tuzli vannalami qisqa vaqtda va bo‘lib-bo‘lib, dengiz suvlarida
organik bo‘yoqlar, akvariumda esa tripaflavin, metil ko‘ki va
boshqalar qo‘llaniladi. Aralash invaziyada
eng samarali dorilar
yuqori parazitlarga qarshi ishlatiladi.
Akvarium baliqlari uchun ijobiy natijalar suv haroratini 31-33 0
С ga ko‘tarish usuli hisoblanadi, ularni hafta davomida doimiy
ko‘tarish kerak. Baliqlarni davolashda alohida baliqsiz idishlarda 2
kun davomida harorat 33 0 С gacha ko'tariladi. Keyin baliqlarni
o'stirishda ularni odatdagi darajagacha pasaytiriladi.
Oldini olish va kurash choralari.
Trixodinozlarga qarshi
chora-tadbirlar xiJodoneJlyoz
singari amalga oshiriladi.
Baliqlarni sanitariya baholash.
Trixodinalar bilan zararlangan
tovar baliqlarini oriqlagan va tovar ko‘rinishini yo‘qotgan baliqlarni
hech qanday cheklovlarsiz iste’mol qilinadi.
Gelmintozlar
Baliqlarda parazit chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasallik
lar umumiy gelmintozlar deyiladi. Gelmintozlami monogeniyalar
(Monogenea), trematodalar (Trematoda), sestodalar (Cestoda), akan-
totsefalalar (Acanthocephala), nematodalar (Nematoda)
sinflarining
vakillari keltirib chiqaradi. Qaysi chuvalchang guruhlari keltirib
chiqarishiga qarab kasalliklar - monogenidozlar, trematodozlar,
sestodozlar, akantotsefalyozlar va nematodozlar deyiladi.
Baliqlar gelmintozlar turli suv havzalarida keng tarqalgan,
chuchuk suv va dengiz baliqiarida gelmintlaming barcha sinflari
parazitiik qiladi. Ularda ommaviy kasalliklar yuzaga keladi.
Parazitlarning qator turlari baliqlar orqali issiqqonli hayvonlar va
odamlarda ham uchrashi kuzatiladi, ular
katta iqtisodiy va epide-
miologik ahamiyatga ega bo‘lishi bilan izohlanadi.
Gelmintlaming ko‘pchiligi
baliqlar
parazitar
kasalliklari
qo'zg'atuvchisi hamda odam uchun xavfli invaziya sifatida ma’lum.
Binobarin, O'zbekiston sharoitida karp baliqlari parazitlari baliq
xo‘jaliklarini boshqarish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada
115
negativ omil sifatida ta’sir etadi. Umuman olganda, baliqlar
parazltar kasalliklari bo‘yicha epizootologik vaziyat nosog‘lom
hisoblanadi.
Baliqlar, jumladan каф baliqlari kasalliklari orasida parazi-
tozlar asosiy o‘rinni egallaydi va turli xil sharoitlarda o‘stiriluvchi
(saqlanuvchi) hamrna tur baliqlarni zararlaydi.
Parazitar kasalliklarda baliq mahsulotlarining tovar sifati
yomonlashadi, baliqlaming o‘sish va rivojlanishi sekinlashadi, fizio-
logik jarayonlar buziladi. Ayrim tur baliq
parazitlari rivojlanishning
ma’lum bosqichlarida umurtqalilar vakillari, shu jumladan odam-
larda ham parazitlik qiiadi.
Umum e’tirof etilishicha, parazitar kasailiklar baliqlarning
deyarli barcha yoshdagi guruhlarida uchraydi. Parazitar kasallik
laming bitta qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan baliqlarda monoin-
vaziya holati kuzatiladi. Ammo, aksariyat hollarda assotsiativ
parazitozlar kuzatilib, bunda baliqlar bir vaqtning o ‘zida bir qancha
turlar bilan zararlanadi (sestodalar, trematodalar, akantotsefalalar va
nematodalar).
Qayd qilish kerakki, assotsiativ mvaziyada baliq
laming zararlanishi, odatda kuchayadi, ya’ni parazitozlaming
assotsiativ shakli monoinvaziyaga qaraganda ancha og‘ir kechadi.
0 ‘zbekistonning suv havzalarida shaxsiy yordamchi va MCHJ
fermer xo‘jaliklarida Cyprinidae oilasi baliqlari orasida keng
tarqalgan parazitar kasailiklar ligulyoz, diagramrnoz, kavioz,
botriotsefalyoz, dilepidoz, sangvinikolyoz, diplostomoz, postodip-
lostomoz, neoxinorinxoz, pomforinxoz, rafidaskarioz, fflometroz,
dioktofimoz va boshqalar hisoblanadi.
Baliqlar parazitar kasalliklari profilaktikasi qo‘zg‘atuvchilar
tur tarkibi,
epizootologik vaziyat, baliqchilik texnologiyasi va ak-
vakultura, samarali preparatlarni qollash orqali iqtisodiy sama-
radorlikka erishish, hududning tabiiy iqlim xususiyatlari bo'yicha
ma’lumotlarga asoslanadi.
Parazitlarga qarshi preparatlarni tanlashda shuni nazarda tutish
kerakki, ular uchun umumiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
organizm uchun zararsizligi, yuqori samaradorligi, keng ta’sir
116
doirasiga egaligi, ekologik xavfsizligi, hammabopligi, qollatii-
lishining
oddiyligi, dozaning pastligi va iqtisodiy asoslangan sotish
bahosi. Preparatlardan foydalanish laboratoriya va klinik tadqiqotlar
maiumotlariga asoslanadigan boisa, ulami qoilash samarali
boiishi mumkin. Oqibatda preparatlaming parazitlarga qarshi
tadbirlardagi samaradorligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: