Fenologik kuzatuvlar
- Bu o'simliklami unib chiqishidan to'liq pishgunigacha
bo'lgan davr moboynida kuzatishga aytiladi. Uning maqsadi-o'simlikda rivojlanish
fazalarining boshlanishi va kechishini aniqlash. Fenologik kuzatuvlarda odatda
delyankalar bo'yicha rivojlanish fazalarining boshlanishi , ya‟ni 5-10 % o'simiikda
kuzatilganda , to'liq fazasi 50-75% o'simiikda kuzatilishi qayd etiladi.
G„alladon ekinlarida (bug„doy, афа, javdar, suli ) quyidagi fazalaming qayd etilishi
tavsiya etiladi: ekish muddati, unib chiqishi, uchinchi bargning paydo bo„lishi, tuplanish,
naychalash, boshoqlash yoki ro„qak chiqarish, sut, mum va to'liq pishish, hosilni yig„ib
terib olish muddati. Fenologik kuzatuv natijalari quyidagi tartibda yozib boriladi.
G„alladon ekinlarida fenologik kuzatuvlar har bir variantning hisobli maydonidagi
maxsus ajratilgan 100 donadan o„simliklarda oiib boriladi.
Odatda fenologik kuzatuvlar har bir variantning hisobli maydonlarida, ikkinchi va
uchinchi egailardagi yorliq ilib qo‟yilgan o„simliklarida olib boriladi.
G„alladon ekinlarida fenologik kuzatuvlar 1 mart, 1 aprel, 1 may va 1 iyun kunlari
amalga oshiriladi. 1-martda o'simlikning bo„yi va barglar soni. 1-aprelda o'simlikning
bo„yi, bo„g„inlar soni, bo„g„in oraligi, 1- mayda o'simlikning bo„yi, bo„g„inlar soni,
bo„g„in oraligi ,boshoq uzunligi, 1-iyunda boshoq uzunligi, boshoqdagi boshoqchalar soni,
boshoqdagi don soni singari sifat ko„rsatkichlar aniqlanadi.
Fenologik kuzatuvlarda o„simlikning asosiy poya balantligi, o„simiikdagi bo„g„inlar
aniqlanadi. va barglar soni, boshoq va ro„vaklardagi don soni, tuplanuvchanlik aniqlanadi.
Kuzgi bug„doy bilan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarda fenologik kuzatuvlar bilan bir
qatorda hosil strukturasini aniqlash bo„yicha uchyotlar , ya‟ni hisob ishlari olib boriladi.
Hosil strukturasini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega boiib ishlab chiqarishda
hosildorlik aprobatsiyasi deb yuritiladi.
Hosil uchyoti.
Don hosili uchyotini olib borish uchun eng avvalo hosil yig'im terimi
boshlanishidan bir necha kun oldin dala paykallari yahshilab tekshiriladi, har bir delyanka
chegaralari ajratilib chiqiladi. Delyankalaming holati o'rganiladi. Ma‟lum darajada
zararlangan, ko„chat qalinligi belgilangandan kam boMgan delyankalar ajratiladi va ularda
hisob ishlari to„xtatiladi. Bunda eng avvalo variantlardagi ko„chat qalinligi va tipikligiga
alohida e‟tibor beriladi. Quyidagi holatlar delyankalar brak qilinishiga asos boMadi:
1)
tabiiy hodisalar natijasida (sovuqdan, yogMngarchilik-dan, doMdanvah.k)
zararlanish,
2)
chorva xayvonlar, parranda va kemiruvchilar va boshqa zararkunandalar .
tomonidan tasodifiy zararlanish,
3)
tadqiqotni ko„yilishi va olib borilishidagi xatolik . Agar delyankaning 25% ,
hisobli maydonning 50% dan ortiqrogM zararlangan boMsa , bunday delyankalar brak
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |