(chig‘anoqli qisqichbaqasimonlar - Ostracoda, qanotlari osilganlar -
Sialis, annelidlar - Nepheiis) organizmiga tushadi. Ular organizmida
akantotsefalaming lichinkalari rivojlanadi. Baliqlar zararlangan
oraliq xo‘jayinlami yoyishi natijasida kasallikni o‘ziga yuqtiradi.
Baliqlar ichagida 21-28 kundan keyin akantotsefalalar jinsiy voyaga
yetadi va ko‘paya boshlaydi. Tabiiy sharoitlarda
invaziya asosiy va
oraliq xo‘jayin organizmida saqlanib qoladi.
21 - rasm.
Neoechinorhynchus rutili
Muller, 1780:
a
- erkagi,
b
- urg‘ochtsining xartumchasi,
d
- tuxum
(a-b-
Sudarikov, 1960 bo‘yicha; v - Petrushevskiy, 1954 bo’yicha).
Epizootologik ma’Iumotlar.
Baliqlarning zararlanishi may oyi
oxiri iyun oyi boshlarida kuzatilib, yoz o‘rtalarida (iyul-avgust)
intensiv ravishda amalga oshadi. Invaziya ekstensivligi 60-70 %
164
gacha yetib, bitta baliq organizmida 320
tagacha akantotsefala
topilishi mumkin. Kuzga kelib invaziya ekstensivligi va intensivligi
keskin pasayadi. Neoxinorinxus tuxumlari suvda hayotchanligini 5-
6
oygacha saqlab qoladi va oraliq xo‘jayinlaming zararlanish
manbai bo‘lib qoladi.
Bizning tadqiqotlarimizda neoxinorinxoz orol mo‘ylovli balig4i
va oddiy qora baliqda aniqlangan. Invaziya ekstensivligi 11.1-38.8
% gacha o‘zgarib turadi. Baliqlar neoxinorinxoz bilan yilning issiq
mavsumlarida zararlanadi (may-avgust).
Patogenez va kasallik belgilari.
Akantotsefalalar kuchli
rivojlangan xartumchalari va ularning ichak devorini teshishi ichak
shilliq pardalarining buzilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida
patogen mikrofloraning yaralarga o4ib olishini yengillashtirib,
parazitlar yopishgan joylarda yailigianish
jarayonlarining kelib
chiqishini ta’minlaydi. Ichaklarda gemorragik yallig‘lanish, shilliq
pardalarda qon qo'yilish holatlari kelib chiqadi. Akantotsefalalar
yopishgan joylarda ichaklaming gipertrofiyasi kuzatiladi. Ichak
tugunli tusga kiradi.
Kasal baliq o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Quwatsizligi
sababli u baliqxo‘r qushlarga o‘Ija bo‘lishi yoki nobud bo‘lishi
mumkin. Ma’lumki, akantotsefalalar xartumchasi xitinli ilmoqlarga
ega bo‘lib, ular
ichak devorlarini jarohatlab, yalliglanishni keltirib
chiqaradi. Natijada ovqat hazm qilish jarayoni buziladi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Asosiy o ‘zgarishlar ichak
larda kuzatiladi. Ichaklar gemorrogik yalliglangan, shilliq parda-
Sariga qon quyilgan boiadi. Ichaklarda ko‘plab akantotsefalalarni
topish mumkin.
Diagnoz baliqlarni parazitologik tekshirish
natijalari asosida
qo‘yiladi. Ichaklarda akantotsefalalarni topish diagnozni tasdiqlaydi.
Ichakda topilgan gelmintlar yig‘iladi va ularning tur tarkibi aniqlanadi.
Qarshi kurash ehoralari. Nosogiom suv havzalarida kasal
likka chalingan baliqlar ovlanadi, veterinanya-sMitariya tadbirlari
o‘tkaziladi, zararlangan oraliq xo‘jayinlarni yo‘q qilish maqsadida
hovuzlar suvi quritiladi. Baliqlarning oziqasi uchun tayyorlanadigan
165
gammaruslar sog‘Iom suv havzalarida tayyorlanadi. Doimiy ravish
da baliqlarda diagnostik tekshiruvlar oikazilib turiladi.
Baliqlarni
bir suv havzalaridan boshqasiga ko'clrirayotganda gelmintologik
tekshiruvdan oikazilishi kerak. Ko‘chirilayotgan baliqlar orasida
kasallik belgilari kuzatilsa va kasallik tasdiqlansa, bunday baliqlarni
ko‘chirishga mxsat berilmavdi.
Do'stlaringiz bilan baham: