1-sinf. Fan nomi : Yozuv. Sana 2021-yil



Download 15,18 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi15,18 Kb.
#296802

1-sinf.

Fan nomi : Yozuv .

Sana_______2021-yil
Dars mavzusi : “Yozuv daftari” bilan tanishtirish.Bir xil masofada nuqtalar
qo’ying
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga bir xil masofada nuqtalar qo’yishni , chamalashni , quyoshcha chizishni o’rgatish .
Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni odobli , intizomli qilib tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarning chamalash qobiliyatlarini , yozuv
ko’nikmalarini rivojlantirish .
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiolardan eshitgan, ko’rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig’ish va
tushunish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o’quv fanlarini o’rganish;
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Analitik – sintetik tovush metodi , tushuntirish , suhbat ,
ko’rgazmalilik .
Dars jihozi : Texnik vositalar , doska , quyoshcha tasvirlangan ko’rgazmalar .
Darsning borishi



Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy Qism

3 daqiqa

2

O’tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O’quvchilarni rag’batlantirish. Darsni yakunlash

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I . Tashkiliy qism .
O’quvchilarni darsga tayyorlash .
O’quvchilarga to’g’ri o’tirish , yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish
qoidalarini o’rgatish .
II . O’quvchilar bilan kirish suhbati o’tkazish .
Yozuv vaqtida partada to’g’ri o’tirish (o’quvchining ko’krak qafasi bilan parta
oralig’ida bir kaft sig’adigan joy qolishi ,qaddini qiya tutgan holda,
oyoqlarni polga yoki oyoq qo’ygichga qo’yib o’tirish), chap va o’ng qo’l
tirsaklarni partaning ustiga qo’ygan holda chap qo’l bilan daftarning bir uchini
ushlab o’tirish.
Ш . Yangi mavzu bayoni .
O’quvchilarga bir xil masofada nuqta qo’yishni , chamalashni , quyoshcha
chizishni tushuntirish . O’quvchilarga yozuv tarixi haqida ma’lumot berish .
Doskada partada o’tirish qoidasi va ruchkani ushlash qoidasi tushuntirib ,
ko’rsatiladi .
Sinf partasida o’tirganda boshimizni o’ng va chapga qiyshaytirmasdan
to’g’ri o’tirishimiz , ko’zimiz bilan yozuv daftari orasidagi masofani to’g’ri
saqlashimiz lozim .
O’quvchilar maxsus havoga yozish mashqlaridan so’ng daftarlariga bir xil
masofaga nuqtalar qo’yishadi va quyoshcha chizadilar .
Dam olish daqiqasi .
Yozdik –yozdik , ko’p yozdik , Endi birga turamiz ,
Qo’llarimiz charchadi . Qo’lda chapak chalamiz .
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftarida berilgan quyoshcha rasmi rangli qalamlar yordamida
bo’yaladi .
Darsda nimalarni o’rgandik ?
( . ) - bu unsurni nomini ayting .
Daftarning asosiy va yordamchi chiziqlarini ko’rsatish .
V . Darsni yakunlash .
Darsga yakun yasash . Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
VI . Uyga vazifa : Kelgusi darsga tayyorlanib kelish .
Download 15,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish