Otayeva Nodira Islomovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’limi fani o‘qituvchisi
Telefon: +998 91 250 54 88
Annotatsiya:
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish fani o‘quvchining savodini oshirishda, ularni
qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda poydevor hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘qish
fanining afzallik tomonlari, tarbiyaviy ahamiyatga molik jihatlari, ularni o‘rgatishda noan’anaviy
metodlar haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
O‘qish fani, metod, davlat ta’lim standarti, ma’naviy va tarbiyaviy tushunchalar,
o‘qish texnikasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”
gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda Xalq
ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘I bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining 1-4-sinflari uchun o‘qish fani dasturi amaliyotga joriy etildi. Bugungi
kundagi talablardan kelib chiqib, o‘qish fanining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi o‘quvchilarning
har tomonlama ma’naviy boy, qalban yetuk qilib tarbiyalashda muhim o‘rin egallamoqda.
Darhaqiqat, o‘quvchini o‘qish va bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish, ularning tafakkurini
kengaytirish har bir o‘qituvchidan katta mas’uliyat talab etadi. O‘qish darslarida kompetensiyaviy
yondashuvni joriy etish, axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi sanaladi. Dasturlarning o‘qish nutq o‘stirish
bo‘limida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuniga; o‘quvchilarni to‘g‘ri ravon ma’lum
darajadagi tezlik bilan ifodali o‘qishga o‘rgatish; bolaning ona – Vatan, uningv tabiati kishilar
mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, oliyjanoblik fazilatlarini ular ongiga singdirish kabi
bilimlarni boyitish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengaytiriladi, shakllanadi
va mustahkamlanadi. O‘qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga tayanib,
hayotga bog‘lab o‘tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O‘qish fanining
ta’lim-tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini, og‘zaki va yozma nutqlarini
rivojlantirish usullarini, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar
aniq kiritilgan.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish usullari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
1. To‘g‘ri o‘qish. 1-sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi.
2. Ongli o‘qish. O‘quvchi har bir gap, gapdagi so‘z, so‘zdagi bo‘ginlarni o‘qish jarayonida
uning ma’nosini tushunib o‘qishi kerak.
3. Tez va ravon o‘qish.
Ravon o‘qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim. Ifodali o‘qishga o‘rgatishning
eng muhim usullaridan biri o‘qituvchining namunali ifodali o‘qishidir. Buning uchun o‘qituvchi
o‘qitishning pauza, urg‘u, ohangi kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratiga
ega bo‘lishi, og‘zaki nutq madaniyatini puxta egallashi lozim.
O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchining kundalik hayot, mustaqillikni
mustahkamlash va inson munosabatlari bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi.
Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat, tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan
ko‘zlangan maqsad o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan, tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir.
Umuman, “O‘qish kitobi” darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish
bilan birga, ularning so‘z lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirish va
nutq madaniyatini o‘stirishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |