Toshkent – 2021 O'zbekiston respublikasi


-bob. Bank kartasi saqlovchisining huquq va majburiyatlari



Download 12,74 Mb.
bet10/50
Sana23.06.2022
Hajmi12,74 Mb.
#696518
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
Tangirova Shodiya kassa aparat

6-bob. Bank kartasi saqlovchisining huquq va majburiyatlari
15. Bank kartasi saqlovchisi quyidagi huquqlarga ega:
to‘lov tizimi qoidalari va emitent bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan shartlar va tartibga asosan bank kartasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish;
bank kartasining emitentidan bank kartasidan foydalanish qoidalari hamda ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha bank kartasining saqlovchisi va emitentning javobgarlik chegarasi to‘g‘risidagi to‘liq axborotni olish;
emitentdan bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar to‘g‘risida to‘liq axborot olish;
o‘z roziligiga ko‘ra, uning karta hisobvarag‘ini tasarruf etish imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha bank kartalarini chiqarish va rasmiylashtirishni emitentdan so‘rash;
karta hisobvarag‘ini kelgusida yopish sharti bilan bank kartalaridan foydalanishni rad etish.
16. Bank kartasini saqlovchi hisoblangan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan huquqlar bilan birga quyidagi huquqlarga ham ega:
shartnoma, xizmat safari, xo‘jalik va boshqa xarajatlar uchun pul mablag‘larini karta hisobvarag‘iga kirim qilish va ushbu xarajatlarni karta hisobvarag‘idan naqd pulsiz tartibda to‘lash;
bank kartasining emitenti bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan va tegishli karta hisobvarag‘idan o‘tkazish uchun ruxsat etilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
7-bob. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy va chet el valyutasidagi bank kartalaridan foydalanish tartibi
18. Karta hisobvarag‘ini to‘ldirish karta hisobvarag‘ini ochgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lov topshiriqnomasi asosida istalgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan amalga oshiriladi.
19. Yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish, shu jumladan davlat boji va yig‘imlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni faqat milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
Yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi bank kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida nosavdo tusdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida foydalanilishi mumkin.
Yuridik shaxslar korporativ bank kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlarni o‘tkazishga, shuningdek, korporativ bank kartalari vositasida naqd pul berilishi va (yoki) chet el valyutasini sotib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuridik shaxslar tomonidan auksion savdolarida ishtirok etib, xaridlarni amalga oshirish uchun korporativ bank kartasidan foydalanish taqiqlanadi.
Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to‘lash uchun sarf qilinayotgan pul mablag‘lari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qat’iy tarzda belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.
Korporativ bank kartasining saqlovchisi korporativ bank kartasini hisobdorlikka olgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmagan holda korporativ bank kartalari vositasida ishlatilgan mablag‘lar to‘g‘risida yuridik shaxsning buxgalteriyasiga hisobot taqdim etadi.
Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun korporativ bank kartasidan foydalanganda, korporativ bank kartasining saqlovchisi xizmat safaridan qaytganidan keyin korporativ bank kartasi vositasida sarflangan summalar to‘g‘risida buxgalteriyaga hisobot taqdim etadi.
20. Yakka tartibdagi tadbirkor milliy valyutadagi bank kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa har qanday xarajatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasidagi bank kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida nosavdo tusdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida foydalanilishi mumkin.
21. Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha hisobot hujjatlari sifatida to‘lov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari, shuningdek, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar, invoys (hisob-faktura) hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar xizmat qiladi.
22. Karta hisobvarag‘idagi sarflanmay qolgan mablag‘larni talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qaytarish to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq tugatilganda uning karta hisobvarag‘idagi sarflanmay qolgan mablag‘lari talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
23. Korporativ bank kartasi va yakka tartibdagi tadbirkorning bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisobvarag‘ini ochgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor zimmasida bo‘ladi.

Download 12,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish