Toshkent 2014 B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov o


Ilmiy loyiha va ishchi dastur tuzish



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/163
Sana05.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#638453
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
Bog'liq
B Azizov O\'simlikshunoslikda ilmiy tadqiqot ishlari 2

Ilmiy loyiha va ishchi dastur tuzish. 
Ilmiy tadqiqotlar olib borishda 
keyingi bosqich 
ilmiy loyiha
tuzish hisoblanadi. Ilmiy ish davr talabidan kelib 
chiqqan boMib, sohada mavjud boMgan muammolarni echimini topish uchun 
qaratilgan boMadi. Bunda, eng avvalo, tadqiqotchi o„z oldiga ko„ygan 
maqsadlami rejalashtirib,. ilmiy ishni olib borish tartibini loyihalashtiradi. 
Ma‟lumki, har qanday ilmiy ishni sifatli bajarilishi uchun ma‟lum darajada 
mablag
1
talab etiladi. Ta‟Iab etiladigan mablag„ning koMami ilmiy ishning 
davomiyligiga, xajmiga, murakkabligiga, talab etiladigan texnika vositalari bilan 
ta‟minlanish darajasiga, ishga jalb etiladigan mutaxassislar soniga va boshqa 
omillarga bogMiq. Shunga ko„ra, ilmiy dasturda ilmiy ishni olib borish uchun 
talab etiladigan sarf harajatlar albatta ko„rsatilishi zarur. Ilmiy loyiha quyidagi 
tartibda yoziladi: 
1.
ilmiy ishning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari o„zida aks etgan qisqacha 
annotatsiya; 
2.
bu sohada muqaddam olib borilgan ilmiy ishlar to„g„risida qisqacha 
axborot; 
3.
ilmiy ish olib borilayotgan tashkilatning manzili, telefon, faks va internet 
pochtasi, ijrochilar to„g„risida ma‟lumotlar;
4.
ilmiy ish bilan bogMiq sarf-harajatlar, harajatlar smetasi, ilmiy 
ishning davomiyligi; 
5.
ilmiy ishdan kutilayotgan natijalar va uning iqtisodiy samaradorligi 
ko„rsatiladi. 
Ilmiy loyiha o„z mazmuni, yo„nalishi bo„yicha tanlovga taqdim etiladi. 
Taqdim etilgan loyihalar ikkita va undan ortiq ekspertlar tomonidan o„rganiladi. 
Maxsus ekspert komissiyalari tomonidan istiqbolli deb topilib ijobiy baholangan 
ilmiy loyihalarga moddiy mablag„ ajratiladi. 
Ilmiy dastur.
Ilmiy loyiha tasdiqlanib, ilmiy ish bajarilishi uchun kerakli 
mablag„ ajratilganidan keyin tadqiqotchi tomonidan ilmiy dastur tuziladi. Ilmiy 
dasturda ilmiy ishni olib borish borish tartibi, uslubiyati ko„rsatiladi. Ilmiy ish ilmiy 


30 
dasturga qat‟iy rioya qilingan tarzda olib borilishi lozim. Ilmiy ishni sifatli 
bajarilishi uchun ilmiy dastur mukammal, puxta tuzilimshi lozim. 
Ilmiy dastur asosan 5 ta qismdan iborat boMib, quyidagi tartibda tuziladi : 
1.
Kirish. Bu qismda mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari yoritiladi. 
2.
Adabiyotlar sharxi. Bu boMimda mavzuga oid muqaddam olib borilgan 
ilmiy ishlar tahliliy tarzda yoziladi. 
3.
Xo„jalikning tuproq-iqlim sharoiti va tadqiqotlar olib borish metodikasi. 
Bu bobda tadqiqot dalasining tuproq sharoiti, iqlimi, tajriba olib borish uslubiyati 
va tajriba sxemasi keltiriladi. Tadqiqot olib borish uslubiyatida ilmiy ishda 
qoMlaniladigan har bir agrotexniq, fiziologik, agrokimyoviy, agrofizikaviy va 
boshqa eksperimentlami uslubiy asoslari aniq ko„rsatilishi lozim. 
4.
Kutilayotgan natijalar. Bu boMimda ilmiy ishdan kutilayotgan natimjalar, 
ilmiy ishning ilmiy va g„oyaviy asoslari, iqtisodiy samaradorligi ko„rsatiladi. 
5.
Foydalanilgan adabiyotlar. Bu boMimda adabiyotlar foydala-nilgan 
adabiyotlaming toMiq ro„yxati keltiriladi. 
Ilmiy dastur foydalanishdan oldin uslubiy va ilmiy kengashlarda ко rib 
chiqilishi va tasdiqlanishi lozim. 
Ilmiy ishdagi barcha jarayonlar qat‟iy dasturga amal qilgan holda olib oriladi. 
Turli sabablarga ko„ra ilmiy ishda dasturga amal qilinmasa ilmiy ish buzilgan 
boMadi. 
Ishchi dastur ilmiy ishlarga tayyorgarlik ishlardagi oxirgi va ya un ovchi 
bosqich boMib hisoblanadi. Bunda ishchi gipotezani aniqlashning turlari, uslublari 
ko'rsatilgan bo„ladi. Bundan tashqari, ish rejasida tajriba o'tkazish bosqichlari, 
tajriba sxemasi, tajribani o„tkazish sharoitlari, kuzatish ishlari va ulami bajarish 
uslubiyati hamda tajribaning elementlari ko„rsatilgan boMadi. 
Tajribani olib borish va kuzatishni bajarish jarayonida ish dasturi toMdirilib 
aniqlik kiritilib berilishi mumkin. 
Tajribaning ish dasturida asosan quyidagi maMumotlar, uslubiyatlar 
ko„rsatilishi kerak: 
A.
Tajribaning turi, kuzatishlar soni, kuzatishning olib borish uchun 
o„simliklami ajratish uslubiyati. 
B.
0„rganilayotgan omillar, tajriba sxemasi, o„rganish muddati, kuzatish va 
tayyorgalik ishlari, tajriba maydoning tuproq iqlim sharoiti, joylashgan o„mi, 
tahlillarni bajarish uslublari. 
V. Barcha ko„rsatkichlar, olingan maMumotlar va statistik ishlab chiqish 
uslublari va boshqalar. 
Ishchi dastumi tuzishda tajriba sxemasi keltirilishi lozim boMgan asosiy 
ko„rsatkichlarda biri hisoblanadi. CHunki tajribani to'g'ri olib borish, 
o‟rganilayotgan omillarni samaradorligini to'g'ri baholash tajriba sxemasiga 
bogMiq. 
Tajriba sxemasi uslubiy jihatdan to'g'ri, mukammal tuzilishi, bunda tajriba 


31 
natijalariga ko'ra o'rganilayotgan variantlarga to'g'ri baho berish imkoniyati boMishi 
lozim. Tajriba sxemasida o'rganilayotgan omillar bir- biridan sezilarli farq qilishi 
maqsadga muvofiq. Agar o'rganilayotgan omillar bir-biridan sezilarli farq qilmasa 
variantlar o'rtasida sezilarli farq kuzatilmaydi va ularga baho berish qiyinlashadi. 
Shuningdek, har bir variant o'rtasidagi farqning bir xil bo'lishini ta‟minlash kerak. 
Tajriba sxemasida o'rganilayotgan omillarga to'g'ri baho berishda mutloq 
nazorat va nazorat variantini boMishi muhim o'rin tutadi. 
Mutloq nazorat varianti (absolyutnwy kontrol) agrokimyo, sug'orish va 
almashlab ekish bilan bogMiq tajribalarda variantlarga to'ri baholashda katta 
ahamiyatga ega. Ya‟ni, bunday tadqiqotlarda o'rganilayotgan omil boMmagan 
sharoitdagi variant mutloq nazorat hisoblanadi. Masalan, agrokimyoviy 
tadqiqotlarda-mineral o'g'itlar qo'llanilmagan, sug'orish rejimi o'rganilganda 
sug'orish olib borilmagan, almashlab ekish o'rganilganda monokultura va boshqalar. 

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish