Masalaning mohiyati shaxsdagi turli ruhiy holatlar nuqtai nazaridan tahlil etilsa, eng avvalo quyidagilar nazarda tutiladi: bosiqlik, ya’ni, hissiyotlarning turg’unligi, o’zini tutish; yoshiga, jinsiga mos tarzda hissiyotlarning namoyon bo’lishi; o’zidagi salbiy hislarni (qo’rquv, jahl, rashk, baxillik kabi) jilovlay olish; hissiyotlar va emosiyalarning tabiiy tarzda samimiy namoyon bo’lishi, baxtiyorlik hissi, muayyan hissiy holatlarning odatiy tusga kirganligi. Bu sifatlar odamning turli voqyea-hodisalarning guvohi bo’lganda, ichidan, ruhan kechiriladigan holatlariga aloqadordir. - Masalaning mohiyati shaxsdagi turli ruhiy holatlar nuqtai nazaridan tahlil etilsa, eng avvalo quyidagilar nazarda tutiladi: bosiqlik, ya’ni, hissiyotlarning turg’unligi, o’zini tutish; yoshiga, jinsiga mos tarzda hissiyotlarning namoyon bo’lishi; o’zidagi salbiy hislarni (qo’rquv, jahl, rashk, baxillik kabi) jilovlay olish; hissiyotlar va emosiyalarning tabiiy tarzda samimiy namoyon bo’lishi, baxtiyorlik hissi, muayyan hissiy holatlarning odatiy tusga kirganligi. Bu sifatlar odamning turli voqyea-hodisalarning guvohi bo’lganda, ichidan, ruhan kechiriladigan holatlariga aloqadordir.
- Inson salomatligiga aloqador psixik jarayonlar to’g’risida gap ketganda, odatda quyidagilar e’tirof etiladi:
- ko’rgan-kechirgan subyektiv obrazlarning obyektiv olamning ko’rinishlariga mos kelishi (psixik aks ettirishning to’g’ri, adekvat ekanligi);
- o’z-o’zini adekvat idrok etishi;
- predmetlarga diqqatning aniq yo’nalganligi;
- axborotlarning xotirada yaxshi saqlanishi;
- ma’lumotlarni mantiqan qayta ishlash qobiliyati;
- kreaktivlilik (ijodkorlik, tafakkurning tanqidiyligi, intellektdan unumli oqilona foydalana olish);
- o’zligini anglash;
- aqlning tartibliligi (fikrlarni boshqarish qobiliyati).
Psixik salomatlikning mezonlari orasida ma’naviyatlilik alohida o’rin tutadi, ya’ni, inson ko’rgan-kechirgan, bilganlarining haqiqatga yaqinligi, haqqoniylik, insoniylik tamoyillarining ustivorligi (mehr-muruvvat, adolatlilik va boshqalar), o’z ustiga ishlashga layoqatlilik, doimiy barkamollikka intilish kabilar inson salomatligining dastlabki ma’naviy poydevoridir. Bu sifatlar ayniqsa, O’zbekiston sharoitida o’ta muhimdir. Chunki aynan ma’naviyatli insonlar nafaqat o’zlarining, balki yaqin atrofdagilarning ham sog’lig’iga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchilar ekanligi azaliy qadriyatimiz sirasiga kiradi. Masalan, bozorda harid qilayotgan odamga nisbatan ko’rsatilgan samimiy hurmat, e’tibor, adolatlilik xaridor kayfiyatini shu qadar ko’taradiki, olgan xarid moli timsolida “pulini uyiga qaytarib ketayotganday” mamnun bo’ladi. Shuning uchun ham qiziqarli psixologiyada “pul psixoterapiyasi” atamasi borki, bu eng avvalo xotin-qizlarda sinab ko’rilgan. - Psixik salomatlikning mezonlari orasida ma’naviyatlilik alohida o’rin tutadi, ya’ni, inson ko’rgan-kechirgan, bilganlarining haqiqatga yaqinligi, haqqoniylik, insoniylik tamoyillarining ustivorligi (mehr-muruvvat, adolatlilik va boshqalar), o’z ustiga ishlashga layoqatlilik, doimiy barkamollikka intilish kabilar inson salomatligining dastlabki ma’naviy poydevoridir. Bu sifatlar ayniqsa, O’zbekiston sharoitida o’ta muhimdir. Chunki aynan ma’naviyatli insonlar nafaqat o’zlarining, balki yaqin atrofdagilarning ham sog’lig’iga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchilar ekanligi azaliy qadriyatimiz sirasiga kiradi. Masalan, bozorda harid qilayotgan odamga nisbatan ko’rsatilgan samimiy hurmat, e’tibor, adolatlilik xaridor kayfiyatini shu qadar ko’taradiki, olgan xarid moli timsolida “pulini uyiga qaytarib ketayotganday” mamnun bo’ladi. Shuning uchun ham qiziqarli psixologiyada “pul psixoterapiyasi” atamasi borki, bu eng avvalo xotin-qizlarda sinab ko’rilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |