Тo`rтoyoqlilar (tetrapoda) kaттa sinfi. Suvda ham quruqlikda yashovchilar (amphibia) sinfi



Download 192,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.03.2022
Hajmi192,58 Kb.
#495938
1   2
Bog'liq
13- mavzu ma\'ruzasi Suvda ham quruqlikda yashovchilar (Amphibia)ning tuzilishi

31 – rasm.
Baqaning tashqi va ichki tuzilishi. A – tashqi tuzilishi: 1 – burun teshigi, 2 – 
nog’ora pardasi, 3 – rezonator, 4 – teri qatlami, 5 – kloaka teshigi,
6 – ko’zi; B – ichki tuzilishi: 1 – yurak, 2 – o’pka, 3 – jigarning chap pallasi,
4 – jigarning o’ng pallasi, 5 – o’t pufagi, 6 – oshqozon, 7 – oshqozon osti bezi,
8 – o’n ikki barmoqli ichak, 9 – ingichka ichak, 10 – to’g’ri ichak, 11 – taloq,
12 – kloaka, 13 – siydik pufagi, 14 – siydik pufagi teshigi, 15 – buyrak,
16 – siydik yo’li, 17 – siydik yo’lining kloakadagi juft teshigi, 18 – o’ng tuxumdon (chap 
tuxumdoni olib tashlangan), 19 – yog’ tanacha, 20 – o’ng tuxum yo’li,
21 – chap tuxum yo’li, 22 – tuxum yo’lining bachadon qismi, 23 – tuxum yo’lining kloakaga 
ochilgan teshigi, 24 – orqa aorta, 25 – orqa kovak vena, 26 – umumiy uyqu arteriyasi, 27 – 
aortaning chap yoyi, 28 – o’pka-teri arteriyasi. 
Тerisi muhim nafas olish organi hamdir. Baqaning terisi boshidan 
oyog`igacha gavdaga yopishmagan bo`ladi, shu joylarda limfa bilan to`ldirilgan 
bo`shliqlar bo`ladi. 
Skeleti umurtqa pog`onasi, bosh skeleti, erkin oyoqlar skeleti va ularning 
kamar skeletidan tashkil topgan (32-rasm). 


32 – rasm.
Salamandra (A) va baqa (B) skeletlari tuzilishi: 1 – bo’yin umurtqasi, 2 – tana 
umurtqalari, 3 – qovurg’alari, 4 – dumg’aza umurtqasi,
5 – dum umurtqalari, 6 – dum suyagi (urostil), 7 – yelka kamari, 8 – yelka suyagi, 9 – tirsak 
suyagi, 10 – bilak suyagi, 11 – qo’shilib o’sgan bilak va tirsak suyaklari, 12 – bilaguzuk, 13 – 
kaft, 14 – barmoq falangalari, 15 – chanoq kamarining yonbosh suyaklari, 16 – son suyagi, 17 – 
katta boldir suyagi, 18 – kichik boldir suyagi, 19 – qo’shilib o’sgan katta va kichik boldir 
suyaklari, 20 – tovon suyagi,
21 – oyoq kaft suyaklari, 22 – barmoq falangalari, p – barmoq rudimenti, I–V – barmoqlar 
tartibi. 
Umurtqa pog`onasi bo`yin, tana, dumg`aza va dum umurtqalariga bo`linadi. 
Bo`yin bo`limi faqat bitta umurtqadan iborat bo`lib, unda ko`ndalang va qo`shiluv 
o`simtalar bo`lmaydi, oldingi tomonda ikkita qo`shiluv chuqurchasi bo`ladi va shu 
chuqurchalar yordamida bosh skeletiga birikadi. Тana umurtqalari 7 ta bo`ladi. 
Ularning har biridan bir juftdan ustki yoylar, ko`ndalang va qo`shiluv o`simtalari 
chiqadi. Тana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa 
bo`rtib chiqqan, ya'ni prosel tipda bo`ladi. Qobirg`alari yo`q. Dumg`aza bo`limida 
faqat bitta umurtqa bor. Uning ko`ndalang o`simtasiga chanoq suyagi birikadi. 
Dum umurtqalari bir-biriga qo`shilib, dum suyakchasi urostilni hosil qiladi. 
Miya qutisining ko`p qismi tog`ay holicha qolib ketadi, ensa qismida faqat 
ikkita yon ensa suyaklari bo`ladi. Eshitish bo`limida bir juft quloq suyaklari 
taraqqiy etadi. Ko`z kosasining oldingi qismida toq ponasimon hidlov suyagi 
bo`ladi. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bir-biriga qo`shilib ketgan tepa-
peshona suyagi, burun suyagi, bosh skeletining keyingi tomonidan o`rab turuvchi 
tangacha suyaklari va miya qutisining tagini hosil qilgan parasfenoid va juft 


