. 
Yuqoridagidek namunalarni ko‘plab misol tariqasida keltirish mumkin. O‘quvchilar ona tili 
darsida olgan bilimlarini umumlashtirgan holatda ingliz tili darslarida bemalol qiynalmasdan so‘z 
birikmasi hosil qila oladilar. 
1. Matnni mazmuniga mos davom ettiring. 
M: Vatan-ona tuproq. U biz yashaydigan aziz zamin….. 
2.”Ona”, “Vatan”, “Do‘stlik” mavzularida maqol, hikmatli so‘zlar toping. 
3. Yaqin o‘rtog‘ingiz to‘grisida hikoya tuzing. 
4. Bir bo‘g‘inli so‘zlarni tezkorlik bilan ayting, Nok, non, tol…. 
5. Rangli rasmlar asosida hikoya qiling. 
Kuz keldi. Daraxtlarning barglari sap-sariq tusda….. 
6. O‘qituvchi tomonidan o‘qilgan ertak qahramonlarining nomlarini ayting. 
7. Topishmoq va tez aytish shartlarini berish. 
Bunday natijalarga erishish uchun darslarda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishni muhim 
1
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.To‘ldirilgan 4-nashri.TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 
2015 N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva


35

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish