TOSHKENT – 2014
MUNDARIJA
KİRİSH 3
I BOB. QO’QON XONLIGI MADANIY HAYOTI VA UNING TARAQQIYOTI XUSUSIYATLARI. 7
1.1 Qo’qon xonligida madaniy hayotning umumiy tavsifi va maorif. 7
1.2 XIX asr birinchi yarmi Qo’qon xonligi tarixiga ahamyat. 19
II.BOB. XONLIK TARIXNAVISLIK VA TARIXIY ASARLAR YARATILISHI. 26
2.1 Qo’qon tarixnavislik maktabi xususiyatlari. 26
2.2 Avaz Muhammad Attor Hóqandiyning Tarixi Jahonnomayi asari. 42
XULOSA 46
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati. 47
KİRİSH
Mavzuning dolzarbligi: Davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o’zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma’naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug’ tarata boshladi. Garchi mustabid Sho’rolar hukmronligi davrida O’zbekiston tarixi fani to’laqonli tadqiqotinini amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan bo’lsada, o’zbek xalqi o’zining boy tarixiy merosini ko’z qorachig’idek asrab keldi. Bu haqda so’z yuritar ekan, O’zbekiston Respublikasi Prezdenti I.A.Karimov quyidagi so’zlarni alohida takidlagan edi: -”Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimizda saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos manaviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi”.1
Darhaqiat, o’zbek xalqining tarixi va madaniyati bir necha ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Ajdodlar qoldirgan, asrlar davomida yaratilgan moddiy va ma’naviy meros esa insoniyat tarixining boy takrorlanmas qismini tashkil etadi. Ularning katta qismi esa madaniyat sohasida to’plangan boyliklardir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Mustaqillik tariximiz uchun qorong’u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib berdi. O’tgan yillar mobaynida ajdodlarimizning yuzlab qo’lyozma asarlari dunyo yuzini ko’rdi, respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o’tmishiga va merosiga ko’rsatilgan ehtirom va e’tirofdir. Ayniqsa, о„zbek xonliklari davrida yaratilgan yuzlab noyob qо„lyozma asarlar bugungi kunda xalqimizning bebaho ma’naviy merosi sifatida о„z tarkibida madaniy hayotning turli sohalariga kо„plab ma’lumotlarni yetkazib kelayotganligi bilan bir qatorda davlatchilik jarayonlari,
iqtisodiy va siyosiy hayot tafsilotlari, diplomatik aloqalarga oid qimmatli ma’lumotlarni jamlagan, ayni vaqtda ularning barchasi bu davrlardagi madaniy hayotning eng asosiy jihatlarini aks ettiradi.
Shu jumladan o’zbek xalqi madaniyati tarixida Qo’qon xonligi davridagi madaniy hayot jarayonlari ham alohida ahamiyat kasb etadi, o’zbek xalqining madaniy va ma’naviy merosini o’rganish nuqtai nazaridan Qo’qon xonligi adabiy muhiti, tarixnavislik maktabi, madaniy hayotning boshqa sohalarining alohida xususiyatlarini o’rganish dolzarb tadqiqot mavzularidan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |