To'qimachilik mahsulotlariga bo'yoqlarning sorblanishi jarayonlari. Adsorbtsiya va desorbsiya jarayoni



Download 81,68 Kb.
bet5/7
Sana19.01.2023
Hajmi81,68 Kb.
#900515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

3.1-rasm. Adsorbsiya ko’laminig o’zgarish sxemasi: Rasm-Himoyalovchi ta’sir davomiyligining adsorbent qatlami balandligiga bog’liqligi.
4. Adsorber qurilmalarining tuzilishi.
Adsorberlarning tuzilishi. Adsorberlar ish rejimiga ko’ra davriy va o’zluksiz ishlovchi bo’ladi. Adsorbent qatlamining tuzilishiga ko’ra davriy adsorberlar qo’zgalmas va mavhum qaynash qatlamli bo’ladi

4.1 –rasm. Davriy ishlaydigan vertikal adsorber sxemasi.
. O’zluksiz ishlaydigan adsorberlar esa harakatlanuvchan va mavhum qaynash qatlamli bo’lishi mumkin. 4.1-rasmda davriy ishlaydigan vertikal adsorbentning sxemasi ko’rsatilgan. Qobiq 3 ning ichidagi taqsimlovich panjara 2 ning ustida qo’zg`almas adsorbent qatlami 4 mavjud. Gaz aralashmasi patrubka 6 orqali adsorberga kirib, panjara 2 orqali adsor­bent qatlamiga tarqaladi. Tegishli komponent gaz fazasidan qattiq fazaga yutiladi. Tozalangan gaz patrubka 5 orqali adsorberdan tashqariga chiqadi. Adsorbent lyuk 7 yordamida qurilmaga solinadi, lyuk 8 yordamida esa qurilmadan tushiriladi. Desorbsiya qilish uchun taqsimlovchi qurilma (barbotyor) 1 yordamida ochtkir suv bug`i beriladi. Desorbsiya paytida adsorbentda yutilgan kompo­nent suv bug`i tarkibiga o’tadi va bug`-gaz aralashmasi sifatida patrubka 10 orqali qurilmadan chiqariladi. Ochtkir bug`ning qisman kondensatsiyalanishi oqibatida hosil bo’lgan kondensat patrubka 9 orqali qurilmadan chiqib ketadi. Davriy ishlaydigan adsorberlarda adsorbentning yutish sig`imidan to’la foydalanilmaydi. Desorbsiya jarayoni ham ushbu adsorberlarning o’zida olib boriladi. Natijada quril­madan foydalanish darajasi kam bo’ladi. Bu kamchiliklardan o’zluksiz ishlaydigan qurilmalar xolidir.
Odatda davriy adsorbsiya jarayoni to’rtta bosqich bilan olib boriladi: 1) adsorbsiya; 2) desorbsiya; 3) adsorbentni quritish; 4) adsorbentni sovitish.
29.2-rasmda o’zluksiz ishlaydigan harakatlanuvchan qat­lamli adsorbentning sxemasi berilgan. Qattiq jism-gaz sistemalari uchun bunday qurilmalar balandligi bo’yicha bir necha seksiyalarga ajratilgan kolonna shaklida tayyorlanadi. Har bir seksiya ma’lum bir jarayonni amalga oshirish uchun moslashtiriladi. I seksiya adsorbentni sovitish uchun mo’ljallangan bo’lib, qobiq-quvurli issiqlik almashgich ko’rinishga ega. Regenerasiyadan qaytgan adsorbent aralashmasi zarrachalari quvurlarning ichidan harakat qiladi. Sovituvchi suyuqlik quvurlararo bochshliqdan o’tadi.
II seksiya adsorberdan iborat bo’lib, bu yerda, asosiy jarayon, ya’ni gaz fazasidan qattiq fazaga bir yoki bir necha komponentning yutilishi yo’z beradi. Adsorbent zarrachalari taqsimlovchi tarelka 3 yordamida kolonnaning kochndalang kesimi bo’ylab sochib beriladi. Gaz ara­lashmasi taqsimlagich 2 orqali III seksiyaga beriladi, tozalangan gaz esa tarelka 3 ning ostida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi.
Ushbu seksiyada qattiq va gaz fazalari qarama-qarshi oqimda harakat qiladi.
III seksiyada adsorbent regenerasiya qilinadi. Bu seksiya ham II seksiyaga ochxshash qobiq-quvurli issiqlik almashgich ko’rinishiga ega. Quvurlarning ichki qismidan adsorbent zarrachalari harakat qiladi, quvurlararo bochshliqdan esa isituvchi agent o’tadi. Adsorbentni regenerasiya qilish maqsadida taqsimlagich II orqali ochtkir bug` yuboriladi. II va III seksiyalarning oralig`ida ham taqsimlovchi tarelka o’rnatilgan.
Regenerasiya paytida hosil bo’lgan bug`-gaz aralashmasi seksiyaning yuqorigi qismidan joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi.




Download 81,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish