3-TOPSHITIQ JAVOBI
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta'kidlangan.
Platonning "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Platon ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon qismlarga bo’linmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o’simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi.
Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o’z aksini topgan.
4-TOPSHITIQA JAVOB
Tabiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari.
1. Tabiiy tanlanish - evolyutsiyaning harakatlantiruvchi va yoʼnaltiruvchi
bosh kuchi. Tabiiy tanlanishning asosiy shakllari.
2. Tabiiy tanlanishning samaradorligi va taʼsir etish tezligi
3. Tabiiy tanlanish formalari
4. Tabiiy tanlanishning ijobiy roli
5. Jinsiy tanlanish
Tabiiy tanlanish - evolyutsiyaning harakatlantiruvchi va yoʼnaltiruvchi bosh
kuchi. Tabiiy tanlanishning asosiy shakllari. 2. Tabiiy tanlanishning samaradorligi va
taʼsir etish tezligi 3. Tabiiy tanlanish formalari 4. Tabiiy tanlanishning ijobiy roli 5.
Jinsiy tanlanish Tabiiy tanlanish haqidagi tushuncha evolyutsion taʼlimot uchun
muhim ahamiyatga ega. Darvin tabiiy tanlanish deganda, foydali individual
oʼzgarishlarga ega organizmlarning yashab qolishini, zararli individual oʼzgarishlarga
ega organizmlarning qirilib ketishini, yaʼni moslashgan formalarning yashab
qolishini, moslashmagan formalarning nobud boʼlishini nazarda tutgan. Biroq bu
taʼrifda tanlash taʼsirining baʼzi bir genetik oqibatlari hisobga olinmaydi. Tabiiy
tanlanish jarayonida organizmlar yashab qolishi yoki nobud boʼlishidan tashqari,
ularning differentsial urchishi ham muhim rolь oʼynaydi. Evolyutsiya jarayonida
organizmlarning yashab qolishigina emas, balki har bir individning populyatsiya
genofondiga qoʼshgan hissasi ham asosiy oʼrin tutadi. Аlbatta, koʼp nasl qoldiradigan
individ populyatsiya genofondiga katta hissa qoʼshadi. Tabiiy oʼlimiga qadar hech
qanday nasl qoldirmagan individlarning evolyutsiya uchun ahamiyati yoʼq. Ular
populyatsiya genofondiga hissa qoʼshmaydi. Faqat maʼlum allelь yoki gen
komplekslarini
tarqatadigan
va
mustahkamlaydigan
organizmlargina
populyatsiyadagi dastlabki evolyutsiya hodisasini vujudga keltira oladi. Demak, har
xil individlarning urchishdagi muvaffaqiyatlari tabiiy tanlanish uchun genetik
evolyutsiyaning obʼektiv mezoni boʼlib xizmat qiladi. Binobarin, tabiiy tanlanish
deganda, har xil genotip yoki gen kompleksiga ega organizmlarning saylanma nasl
qoldirishi tushuniladi. Har xil genotipga ega organizmlarning saylanma nasl
qoldirishi mazkur genotipning barcha individual rivojlanish bosqichlaridagi
hayotchanligi bilan uzviy bogʼliq. Yashash uchun kurashda biror individning boshqa
individlardan gʼolib kelishining bosh mezoni urchishdagi muvaffaqiyat hisoblanadi.
Odatda, ayrim individlar yoki bir butun guruhlar oila, populyatsiyalar guruhi turlar va
nihoyat, biotsenoz tanlanish obʼekti hisoblanadi. Shunga koʼra, tanlanish individual
va gruppaviy xillarga boʼlinadi. Individual tanlanish populyatsiyadagi organizmlar
orasidagi raqobatga asoslanadi. U yashash uchun kurashda gʼolib chiqqan
individlarning tabaqalanib urchishidan iborat. Tabiiy tanlanish organizmlar
oʼrtasidagi juda kichik farqlarga ham qayta ishlov berib, ularni maʼlum yoʼnalish
tomon yigʼa boradi. Natijada yangi nasl ilgarigi ajdodlaridan tobora farq qila boradi.
Tur yoki undan yirik sistematik taksonlarga xos belgi-xossalar individual
oʼzgarishlarning tanlanishi oqibatida shakllana boradi. Demak, individual tanlanish
zaminida gruppaviy tanlanish, yaʼni oʼzaro bevosita yoki bilvosita bogʼliq boʼlgan bir
qancha organizmlar guruhi (populyatsiya, tur, avlod)dan birining xillanib urchishi
yotadi. Gruppaviy tanlanish oqibatida bir gruppa organizmlarning magʼlubiyatga
uchrashi tufayli gruppadagi xilma-xillik kamayishi yo formalar oʼrtasidagi farq
ortishi mumkin. Keyingi holatda tanlanish kuchi kamayadi. Masalan, chigirtkalar va
tuyoqlilar oʼt oʼsimliklarni yeyishi boʼyicha maʼlum sharoitda oʼzaro raqobatda
boʼladi. Mabodo, chigirtkalar tez urchib, soni koʼpayib ketsa, ular oʼt oʼsimliklarni
tamomila yeb, tuyoqlilarning qirilib ketishiga sabab boʼladi. Аfrika savannalarida
yashaydigan kiyiklarning har xil turlari oʼt oʼsimliklarning turli qismini yeydi. Bir tur
kiyiklar oʼtlarning yuqori — yumshoq qism, gullarini, boshqalarni qurigan poya
qismini, uchinchi xillari tikanli barglarini yeydi. Bu—yaqin turlar oʼrtasidagi
gruppaviy tanlanish oqibati boʼlib, bir maydonda hayot miqdorini oshirishga
yoʼnalgan. Odatda, oʼxshash talablarga ega ikki tur bir joyda yashay olmaydi.
Ularning biri, albatta, ikkinchisini siqib chiqaradi yoki gruppaviy tanlanish natijasida
ular ikki xil ekologik sharoitga tarqalib ketadi. Demak, populyatsiya, tur har qanday
gruppaviy tanlanish obʼekti boʼlib hisoblanadi. Shunga koʼra, tanlanishda
populyatsiya va tur ichidagi organizmlardan qandaydir bir afzal belgi-xossalarga ega
organizmlar saqlanib qoladi.Har bir populyatsiyaning genofondi struktura va
funktsiya jihatdan bir butun boʼlib, individlarning hamma genlari oʼrtasida murakkab
bogʼlanishlarni vujudga keltiradi. Genlarning oʼzaro murakkab munosabati zaminida
organizm fenotipida u yoki bu belgi rivojlanadi va populyatsiyada shu belgi
takrorlanadi. Bu jarayonda, albatta, yashash uchun kurash genlar yoki belgilar orasida
emas, balki ana shu gen va belgilarga ega individlar orasida roʼy beradi. Shu sababli
ham individlar tanlanishning boshlangʼich obʼekti hisoblanadi, Tabiiy tanlanish
evolyutsiyaning boshlangʼich omili sifatida organizmlardagi hayot uchun zarur
barcha belgi-xossalarga taʼsir koʼrsatadi. Urchishdagi muvaffaqiyat, birinchi
navbatda, umumiy yashovchanlik bilan belgilanadi. Tanlanish samarasi fenotipda
namoyon boʼladi, Demak, maʼlum belgi va xossaning genetik axboroti fenotipda
roʼyobga chiqishi tabiiy tanlanish taʼsiriga bogʼliq.
5-TOPSHIRIQGA JAVOBLLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |