5. Yangi mavzuni mustahkamlash
1. Duradgorlik dastgohi tuzilishi xaqida ma’lumot bering.
2. Duradgorlik dastgohi qismlarini sanab bering.
3. Dastgoh stolining bir qismi nima uchun chuqurlashtirilgan?
4. Dastgoh stolining balandligi qanday usulda belgilanadi?
5. Dastgohda materialni to‘g‘ri o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilish nima uchun zarur?
6. Qo‘l asboblaringt tuzilishi va turlarini aytib bering.
7. Qo‘l asboblaridan foydalnish qoidari xaqida ma’lumot bering.
6. Uyga vazifa berish:
1. Darslikdagi mavzuni o‘qib kelish kelish va amaliymustaqil ishlarni bajarish.
2. Mavzu yuzasidan krossvord tuzib kelish.
3. Qo‘l asboblarining tuzilishi bo‘yicha toifalang.
4. Duradgorlik dastgohida boshlang‘ich ish elementlarini bajarishni mashq qiling.
Fan: TEXNOLOGIYA
Mavzu: Yog‘оchning fizikаviy hоssаlаri. Yog‘оch turlаrining hususiyatlаri. Durаdgоrlikdа ishlаtilаdigаn yеlimlаr vа bo‘yoqlаr turlаri, хususiyatlаri, ishlаtilish sоhаlаri.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga yog‘оchning fizikаviy hоssаlаri. Yog‘оch turlаrining hususiyatlаri. Durаdgоrlikdа ishlаtilаdigаn yеlimlаr vа bo‘yoqlаr turlаri, хususiyatlаri, ishlаtilish sоhаlаri haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida Yog‘оchning fizikаviy hоssаlаri. Yog‘оch turlаrining hususiyatlаri. Durаdgоrlikdа ishlаtilаdigаn yеlimlаr vа bo‘yoqlаr turlаri, хususiyatlаri, ishlаtilish sоhаlаri haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Kommunikativ kompetensiya:
hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
yog‘ochning fizikaviy xossalari, yog‘och turlarining xususiyatlari, duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlar turlari, xususiyatlariga oid manbalaridan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlarni ishlatilish sohalarini axborot manbalaridan qidirib topish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
turli materiallarga ishlov berishda moslamalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlash.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: yog‘ochga ishlov berish ustaxonasi, yog‘och namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Yog‘ochning fizikaviy hossalari. Yog‘och turlarining hususiyatlari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlar turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari Materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi. Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirda bo‘kishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat. Rang - yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muxim xossalaridan biri. Yog‘ochning rangi avvalo uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol-jigarrang ; qoraqayin akatsiya - oqqizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och-qoramtir bo‘ladi.
Yog‘ochning tovlanishi. Yog‘och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘nalishi va zichligiga bog‘liq holda tovlanadi.Yog‘ochning tovlanishini sun’iy ravishda orttirish uchun laklash, politurlash va mumlash ishlari bajariladi. Yog‘ochning tabiiy guli(teksturasi). Randalash vaqtida yog‘och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning tabiiy guli namoyon bo‘ladi. Yog‘ochning hidi. Yog‘och undagi smalalari, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda xar-xil hidli bo‘ladi. Yog‘ochning o‘zak qismi o‘tkir xidli bo‘lib unda yuqoridagi moddalar ko‘p bo‘ladi. Yangi kesilgan, shuningdek, ignabargli daraxtlar yanada o‘tkir hidli bo‘ladi. Yog‘och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib ketadi. Hidning o‘zgarishi yog‘ochning buzulishiga ham bog‘liq. Yog‘ochning namligi. Namlik daraxtning hayoti va uning o‘sishi uchun kerak bo‘lgan asosiy omillaridan biridir. Namlik daraxtning o‘sish sharoitiga va turiga yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritilmaganiga qarab oz yoki ko‘p bo‘ladi. Yog‘ochning qurishi. Yog‘ochda erkin va bog‘langan suvlar bo‘ladi. Yog‘ochning ichki bo‘shliqlarini,
ya’ni xujayralar ichidagi va xujayralar orasidagi fazoni to‘ldiruvchi suvlar erkin yoki apillyar namlik, xujayra pardalari tomonidan shimilgan suvlar bog‘langan yoki gigraskopik namlik deyiladi. Yog‘ochning namtortib bo‘kishi. Agar quruq yog‘ochni zax xonalarda yoki ochiq havoda saqlasa, u nam tortib bo‘kadi va o‘lchamlari, hajmi, og‘irligi ortadi, shakli o‘zgaradi. Yog‘ochning zichligi.
Yog‘ochning bu xossasi uning og‘irligiga aloqador bo‘lib yog‘ochdagi nam bilan havo miqdoriga bog‘liq. Yog‘ochda nam va havo qanchalik kam bo‘lsa u shunchalik zich bo‘ladi. Tovush o‘tkazuvchanlik deb yog‘och materiallarning tovushni o‘tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog‘ochning tovush o‘tkazish qobiliyati yuqori. Yog‘och tolalari yo‘nalishi bo‘yicha tovush havoga nisbatan 15-18 marta, eni bo‘yicha 3-6 marta tez o‘tkazadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Yog‘ochning issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. Yog‘och boshqa materiallarga qaraganda issiqlikni yomon o‘tkazadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
Yog‘ochning fizikaviy hossalari deb nimaga aytiladi?
Yog‘ochning tovlanishi deganda nimani tushunasiz?
Yog‘ochning zichligi haqida gapirib bering.
Yog‘ochning issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga nimalar kiradi?
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |