Topshiriqlar:
1-topshiriq. Quyidagi so‘z va birikmalar yordamida gaplar tuzing, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga harakat qiling.
Qabul qilib olingan narsalar, ilova, bir tomondan, e’tiborga olib, o‘qo‘v yo‘rtini to‘gatgach, ko‘chib kelganligi sababli, so‘zga chiqdilar, a’zolari, qo‘yidagilar aniqlandi, shu haqdakim, tomonlarning huquqiy manzillari, o‘qo‘v yo‘rti talabasining majburiyatlari, va boshqa buyo‘mlar bilan ta’minlash, qo‘yidagilar haqida tuzildi, da’vogar, javobgar
2-topshiriq. Ish yuritishda ilgari qo‘llangan qo‘yidagi so‘zlarning hozirgi tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing:
munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, mo‘nshiy, farmoni oliy, mirzaboshi, devonbegi.
3-topshiriq. So'roqlar o'rniga quyida berilgan so'zlarning mosini topib yozing.
1. Ko'chib ketganligi uchun, kasalligi tufayli, moddiy qiyinchilik tufayli, oilaviy sharoiti tufayli, bola ko'rganligi tufayli. 2. Boshqarma boshlig'i nomiga katta muhandis Ikromovdan (nima uchun?) ta'til berish haqida ariza tushdi. 3. U (nima uchun?) yordam berishlarini so'rayapti. 4. U (nima uchun?) mashg'ulotlarda qatnashmadi. 5. Ota-onasi (nima uchun?) uni Samarqand davlat universitetiga o'tkazishlarini so'radi. 6. U (nima uchun?) akademik ta'til berishni so'radi?
4-topshiriq Rus tiliga tarjima qiling.
1. Meni "Matiz" markali avtomobil oluvchilar ro'yxatiga kiritishingizni so'rayman. 2. Qizim Zumrad Karimovani 5-dahada joylashgan bolalar bog'chalaridan biriga joylashtirishga yo'llanma berishingizni so'rayman. 3. Menga 2021-yil iyul oyida yurak-tomir kasalliklari shifoxonasida davolanish uchun yo'llanma ajratishingizni so'rayman. 4. Men, Lola Karimova, Toshkent shahar Tinchlik ko'chasidagi 6-uyning bir qismiga merosxo'rman. Men ukam Islom Zaripov foydasi uchun ana shu o'zimga tegishli merosdan voz kechaman.
5-topshiriq. Nuqtalar o'rniga "tavsiya" yoki "taqdim" so'zlarini kerakli shaklda ishlating.
Men ma'lumotni talab qilingan joyga ... qilishim kerak. 2. Men o'quv bo'limidan tinglovchilarni mukofotlash uchun ro'yxat ... qilishni so'radim. 3. U ishga kirish uchun hujjatlarini ... qildi. 4. Mening akamni hukumat mukofotiga ... qilishdi. 5. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisiga bir xonali uy ... etishdi. 6. So'roqlar o'rniga quyida berilgan so'zlarning mosini topib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |