Sug‘ullanuvchilar hududiy hujumdagi o‘z pozitsiyalari bo‘yicha joylashadi, chap burchak o‘yinchisi hujum qilib to‘pni chap yarim o‘rta o‘yinchisiga uzatadi va uning o‘rnini egallaydi, chap yarim o‘rta o‘yinchisi ham xuddi shu harakatni takrorlab to‘pni markaz o‘yinchisiga uzatadi va uning joyini egallaydi mashq xuddi shu yo‘sinda davom etadi (11-rasm).
O‘ng va chap yarim o‘rta va burchak o‘yinchilari o‘z pozitsiyasida joylashgan holda 4 burchak hosil qiladi va bir-biriga to‘p uzatadi, to‘p uzatilgan nuqtada joylashgan sherigining joyiga yugurib keladi mashq shu yo‘sinda davom yetadi (12-rasm).
3 himoyachiga qarshi 3 hujumchi hududiy hujum: burchak o‘yinchisi to‘psiz markazga yuguradi uning joyiga yarim o‘rta o‘yinchisi yugurib kirib markaz o‘yinchisidan to‘pni qabul qilib oladi va darvozaga otadi, agar himoya qarshiligiga duch kelsa to‘pni birinchi harakatda burchakdan yugurib kirgan o‘yinchiga uzatib yuguradi (13-rasm).
3x3 hududiy himoya tizimiga qarshi kombinatsiya: o‘ng burchak o‘yinchisi o‘ng yarim o‘rta o‘yinchiga to‘pni uzatadi, u to‘pni markazga uzatadi va o‘zi chiziq o‘yinchisi ampluasiga borib joylashadi, markaz o‘yinchisi hujum uyushtirib chap yarim o‘rta o‘yinchisiga uzatadi, u ham hujum uyushtirib ikkita chiziq o‘yinchisidan biriga to‘p uzatadi (14-rasm).
Yon chiziq bo‘ylab juftlikda bir-biriga harakata to‘p uzatib darvozaga to‘p otish (15-rasm).
Uchlikda maydon bo‘ylab harakatda darvozabondan qabul qilingan to‘pni ikki marta to‘p uzatishdan so‘ng darvozaga to‘p otish (16-rasm).
Yarim o‘rtada kolonna bo‘lib joylashadi, to‘pni uzatib qaytib ilgandan so‘ng sakrab himoyachi qo‘ygan to‘siq ustidan darvozaga to‘p otadi (17-rasm).
Yarim o‘rta va burchak o‘yinchilari uchun mashq: markaz o‘yinchisidan to‘pni qabul qilib oladi va qarshisidagi himoyachiga xujum uyushtiradi, harakati bilan himoyachini o‘ziga jalb qilib burchak o‘yinchisiga to‘pni uzatadi u esa yakka himoyachini aldab o‘tib darvozaga to‘p otadi. Xuddi shuning o‘zi o‘ng tomondan (18-rasm).
Markazdan to‘pni qabul qilib yakka himoyachiga qarshi hujumda harakatni himoyachining o‘ng tomoniga ko‘rsatib orqa bilan aylanib chap tomondan o‘tib darvozaga to‘p otadi (19-rasm).
Himoyachilar uchun mashq: hududiy himoyada 3 hujumchiga qarshi 3 himoyachi, hujumchilar bir-biriga tez harakatda to‘p uzatadi himoyachilar ularning harakatini kuzatib to‘pli o‘yinchiga chiqadi va ortga qaytib sherigiga yordamga keladi (20-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |