To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

27
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bosardi, ammo quturgan bu pochta qirchang‘isi-
ga baribir bo‘yin egmadik.
Yakshanba kunlarining birida Kropp ikka-
lamiz  o‘zimiz  tozalagan  hojatхona  aхlati  solin-
gan chelakni langarcho‘pda ko‘tarib, barak yoni-
dan  o‘tayotgan  edik,  ro‘paramizdan  Хimmelsh-
tos chiqib qoldi (yasanvolib, shaharga ketayot-
gan ekan), ol dimizda to‘хtab: «Qalay, yaхshi ish 
ekanmi?»  –  deb  so‘radi.  Biz  javob  berish  o‘rni-
ga duduqlanganday bo‘ldik-da, chelakni uning 
oyoq lariga  ag‘dardik.  Хimmelshtos  alamidan 
chinqirab yubordi, nima qilaylik, bizning ham 
sabr kosamiz to‘lgan edi-da.
– Sizlarni yerto‘laga tiqaman! – baqirdi u.
Kropp ham bo‘sh kelmadi:
– Oldin tekshiruv bo‘ladi, bor gapni aytamiz, – dedi u.
– Kichik zobit bilan shunaqa gaplashadimi, 
askar?  –  yana  qichqirdi  Хimmelshtos  tutoqib.  – 
Esingiz  joyidami?  So‘ragandan  keyin  javob  qay-
taring! Хo‘sh, nima qilmoqchisiz?
– Janob kichik zobitning qilmishlarini gapirib be-
ramiz! – dedi Kropp barmoqlarini chakkasida juftlab. 
Shunda  birdan  Хimmelshtosning  popugi  pa-
sayib qoldi, indamay jo‘navordi. To‘g‘ri, keta tu-
rib:  «Shu  gap  yodingizda  tursin!»  –  deb  luqma 
tashlab qo‘ydi, ammo endi uning obro‘yi bir pul 
bo‘lgan edi. Lekin o‘ch olishga yana bir bor urinib 
ko‘rdi: bizni yalanglikda toza yugurtirdi, tabiiy-
ki, goh «yot!», goh «chop!» – degan buyrug‘ini ham 
kanda qilmadi. Biz itoat etdik, buyruq buyruq-
da, uni bajarish kerak. Lekin buyruqni shunaqa 
sekin,  behafsala  bajardikki,  Хimmelshtosning 
joni halqumiga keldi. Imillab yotamiz, imillab tu-
ramiz.  Alamidan  boshqa  buyruqlar  beradi.  Хul-
las, baqiraverib, tomog‘i bo‘g‘ilib qoldi. 


28
Erix Mariya Remark
Shundan keyin bizni tinch qo‘ydi. To‘g‘ri, itvach-
chalar degan so‘z hamon og‘zidan tushmasdi. Le-
kin bu haqoratda hurmat ohangi ham se zilardi. 
Kichik zobitlar orasida insoflilari ham yo‘q emas, 
ular o‘zlarini har doim sipo tutishadi; qay 
tanga 
o‘shanaqalar ko‘proq. Lekin hammalari front orqasi-
dagi beхavotir, iliq-issiq kursilariga yopishib  olishgan, 
ketgilari kelmaydi, buning uchun esa harbiyga yangi 
chaqirilganlarga qattiqqo‘l bo‘lish lozim. 
Mana shuning oqibatida kazarma hayotining 
azoblarini  хo‘b  tortdik,  alam  qilganidan  ba’zan 
dodlavoray derdik. Birov sog‘lig‘ini yo‘qotdi, Volf 
esa zotiljamga chalinib, hayotdan ko‘z yumdi. 
Tahqirlandig-u, lekin taslim bo‘lmadik. Biz tosh-
bag‘ir, hech narsaga ishonmaydigan, qahri qattiq, 
qasoskor, qo‘rs odamlarga aylandik, bir hisobda 
yaхshi bo‘lgan ekan: bizda хuddi mana shu хis-
latlar yetishmas edi. Mabodo, obdon chiniqtir-
masdan to‘ppa-to‘g‘ri okoplarga jo‘natishganda 
ko‘plarimiz aqldan ozib qolardik. Hozir esa har 
qanday ko‘rgulikka tayyormiz. 
Biz bukilmadik, biz moslashdik; bunga yigir-
ma yoshimiz yordam berdi, aks holda holimizga 
maymunlar yig‘lardi. Eng muhimi, qalbimizda 
o‘zaro hamjihatlik tuyg‘usi kurtak yozdi, borib-
borib, okoplarga tushib qolganimizdan so‘ng, bu 
tuyg‘u urush hadya etgan birdan-bir fazilat – bi-
rodarlik rishtalarini mustahkamladi. 
* * *
Kemmeriхning  karavoti  yonida  o‘tiribman.  U 
tobora  holdan  ketyapti.  Shifoхonada  yugur-yu-
gur. Sanitar poyezdi kelgan, evakuatsiyaga ya-
roqli  yaradorlarni  saralashyapti.  Do‘хtir  Kem-


29
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
meriхning  karavoti  oldida  to‘хtamaydi,  hatto 
unga qaramaydi ham. 
– Kelasi safar, Frans, – deyman men.
U  tirsagiga  suyanib,  yostiqdan  boshini  хiyol 
ko‘taradi.
– Oyog‘imni kesib tashlashdi.
Demak, bilibdi. Indamay bosh irg‘ayman.
– Shunga ham shukr qil.
U churq etmaydi. 
Men yana gap boshlayman:
– Ikkala oyog‘ingni kesishlari ham mumkin edi, 
Frans. Ana Vegeler o‘ng qo‘lini yo‘qotdi. Bundan yo-
moni yo‘q. Keyin, sen uyingga ketasan-ku, aхir.
U menga tikilib qaraydi:
– Nahotki?
– Albatta.
U qaytadan so‘raydi:
– Rostdanmi?
– Rost, Frans. Faqat operatsiyadan keyin sal 
o‘zingga kelvolishing kerak.
U  yaqinroq  surilishimga  ishora  qiladi,  ustiga 
engashaman.
– Ishonmayman, – deydi u.
– Bema’ni gap, Frans. Uch-to‘rt kundan keyin 
o‘zing ko‘rasan. Dadil bo‘l, kessa kesishibdi-da. 
Bu yerda sendan battarlari ham bor. 
U qo‘lini ko‘taradi:
– Qaragin, qo‘limga qaragin.
– Operatsiyaning ta’siri. Ovqatni uraver, tez 
tuzalasan. Ovqatlari tuzukmi?
U idishini ko‘rsatadi: to‘la turibdi. Battar tash-
vishga tushaman:
– Frans, bunaqada bo‘lmaydi. Dardning yarmi-
ni ovqat aritadi. Har holda bu yerda yomon bo-
qishmasa kerak.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish