Ilmiy agronomiyaning kuzatish usullari
Ilmiy agronomiyaning boshqa fanlardagi mavjud kuzatish usullaridan keskin
farq qiladigan va o„ziga xos boMgan bir necha xil uslublari bo„lib, bu
uslublaming o„zi ham mazmuni va maqsadi bo'yicha, bajarilishi bilan bir-biridan
farq qiladi. Ilmiy agronomiyaning asosan quyidagi kuzatish usullari
o„simlikshunos-likda, dehqonchilikda keng qoMlaniladi:
1.
Labaratoriya, 2. Vegetatsion, 3. Lezimetrik, 4. Dala tajriba.
Ushbu kuzatish usullari orqali qishloq xo„jalik o„simliklari ustida kuzatish
ishlari olib boriladi, ma‟lumotlar olinadi va shu ma‟lumotlar asosida aniq
kuzatish olib borilgan xo„jalik va konkret sharoit uchun tavsiyalar beriladi.
Labaratoriya kuzatish usuli, asosan hamma sohalarda o„rganilayotgan faktlar
va ulaming qishloq xo„jalik ekinlarining urugMariga, o„simliklarga ta‟siri
labaratoriya sharoitida o„rganiladi.
Bunda ma‟lum bir sharoit yaratilib, aniq xulosa olish mumkin. Misol uchun
25
chigitlarning unuvchanlik darajasini aniqlash. Bunda chigitning unish uchun
zarur boMgan namlik, yorug„lik va harorat sun‟iy ravishda yaratiladi. Ushbu
maqsadlardagi tajribalar termostadlarda, bokslarda, ob- havo kameralarida
o„tkazilib, sun‟iy usulda yaratilgan faktor sozlab turiladi, Labaratoriya
tajribalarida ko„pincha mineral o„g„itlaming aniq o'zlashtirish koeffitsienti,
pestitsid va har xil kimyoviy moddalaming miqdori organizmlarga ta‟siri ham
o„rganiladi.
Labaratoriya kuzatish usulining qulay tomoni shundan iboratki, sodir
boMgan holatda faktorlaming ta‟siri qanchalik qismga ega ekanligini aniqlash
imkonini beradi. Buning uchun maxsus mikrobiologik, bioximik va bakteriologik
laboratoriyalar mavjud boMib, bularda hosilni shakllantirishdagi muhim faktorlar
o„rganiladi. Labaratoriya kuzatish usuli bo„yicha ish olib borish uchun maxsus
uslublar mavjud boMib, ushbu uslublarda bajariladigan ishlarning usullari va
bosqichlari ko„rsatilgan boMadi. Labaratoriya sharoitida bajarilgan kuzatishlar
natijalarining aniqlik darajasi ko„p jihatdan olingan tuproq o„simlik
namunalarining olish usullariga va qanchalik aniq olinganligiga ham bogMiqdir.
Shuning uchun namunalar iloji boricha hamma qaytariqlardan, hech boMmasa
kamida 2 ta qaytariqdan olinadi.
Vegetatsion kuzatish usuli yoki tajribasi o„simliklaming mineral moddalar
bilan saqlanishi, suv va yorugMik sharoitlari, o„sishning jadallashtiradigan
moddalarning ta‟sirini hamda o„simliklaming o„sishi va rivoj'lanishiga ta‟sir
etadigan boshqa faktorlarni o„rganishda katta ahamiyatga ega bo„lib, bu qator
amaliy masalalami hal etishga qaratilgan ilmiy tekshirish ishlarida keng
qo„llaniladi. Vegetatsion tajriba sharoitida o„simliklaming oziqlanishi, ulaming
o„sish dinamikasini (o„zgarishini), meva tugishi, hosil to„plashi kabi faktorlarni
aniq kuzatish dala sharoitiga nisbatan qulay.
Lezimetrik kuzatish usuli boshqa kuzatish usullaridan farqli o„laroq,
o„simliklaming hayot faktorlari va tuproqdagi protseslaming dinamikasi maxsus
lezimetr (beton yashiklar) da o„tkaziladi. Bunda asosan ozuqa moddalar va suv
balansi kabi muhim masalalar tabiiy sharoitda o„rganiladi. Lezimetrik
kuzatishning qulay tomoni shundan iboratki, yon yoki pastki tomoni ochiq bo„lib,
tabiiy sharoitda yuqorida aytilgan faktorlar yoki muammolar o'rganiiadi.
0
„rganilayotgan faktorlar mos holda lezimetmi o„lchamlari har xil bo„ladi. Ko„p
hollarda hamma tomonlari bir metrdan boMgan, ya‟ni lm, kub xajmgacha,
devorlarining qalinligi 0.3-0.5 metrgacha boMgan lezimetrlardan foydalaniladi.
Lezimetrlarda asosan dehqonchilik, melioratsiya, tuproqshunoslik, agronomiya
va o'simlik fiziologiyalari sohalarida suv balansi, ozuqa elementlarining
o„zlashishini, atmosfera yogMni miqdori va o„simliklaming oziqlanishida
nishonlangan izotoplardan foydalanish muammolari o„rganiladi. Ba‟zi hollarda
gMshtlik yoki metallardan tayyorlangan lezimetrlardan ham foydalaniladi.
26
Kuzatishning lezimetrik usuli dala sharoitida kuzatilganligi va vegetatsion
kuzatish usuliga yaqin boMganligi uchun kuzatish usulini
dala vegetatsion usuli
ham deyiladi.
Dala vegitatsion kuzatish usuli keyingi vaqtda o„simliklar seleksiyasida va
agrometeorologiya sohasida faktorlarni aniq modellashtirish maqsadida keng
qoMlanilmoqda. Lezimetr qurilmalarida muhit, qumlik, mayda toshlik yoki suvli
boMishi mumkin. Tajribaning maqsadga shu muhitlarda o„stirib o„rganilayotgan
faktor bilan o„simlik hosildorligi o„rtasida bogMiqlik aniqlanadi.
M.A. Belousov o„z shogMrdalari bilan lezimetmi suvli muhitda
(gidroponik) g„o„zaga ozuqa moddalarining ta‟sirini o„rgangan. Bunda talab
qilinadigan moddalar suvda yeritilib berib borilgan va qolgan muhitlar ham
nazorat qilib turilgan. Olingan hosilni gektardagi hosildorlikka aylantirib
hisoblaganda har gektar maydonda 103.2 setnyerdan hosil olishga yerishildi.
Xuddi shunday maqsaddagi tajriba Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot
institutida Domlajonov va
Jumanqulovlar tomonidan ham olib borilgan va har gektar maydondan 83.7
sentnyerdan paxta hosili olingan.
Labaratoriya, vegetatsion va lezimatrik tajribalaridan olingan ma‟lumotlaming
qanchalik bebaholigidan qat‟iy nazar, olingan xulosa va takliflami ishlab chiqishga
tavsiya qilinishi uchun, albatta dala sharoitida kuzatilib, keyingina xulosa qilinib
ishlab chiqishga tavsiya qilinsa, maqsadga muvofiq bo„ladi.
Dala tajriba kuzatish usuli ilmiy agronomiya va ishlab chiqarish bilan uzviy
bog„laydi. Dala tajribasidan olingan aniq ma‟lumotlar ishlab chiqiladi va yangi
navlar, ulaming aniq sharoitidagi agrotexnik tadbirlari mineral va organik
o„g„itlaming me‟yori konkret sharoit uchun xo„jaliklarga tavsiya qilinadi.
Dala tajribasidan olingan ma‟lumotlaming aniqlashtirish va tasdiqlash
maqsadida tajriba maydonning tuprog„i va o„simliklardan namunalar olinib,
labaratoriya sharoitida tahlil qilinadi. Tuproqning agrofizik va agrokimyoviy
tahlili o„simliklar tarkibini kimyoviy va hosilning texnologik sifat
ko„rsatkichlarining tahlillari birgalikda dala tajribasidan olingan ma‟lumotlami
aniqlashtiradi va to„Idiradi. Bu ishlami bajarish uchun maxsus uslublar mavjud
bo„lib, unda ulaming bajarilishi bosqichlari ko„rsatib o„tilgan bo„ladi.
Zamonaviy ilmiy agronomiyaning asoslari bo„lib, tekshirish ishlarining
statistik rejalashtirishining hamda olingan ma‟lumotlardan yanada to„laroq
ma‟Iumot olish uchun ilmiy tekshirish ishlarini matematik modelini ishlab
chiqish va elektoron hisoblash mashinalaridan keng foydalanish zarur. Bundan
olingan hosildorlik ma‟lumotlarining o„rtacha va yo„l qo„yilgan xatoliklari aniq
va ravshan bo„ladi.
Tajribalaming ko'rsatishicha, nazorat qilib boMmaydigan sharoitlarda
mavjud bo„lmaydigan sharoitlarda, mavjud boMgan joylarda, dala tajribalarini
27
tartibga solish hisobiga yoM qo„yilgan xatoliklar miqdori anchaga kamayadi.
Nazariy savollar
I Ilmiy tadqiqotlarning nazariy asoslari
2.
Ilmiynadqiqot usullari
3.
Labaratoriya tadqiqot usuli
4.
Lizimetrik tadqiqot usuli
5.
Vegetatsion tadqiqot usuli
6 .Dala tadqiqot usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |