Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
bugungi tasavvurlarimizning mavjudligi, tirikligi faqat yozuv tufaylidir. Til kishilik jamiyati bilan
qanchalik bog‘liq bo‘lsa, yozuv ham shunchalik bog‘liqdir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy
ehtiyoji asosida paydo bo‘lib, rivojlangan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq va murakkab
tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf
qilgunga qadar uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng
tarqalgan «eslatuvchi» belgilar ana shu izlanishlarning ilk ko‘rinishlari edi. Masalan, muayyan
miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chig‘anoqlardan foydalanilgan. Tayoqlar, daraxtlarga har
xil iplar bog‘lash, tugunlar tugib qo‘yish kabi vositalar bilan ma’lum bir axborotlarni yodda
saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki biror xabarni uzoq masofaga
yuborish uchun gulxan, tutun, baraban ovozi kabilardan foydalanilgan. Yoki hali sivilizatsiyaga
erishmagan xalqlarning nazarida yozuv (xat, kitob) gapira olish imkoniyatiga ega bo‘lgan tirik
mavjudot, u murakkab sirlarni ochib berishi, kelajakni oldindan aytib berishi mumkin sanalgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. Jamotxonov H.A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Т., 2004.
2. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – T.:O‘qituvchi, 1992.
3. www.ziyouz.com
117
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
SA’DIYNING “GULISTON” ASARIDA USTOZ VA SHOGIRD HAQIDAGI
MULOHAZALAR TALQINI
Qodirova Mohigul Ismoilovna,
Islomova Dilbar Ismoilovna
Navoiy viloyat Qiziltepa tumani
15-umumta’lim maktab ona tili va
adabiyoti fani o‘qituvchilari
Sharq xalqlarida tarbiyaning o‘ziga xos qoidalari mavjud. Ota-ona va o‘g‘il-qizlar, ustoz
va shogirdlar tarbiyasi kabilarda bu yanada aniqroq ko‘rinadi. Bular bilan bog‘liq mulohazalar
badiiy, ayniqsa, didaktik asarlarda ko‘p bayon qilingan. Ijodkorlarimiz uchun mumtoz hikoyatlar
ham tarbiyaning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Kitobxon tabiatida yaxshi sifatlar, insoniy
xislatlarni shakllantirishda mumtoz shoirlarimiz ibratli hikoyatlardan o‘rinli foydalanishgan.
Ularning asarlarida ustoz va shogird tarbiyasi, talab va shartlari, burch va vazifalari, qoida
va nizomlari turli shaklda ifodalangan. Mumtoz asarlar, hikoyatlarga nazar solsak, ustoz
shogird tanlashda bir necha jihatlarga e’tibor qaratgani ko‘zga tashlanadi. Uning nasl-nasabi,
farosati, zukkoligi, xotirasi, jismoniy va ruhiy sog‘lomligi, sadoqati va boshqalar. Bugungi kun
tushunchalarida ustoz-shogird, murabbiy-shogird, o‘qituvchi-o‘quvchi, muallim-o‘quvchi kabilar
mavjud. Tasavvufiy jihatdan ham bular bir necha atamalar bilan ifodalanadi. Pir-murid, pir-
solik, murshid-murid va boshqalar. Har bir tariqatda pir-u muridlikning ma’lum talablari, tartib-
qoidalari mavjud bo‘lgan. Masalan, professor Orif Usmon qayd etishicha, yassaviya tariqatidagi
solik 10 ta qoidani so‘zsiz bajarishga majbur bo‘lgan.
1
Ushbu maqolada ustoz va shogird haqidagi mulohazalarni Sharq adabiyotining dilbar
shoiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari asosida bayon qilish maqsad qilib
olindi. Ma’lumki, “Sa’diy Sheroziy, Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibni Mushrifiddin
(1203-Sheroz -1292) – mashhur fors-tojik shoiri, adib va mutafakkir… Fors-tojik adabiyotida
Sa’diy Sheroziy yuksak maqomga ega. Xususan, boy hayotiy tajribasi asosida yaratgan “Bo‘ston”
(1257) va “Guliston” (1258) asarlari unga olamshumul shuhrat keltirdi”.
2
“Guliston” odob-axloq, tarbiya, inson va hayot haqidagi o‘ziga xos hikoyatlar va she’riy xulosa,
hikmatlardan iborat asardir. Asar 8 bobdan tashkil topgan bo‘lib, ularda podshohlar, darveshlar,
qanoat, sukut, ishq va yoshlik, zaiflik va keksalik, tarbiya ta’siri va suhbat qoidalari haqida
gapiriladi. Ayrim boblarda ustoz va shogirdlarga doir mulohazalar, hikoyatlar keltirilsa-da, asosiy
fikrlar 7-bob – “Tarbiyaning ta’siri bayoni”da berilgan.
Hammamizga ma’lum va mashhur bir hikoyat bor. U asarning 1-bobi – “Podshohlar odati
bayoni”da keltirilgan. Nega bu qismda degan savol tug‘iladi? Chunki voqealar jarayonida podshoh
ham ishtirok etadi va ba’zi xulosalar chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Hikoyatning qisqacha
mazmuni quyidagicha: Bir kurashchi ustoz 360 kurash usulini bilardi. Bir shogirdidagi iste’dodni
bilib, unga 359 usulni o‘rgatdi. Bir usulni turli sabablar bilan o‘rgatmadi. Shogird kuchda ustozdan
o‘tdi. Podshoh huzurida ustozi keksaligi va unga ustozlik qilgani, yo‘qsa undan qolishmasligini
aytib, maqtanadi. Bu podshohga yoqmaydi. (Podshohga shogirdning maqtangani, ustoziga
hurmatsizlik qilgani ma’qul bo‘lmaydi). Katta maydonda xalq yig‘iladi. Kurash boshlanadi. Ustoz
shogirdi kuchli ekanligini bilardi.
Ustoz o‘sha qolgan bir hiylani ishlatib, shogirdni ko‘tarib uradi. Podshoh shogirdga tanbeh
beradi.
Ustozi esa, shu bir usulni bevafo shogirdlar uchun saqlab qo‘yganini aytadi.
3
“Guliston”ning ikkinchi bobi “Darveshlar axloqi bayoni” deb ataladi. Undan anglashilganidek,
asosiy hikoyatlar shayx, darvesh, xudojo‘y, pir, murid, faqihlar haqida. Bir hikoyatda pir va
murid haqida gap boradi. Qiyin vaziyatga tushgan murid o‘z piridan maslahat so‘raydi. Pir unga
yo‘l ko‘rsatadi. Hikoyatning voqeasi quyidagicha: Bir murid piriga odamlar uni ko‘p bezovta
1
Qarang: Orif Usmon. “Vahdat sharobin ichdim” (Yassaviya tariqati) // G‘oyiblar xaylidan yongan chiroqlar.
Toshkent: “O‘zbekiston”,1994. 140-bet.
2
Alisher Navoiy: Qomusiy lug‘at. Birinchi jild. Toshkent: “Sharq”, 2016. 504-bet.
3
Sa’diy. Guliston. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti,1968. 56-58-betlar.
2
O‘sha asar,
86-bet.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |