Аlmashlab ekish dalalarining maydonlari va tengligi.
Har bir dalaning optimal maydoni yerning tabiiy xususiyatlariga ham bogʼliq. Ularga tuproq turlari va ularning joylashuvi, sizot suvlarining chuqurligi va shoʼrlanish darajasi, hududning katta ariqlar va boshqa doimiy chegaralar (yoʼllar, qumliklar, jarliklar vash .oʼ.) bilan boʼlinganligi kiradi. Shuning uchun ham almashlab ekish dalalarining optimal maydonlari yuqorida keltirilgan yerning xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Masalan, almashlab ekish maydonining tuprogʼi kuchsiz shoʼrlangan, oʼrtacha
mexanik tarkibga ega, sizot suvlarining chuqurligi 1-2 m. Bunday sharoit uchun 2 ilova yordamida sugʼorish dalalarining optimal maydonini aniqlaymiz. U 11,3-16,3 gektarga teng. Dala bitta, suv oʼtkazish imkoniyati sekundiga 250 l boʼlgan ariqdan sugʼoriladi, demak, dalaning optimal maydoni 1-ilovada keltirilgan tavsiyalarga asosan 29-31 gektarga teng boʼlishi kerak. Koʼrinib turibdiki, almashlab ekish dalasi har biri maydoni 14,5-15,5 gektarga teng boʼlgan ikkita sugʼorish dalasidan tashkil topadi.
Аlmashlab ekish maydoni har yili olinadigan qishloq xoʼjalik mahsuloti hajmining bir xilligini va mavjud ishlab chiqarish vositalaridan bir meʼyorda foydalanishni taʼminlashi kerak. Bu esa oʼz navbatida almashlab ekish dalalarini iloji boricha teng maydonli qilib joylashtirishni talab qiladi.
Dalalarning tengligini baholashda ularning maydonlari almashlab ekish dalasining oʼrtacha maydoniga tenglashtiriladi. Аlmashlab ekish dalasining
oʼrtacha maydoni (Roʼ) qoʼyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Bunda: Ra – almashlab ekish maydoni, ga; N – almashlab ekish hududidagi dalalar soni.
Dalalarni joylashtirishda ularning mutloq tengligini saqlash qiyin. Sugʼoriladigan dehqonchilik sharoitida xoʼjalikning yer maydoni koʼplab ariqlar, zovurlar, yoʼllar va boshqalar bilan boʼlingan boʼladi. Bunday hollarda dalalarni maydonlarini tenglashtirishga urinish sugʼorish dalalarini mayda, mexanizatsiya-dan unumli foydalanish imkonini bermay-digan va sugʼorish uchun noqulay boʼlgan boʼlaklarga boʼlishga olib keladi. Bunday salbiy hollar kelib chiqmasligi uchun almashlab ekish dalalarini joylashtirishda ularni dalaning oʼrtacha maydonidan sal kattaroq yoki kichikroq qilib loyihalashga toʼgʼri keladi. Lekin bu ogʼishlar miqdori 15-17 foizdan oshmasligi kerak.
Sugʼoriladigan dehqonchilik bilan shugʼullanadigan xoʼjaliklarda asosan bir necha almashlab ekish tashkil qilinadi. Bu esa dalalar tengsizligi natijasida kelib chiqadigan qishloq xoʼjalik ekinlari maydonlarining yillar boʼyicha har xil chiqmasligini taʼminlashga imkon beradi. Xoʼjalik boʼyicha qishloq xoʼjalik ekinlari maydonlarning bir xilligini nisbatini saqlash uchun qoʼyidagi shartga qattiq rioya qilish kerak:
Аgar bu shartni bajarish iloji boʼlmasa boʼlishi kerak.
Bunda ∆Р1 – har bir almashlab ekish dalasi maydonining dala oʼrtacha maydonidan farqi ( ∆Р1=Р1л-Рў), га ;
n – ekin turi joylashgan dalalar soni;
Р1л – loyihalangan almashlab ekish dalasi maydoni, ga;
Рў – almashlab ekish dalasining oʼrtacha maydoni, ga.
Аlmashlab ekish dalalarining maydonlari boʼyicha tengligi tavsifi 23-jadvalda keltiriladi.
Аlmashlab ekish dalalarining tuproq turlari boʼyicha tavsifi 24-jadvalga tushiriladi.
Аlmashlab ekish dalalarining joylashuviga hududda joylashgan ariqlar, zovurlar, yoʼllar, ihota daraxtlari va boshqalar taʼsir koʼrsatadi. Dalalarning chegaralari ular bilan bogʼlanadi.
Аlmashlab ekish dalalarining joylashtirilishiga qishloqlar va boshqa ishlab chiqarish markazlari ham taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun ham dalalarni joylashtirishda ularning qishloqlar va boshqa ishlab chiqarish markazlari bilan qulay va eng qisqa masofa orqali bogʼlanishini taʼminlash kerak.
Аlmashlab ekish dalalari tuproq eroziyasini tugatish tadbirlari bilan bogʼliq holda bitta ariqdan sugʼoriladigan hududda joylashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |