Аlmashlab ekish maydonlari sonini va turlarini aniqlash.
Аlmashlab ekish maydonlari turlari va soni massivning ixtisoslashgan dehqonchilik va chorvachiik turlariga, boʼlinmalarining ixtisoslariga, ularning tuproq va iqlim sharoitlariga, relьefiga, yer maydonining ixchamligiga, uning tabiiy va sunʼiy toʼsiqlar bilan boʼlaklarga boʼlinishiga hamda massiv joylashgan hudud uchun ilmiy muassasalar tomonidan qilingan tavsiyaga qarab aniqlanadi.
Аlmashlab ekish turlari va sonini aniqlash uchun talaba massivning tuproq va irrigatsiya xaritalaridan massiv yerlarining holatini chuqur oʼrganadi va uning har bir yer boʼlagi uchun qanday turdagi va tarkibdagi almashlab ekishni tashkil
qilish toʼgʼrisidagi xulosaga kelinadi.
Аlmashlab ekish maydonlari sonini aniqlash uchun talaba massiv yerlaridagi tuproq turlari chegaralarini, yerdarning boʼlaklarga boʼlinishiga va ularning sugʼoriladigan, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilish talablarini va almashlab ekish maydonlarining ilmiy muassasalar tomonidan tavsiya etilgan optimal oʼlchamlarini oʼrganib chiqadi va loyiha yechimlarini ishlab chiqadi. Аlmashlab ekish maydonlari buyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar 12-ilovada keltirilgan. Аniqlangan almashlab ekish turlari va maydonlari 16-jadvalga yoziladi.
16-Jadval
Аlmashlab ekish turlari soni va maydoni.
Ishlab chiqa-
rish boʼlin-
malari nomi
|
Аlmashlab ekish
|
Ekin turlari, ga
|
turi
|
maydoni
ga
|
sxemasi
(tarkibi)
|
dalaning
oʼrtacha maydo-ni, ga
|
paxta
|
beda
|
don
|
maka joʼxori
doni
|
sab-za-vot
|
poliz
|
kartoshka
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
|
8
|
9
|
10
|
11
|
1-yechim
|
Oq oltin
|
P-b-d
|
231,8
|
1:2:4:1:2
|
23,18
|
127,4
|
11,6
|
71,8
|
3,7
|
11,1
|
3,2
|
2,7
|
Paxta obod
|
sok
|
57,0
|
1:1:1:2
|
14,2
|
-
|
-
|
-
|
2,0
|
31,3
|
18,2
|
5,5
|
Jami:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jadvalda hamma ishlab chiqarish boʼlinmalarida loyihalanayotgan almashlab ekish turlari, ularning maydonlari va ularga ekinlarning tarkibi koʼrsatiladi.
Аlmashlab ekish turlari va sonini aniqlash borasidagi ishlar yordamchi tarmoqlarga yer ajratishdan boshlanadi. Yordamchi tarmoqlar hajmi asosan bozor talabi va massiv imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlarini yetkazish hajmiga massiv aholisining, massiv yerlariga yaqin joylashgan shaharlarning, mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalarning talablari taʼsir qiladi. Shuning uchun bu koʼrsatkchilar yer tuzish loyihasini ishlash jarayonida massiv mutaxassislari bilan birgalikda belgilanadi. Bosqich loyihasini ishlashda esa ular oʼqituvchi tomonidan vazifa sifatida berilishi mumkin.
Paxtachilik massivlarida bu ekinlarning maydonlari kichik boʼlganligi
uchun ularda yem-xashak ekinlari bilan qoʼshgan holda, bir almashlab ekish maydoni tashkil qilinadi. Bizning misolimizda bu almashlab ekish 5 dalali qilib qabul qilinishi mumkin: 1-dala - sabzavot, 1-dala - poliz, 1-dala - kartoshka va 2- dala –don uchun makkajoʼxori.
СОК=19,2*5=96,0 Рпахтакомлекси=Рх.ер-Рсок*5= - *5= га
Аlmashlab ekishning umumiy maydoni ga. Dalaning oʼrtacha maydoni 4,0 ga. Dehqonchilik uchun ajratilgan yerlarning qolgan qismi massivdagi dehqonchilikdagi asosiy tarmogʼi uchun ajratiladi. Paxtachilik massivlarida bu yerlar paxtachilik uchun ajratilgan boʼlib, ularda paxtachilikka moslashgan almashlab ekish tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |