To'qimachilik mahsulotlariga bo'yoqlarning sorblanishi jarayonlari. Adsorbtsiya va desorbsiya jarayoni


Adsorbsiya jarayonining nazariy asoslari



Download 81,68 Kb.
bet3/7
Sana19.01.2023
Hajmi81,68 Kb.
#900515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

3. Adsorbsiya jarayonining nazariy asoslari.
Gaz, bug` yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yuzasi va g’ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. Adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo’lgan modda esa adsorbat deyiladi. Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug` aralashmalarini ajratish uchun qo’llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin toza­lash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo’llaniladi. Bu usul yordamida xom ashyo va mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin.
Sanoat gazlarini turli zaharli moddalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayoni bilan chambarchas bog`langan bo’ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish desorbsiya deyiladi.
Qattiq jismning yuzasiga ta`sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko’ra adsorbsiya ikki xil bo’ladi: fizik adsorbsiya va xemosorbsiya. Fizik adsorbsiya molekulyar kuchlarning o’zaro ta`sir etishiga asoslangan. Xemosorbsiya esa kimyoviy kuchlarning o’zaro ta`sirlanishi orqali yo’z beradi.
Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish ham kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik o’rtasida yo’z beradigan murakkab diffo’zion jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qattiq jism (ionit) o’zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. Ionitlar ikki xil bo’ladi:
1) kationitlar;
2) anionitlar.
Eritma tarkibidan ajratib olinishi lozim bo’lgan ion ionitda yutiladi va sochngra regenerasiya yo’li bilan ajratiladi.
Adsorbentlarning turlari va ularning xossalari. Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
1) tanlovchanlik aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa ta`sir qilmaslik;
2) maksimal yutish hajmi yoki faollik adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning miqdori;
3) adsorbentni regenerasiya qilish paytida yutilgan moddaning to’la ajralib chiqishi;
4) adsorbent donalarining kerakli mustahkamlikka ega bo’lishligi (donalarning bo’zilib ketishi jarayonning gidrodinamik holatini yomonlashtiradi);
5) yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo’lishlik;
6) narxi arzon bo’lishi.
Adsorbentning tanlovchanligi va uning yutish hajmi adsorbent va adsorbtivning tabiatiga va molekulalarning tuzilishiga bog`liq bo’ladi. Bunda adsorbentning solishtirma yuzasi (massa yoki hajm birligidagi adsorbentning yuzasi) va adsorbent g’ovaklarining o’lchamlari muhit ahamiyatga ega. Bu ikkala kattalik bir-birlari bilan o’zviy bog`langan. G’ovaklarning o’lchamlari qanchalik kichik bo’lsa, adsorbentning solishtirma yuzasi shunchalik katta bo’ladi. Bu holat adsor­bent faolligini kuchaytiradi. Adsorbentning faolligi adsorbsiya jarayonining shart-sharoitlari (harorat, bosim, adsorbtivning muhitdagi konsentratsiyasi) ga ham bog`liq bo’ladi. Haroratning kamayishi, bosimning ko’payishi (gaz va bug`lar uchun) va aralashmadagi kerakli komponent konsentratsiyasining ortishi bilan adsorbentning faolligi kuchayadi. Adsorbentlar zarracha ichidagi kapillyar kanallarning kattaligiga qarab shartli ravishda makro , oraliq va mikrog’ovakli bo’ladi. Ad­sorbsiya jarayonida tegishli komponent asosan mikro g’ovaklarning yuzasida yutiladi. Oraliq va makrog’ovaklar asosan yutilishi lozim bo’lgan komponentni mikrog’ovaklar yuzasiga o’zatish uchun xizmat qiladi.
Sanoatda adsorbent sifatida aktivlangan kochmir, qattiq g’ovaksimon moddalar, silikagel, sellyuloza, seolitlar, tuproq jinslari, ion almashinuvchi sunchiy smolalar (ionitlar) ishlatiladi.

Download 81,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish