Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QUVCHILARNING TIL BILISH KO‘NIKMA VA MALAKALARINI
RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVLAR
Narzullayeva Sarvinoz Nurmurot qizi
Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktab
Ingliz tili fani o‘qituvchisi
Mamlakatimizda ilm-fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga yoshlarning
salohiyati, iqtidori, dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi, chuqur bilim egallashini taqozo etmoqda.
Bu borada yurtimizda yangi Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ishlab chiqilganligi barcha
o‘qituvchilaridan o‘qitish va o‘rgatishga bo‘lgan ma’suliyatni kuchayishini taqozo etadi. Ta’lim
samaradorligini oshirish, rivojlanayotgan bugungi kunda yosh kadrlarning dunyoqarashini
shakllantirishda ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish hayotiy zaruratdir. Bu esa o‘z navbatida,
o‘qituvchilardan doimiy izlanishni talab qiladi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsning
shakllanishi va kamol topishi tezkor faoliyatda yuksak samara berishi aniqlangan. Yuqorida aytilgan
fikrlarning asosi sifatida aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishda
boshlang‘ich sinfdanoq til o‘rganishga jalb qilishda, ularda nutqni rivojlantirish ham asosiy
yo‘nalish hisoblanadi. Ingliz tilidagi so‘z va iboralarni ishlata olish va ular ishtirokida mustaqil
gaplar, kichik dialoglar tuzish, qo‘shiq
va
she’r yodlash ham darsda ingliz tilida so‘zlashuv
nutqiy vaziyatini yuzaga keltiradi. Bu o‘rinda, suhbat usulining ahamiyati beqiyosdir. Shuni
alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tilni o‘rganish faqatgina grammatik kategoriyalarga mos bo‘lib
qolmasdan, balki barcha qirralarga ham xosdir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, olib borilayotgan
tadbirlarning xilma-xil bo‘lishi ularni yangiliklardan xabardor qilish natijasida o‘quvchilarda
ijobiy hissiyotlar uyg‘onishi ham ma’lum bo‘ladi. Bunday tadbirlar sirasiga quyidagilarni kiritish
mumkin: O‘rganilayotgan mavzular yuzasidan kecha o‘tkazish. Masalan til bilish haqida “ Til
bilgan el biladi” mavzusida suhbat uyushtirish. Matbuot va ommaviy axborot vositalaridan unumli
foydalanish. Muzeylarga sayohatlar o‘tkazish, bunday sayohatlar bo‘lg‘usi yetuk insonlarni
kasbga bo‘lgan qiziqishi va mahoratini tarkib topishida yordam beradi.
Yoshlikdan ko‘rsatilgan bunday imtiyozlarning barchasi ularning ilm olishga bo‘lgan
qiziqishini oshirish bilan birga, dunyoqarashini ham shakllantirishda katta hissa qo‘shadi. Quyida
biz o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan bir nechta integrativ
yondashuvlar turidagi topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz: Masalan umumiy o‘rta ta’lim maktablari
5-sinf ona tili darsligida 19-dars. So‘z birikmasi mavzusi, 70-mashqda berilgan “O‘zbek” so‘zi
ishtirokida so‘z birikmalari tuzing va gaplar hosil qiling
1
deyilgan topshiriq.
O‘quvchilar bu so‘zlarni biriktirib so‘z birikmasini hosil qiladilar:
-O‘zbek o‘g‘loni;
-o‘zbek tili;
-o‘zbek xalqi;
-o‘zbek qizi;
-o‘zbek urf-odati.
Yuqoridagidek namunalarni ko‘plab misol tariqasida keltirish mumkin. O‘quvchilar ona tili
darsida olgan bilimlarini umumlashtirgan holatda ingliz tili darslarida bemalol qiynalmasdan so‘z
birikmasi hosil qila oladilar.
1. Matnni mazmuniga mos davom ettiring.
M: Vatan-ona tuproq. U biz yashaydigan aziz zamin…..
2.”Ona”, “Vatan”, “Do‘stlik” mavzularida maqol, hikmatli so‘zlar toping.
3. Yaqin o‘rtog‘ingiz to‘grisida hikoya tuzing.
4. Bir bo‘g‘inli so‘zlarni tezkorlik bilan ayting, Nok, non, tol….
5. Rangli rasmlar asosida hikoya qiling.
Kuz keldi. Daraxtlarning barglari sap-sariq tusda…..
6. O‘qituvchi tomonidan o‘qilgan ertak qahramonlarining nomlarini ayting.
7. Topishmoq va tez aytish shartlarini berish.
Bunday natijalarga erishish uchun darslarda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishni muhim
1
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.To‘ldirilgan 4-nashri.TOSHKENT «MA’NAVIYAT»
2015 N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva
35
Do'stlaringiz bilan baham: |