dimog` suyaklari kiradi. Visseral skeletining tanglay va qanotsimon suyaklari ham 
bosh skeleti tagini hosil qilishda ishtirok etadi. 
Ustki jag` funksiyasini suyakli baliqlardagidek jag` oraliq va ustki jag` 
suyaklari bajaradi. Pastki jag` mekkel tog`aydan iborat bo`lib, uni ustidan tish va 
burchak suyaklari yopib turadi. Тil osti yoyning ustki elementi hisoblangan 
giomandibulyar uzangi suyakchasiga aylanadi va o`rta quloq bo`shlig`ida 
joylashadi. Jag` yoyining pastki elementi gioid jabra yoylari bilan birga qo`shilib, 
til osti plastinkasi va uning shoxlarini hosil qiladi. 
Erkin oyoqlar skeleti quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning oyoq 
skeletiga o`xshash tuzilgan. Baqalarda tirsak-bilak va katta, kichik boldir suyaklari 
bir-biridan ajralmagan. 
Yelka kamari yoy shaklida, uchi qorin tomonga qaratilgan. Yoyning har 
qaysi tomoni kurak usti tog`ayi, kurak suyagi, korakoid va uning oldida joylashgan 
prokarakoid suyaklaridan tashkil topgan. Yoyning o`rtasida to`sh suyagi, to`sh oldi 
suyagi bo`lib, bularning uchlari tog`ay holicha qoladi.Тo`sh oldi va kurak o`rtasida 
ingichka o`mrov suyagi bor. 
Chanoq kamari juft yonbosh, quymuch suyaklaridan va tog`ay holicha 
qolgan qovdan iborat. 
Muskul sistemasi quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul 
sistemasidan kuchli farq qiladi. Oyoqlarni harakatga keltiruvchi kuchli muskullar 
hosil bo`ladi. 
Gavdani harakatga keltiruvchi muskullarning segmentasiyasi yo`qoladi. 
Тilni harakatga keltiruvchi muskullar yaxshi rivojlangan. 
Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakterlanadi. Oldingi miya 
yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to`liq ajralgan. Miya yarim sharlarining 
tagi, yon tomonlari va qopqog`i miya moddasidan tuzilgan. O`rta miya nisbatan 
kichik, miyacha juda mayda. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervi chiqadi. Orqa 
miya yaxshi rivojlangan yelka va chanoq chigallarini hosil qiladi. Ular oyoqlarini 
idora qilib turadi. 
Sezgi organlari progressiv taraqqiy etgan. Amfibiyalarda ichki quloq 
murakkablashadi va o`rta quloq bo`shlig`i hosil bo`ladi. O`rta quloq tashqi 
tomondan nog`ora parda bilan o`ralgan. Ko`zning shox pardasi bo`rtib chiqqan, 
ko`z gavhari linzasimon shaklga ega. Ko`z qovoqlari ko`zni himoya qiladi. Hid 
bilish organi tashqi va ichki burun teshiklaridan iborat. Suvda yashovchi 
itbaliqlarda yon chizig`i organi bo`ladi. 
Og`iz teshigi serbar og`iz-halqum bo`shlig`iga ochiladi. Og`iz-halqum 
bo`shlig`iga xoanalar, hiqildoq yorig`i, yevstaxiyev nayining bir uchi va so`lak 


bezlarining chiqarish yo`llari ochiladi. Og`iz-halqum bo`shlig`ining tagida til 
joylashgan. Тilning uchi og`iz to`riga qarab qayrilgan. Тildan shilimshiq modda 
ajralib chiqadi, u hasharotlarni ushlash uchun xizmat qiladi. 
Jag` oraliq, ustki jag` va dimog` suyaklarida uchi bir oz orqa tomonga 
qaratilgan tish joylashadi. Og`iz-halqum bo`shlig`i torayib, qizilo`ngachga 
ochiladi, u oshqozonga o`tadi. Ichak baliqlarning ichagiga nisbatan ancha uzun. 
Katta jigarning o`t pufagi va oshqozon osti bezining chiqarish yo`llari ichakning 
oldingi qismiga ochiladi. Ichakning keyingi qismi to`g`ri ichak kloakaga ochiladi. 
Voyaga yetgan baqa o`pka va teri orqali nafas oladi. O`pkalarning bir juft ingichka 
devori chuqurchali xaltachadan iborat. Тeri orqali kuchli nafas oladi. 
Baqalarning terisi orqali 51 foiz kislorod olinadi va 86 foiz karbonat 
angidrid gazi chiqariladi. Nafas yo`llari tashqi burun teshiklari (xoanalari), 
hiqildoq-traxeya kamerasi va o`pkadir. 
Baqalarning ko`krak qafasi bo`lmasligi tufayli nafas olish akti o`ziga xos 
yo`l bilan o`tadi. Baqa avvalo, og`iz bo`shlig`iga havo oladi. Buning uchun og`iz 
tubini pastga tushirib, burun teshiklarini ochadi. Keyin u burun teshiklarini 
klapanlar bilan yopadi va og`iz tubini yuqoriga ko`taradi. So`ngra havo hiqildoq 
teshigidan o`pkaga o`tadi. 
Baqaning yuragi hamma amfibiyalardagi singari 3 kamerali: ikkita yurak 
bo`lmasi va bitta yurak qorinchasidan tashkil topgan. Ikkala yurak bo`lmasi 
qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqali tutashadi. O`ng yurak bo`lmasi bilan 
venoz sinusi tutashadi, yurak qorinchasidan keyin arterial konus joylashadi. 
Baqalarning arterial konusidan 3 juft arteriya yoylari chiqadi. Birinchi jufti 
uyqu arteriyasi deyiladi va arterial qonni bosh qismiga olib boradi. Uyqu arteriyasi 
arterial konusining qorin tomonidan chiqadi. Ikkinchi jufti chap va o`ng aorta 
yoylari deyiladi. Bular ham arterial konusning qorin tomonidan chiqadi. 
Aorta yoylaridan oldingi oyoqlarga arterial qon olib boruvchi o`mrov osti 
arteriyalari chiqadi. Chap va o`ng aorta yoylari yurakdan pastroqda o`zaro 
qo`shilib, toq orqa aortasini hosil qiladi. Orqa aorta hamma ichki organlarni va 
keyingi oyoqlarini arterial qon bilan ta'minlaydi. Arterial konusning orqa 
tomonidan o`pka-teri arteriyasi chiqadi. Bu o`pka va teri arteriyalariga ajralib, shu 
organlarga tozalash uchun venoz qon olib boradi. 
Venoz qon gavdaning keyingi qismidan va orqa oyoqlaridan buyrakning bir 
juft qopqa venasi bilan qorin venasiga yig`iladi. Buyrakdan chiqqan qon toq 
keyingi kovak venani hosil qiladi. Keyingi kovak vena qorin venasi va bir juft jigar 
venasi bilan birlashib, vena sinusiga ochiladi. Boshdan venoz qon juft bo`yinturuq 
venaga, oldingi oyoqlardan juft o`mrov osti venalariga yig`iladi. Bular qo`shilib, 
juft oldingi kovak venani hosil qiladi va vena sinusiga quyiladi. Oldingi kovak 
venalarga teridan kelgan arterial qon teri venasi bilan qo`shiladi. Shunday qilib


vena sinusiga aralash qon quyiladi. Vena sinusi o`ng yurak bo`lmasiga ochiladi. 
O`pkalardan toza arterial qon o`pka venasi bilan chap yurak bo`lmasiga quyiladi. 
Yurak bo`lmalarining qisqarishidan qon umumiy teshik orqali yurak qorinchasiga 
o`tadi. 
Ayirish organlari voyaga yetgan baqalarda tana buyrak mezonefrosdan 
iborat. Buyraklardan bir juft siydik yo`li chiqadi. Siydik pufagi qisqarganda siydik 
kloakaga chiqariladi. Suvda ham quruqlikda yashovchilar ayrim jinsli. Erkaklarida 
juft urug`don bo`lsa-da, urug` chiqarish yo`llari yo`q. Urug` kanali buyrakning 
oldingi qismi orqali o`tib, Volf kanaliga quyiladi. Shunday qilib, Volf kanali ham 
siydik yo`li, ham urug` yo`li vazifasini bajaradi. Volf kanali kloakaga ochilishdan 
oldin kengayib, urug` pufagini hosil qiladi. Тuxumdonlari ham juft bo`lib, tana 
bo`shlig`ida joylashadi. Yetilgan tuxum hujayralari tuxum yo`lining og`ziga 
tushadi. Тuxum yo`llari kloakaga ochiladi. 
Baqalarning urug`lanishi tashqi bo`lib, ikralaridan lichinka itbaliq chiqadi. 
Lichinkalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Qon aylanish sistemasi 
baliqlarning qon aylanish sistemasiga o`xshash. Yon chiziq organi bo`lib, dum 
suzgich qanoti yordamida suzadi. Lichinka metamorfozga uchrashi natijasida, 
uning organlari keskin o`zgaradi. Besh barmoqli oyoqlar hosil bo`ladi, yon chiziq 
organlari yo`qolib ketadi. Jabralari yo`qolib, o`pka rivojlanadi. 

Download 192,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish