Innovatsion texnologiyalar asosida bir soatlik dars ishlanmasi yarating.
1- chorak Yozuv
Dars mavzusi: Yozuv daftari bilan tanishtirish. Bir xil masofada nuqtalar qo‘yish chamalash qobiliyatini oshirish mashqlari.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga partada to‘g‘ri o‘tirish , ruchkani to‘g‘ri ushlash, bir xil masofada nuqtalar qo‘yishni, chamalashni , namunaga qarab yozishni , quyoshcha chizishni o‘rgatish .
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni odobli , intizomli qilib tarbiyalash , maktab , dars qoidalarini o‘rgatish ;
Rivojlantiruvchi maqsad:O‘quvchilarning chamalash qobiliyatlarini, namunaga qarab yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish , ko‘rgan unsurlarini namunaga qarab yoza oldirish .
FK:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
ko‘rgan rasmlari asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, ko‘rgan unsurlarini namunaga qarab yoza oladi . Rasmga qarab gaplar va matn tuza oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |