Топшириқ : Мавзу юзасидан ислом дини ва психология фанидаги қарашларни қиёсий тахлил этинг.( Ёзма)



Download 30,18 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi30,18 Kb.
#252355
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2- мавзу семинар Rayimov N


2- Мавзу : Экстремал вазиятларнинг даражалари, турлари, уларнинг келтириб чиқариш мумкин бўлган салбий ҳолатлар. Экстремал вазиятда шахснинг онгли ва онгсиз фаолияти.


  1. Топшириқ : Мавзу юзасидан ислом дини ва

психология фанидаги қарашларни қиёсий тахлил этинг.( Ёзма)

Psixologiya sohasi rivojlangani sari unda yangi tarmoq sohalari rivojlanmoqda. Shulardan biri ekstremal vaziyatlar psixologiyasidir. Ekstremal vaziyat – bu bu muayyan hududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon bo‘lishi, odamlar sog‘lig‘i yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir. Ekstremal vaziyatlar psixologiyasi shunday sharoitdagi insonlar psixikasida sodir bo`layotgan salbiy o`zgarishlarni bartaraf qilishdan iborat. Ekstremal vaziyatlar psixologiyasidagi ayrim metodlar dindagi usullar bilan bir xilligini ko`rib, metodlar dinga asoslanib ishlab chiqilgan degan xulosaga kelish mumkin. Quyida ayrim ekstremal vaziyatlarda nima qilish kerakligi haqida diniy tavsiyalar keltirilgan.

Tabiiy ekstremal holatlar tarkibiga kiruvchi epidemiyalar paytida musulmon kishi Alloh taoloning taqdir qilgani yuzaga chiqishiga qattiq ishongan holda, kasallikdan saqlanish chora tadbirlarini ko‘radi. Vabo va shu kabi tez tarqaladigan kasalliklar chiqqan joyga kirilmaydi va qattiq zarurat bo‘lmasa, u yerdan chiqib ketilmaydi. Tibbiy soha vakillari ko‘rsatmalariga to‘la amal qilinadi. Ibodatlar va istig‘for ko‘paytiriladi. Mana shu shartlarga amal qilib, vabo, o‘lat va shu kabi kasalliklardan vafot etgan mo‘min-musulmonlar shahidlik martabasini topadilar. 

Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:

{ أَيْنَمَا تَكُونُوا يُدْرِكْكُمُ المَوْتُ وَلَوْ كُنْتُمْ فِي بُرُوجٍ مُشَيَّدَةٍ } [ النساء : 78 ]

ya'ni: “Qayerda bo‘lsangiz ham o‘lim sizlarni topadi, hatto mustahkam qal'alar ichida bo‘lsangiz ham” (Niso surasi 78-oyat).

{ وَلاَ تُلْقُوا بِأيْدِيكُمْ إلَى التَّهْلُكَةِ } [ البقرة : 195 ] .

ya'ni: “...o‘z qo‘llaringiz (baxilligingiz) bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz!” (Baqara surasi 195-oyat).

Payg‘ambarimiz alayhissalomning vabo haqidagi so‘zlari yuqoridagi oyatlarining tasdig‘idir. U zot alayhissalom shunday deganlar:

إِنَّ هَذَا الْوَبَاءَ رِجْزٌ أَهْلَكَ اللَّهُ بِهِ الْأُمَمَ قَبْلَكُمْ وَقَدْ بَقِيَ مِنْهُ فِي الْأَرْضِ شَيْءٌ يَجِيءُ أَحْيَانًا وَيَذْهَبُ أَحْيَانًا فَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ فَلَا تَخْرُجُوا مِنْهَا وَإِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ فِي أَرْضٍ فَلَا تَأْتُوهَ  (رواه الامام احمد عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ رضي الله عنه)

ya'ni: “Albatta, bu vabo – Alloh u bilan sizdan avvalgi qavmlarni halok qilgan azobdir. Yer yuzida undan bir ozi qolgan. Gohida keladi, gohida ketadi. Agar bir yerda vabo paydo bo‘lsa, u yerdan chiqib ketmanglar. Agar bir yerda vabo borligini eshitsangiz, u yerga bormanglar” (Imom Ahmad rivoyatlari).

Madinaga hijrat qilingandan keyin bir muddat o‘tgach, Abu Bakr va Bilol raziyallohu anhumoni isitma (bezgak, vabo) tutdi. Bu haqda Payg‘ambarimizga xabar berilganda, U Zot alayhissalom vaboning ko‘tarilishi va Juhfa degan joyga ketishini so‘rab duo qildilar. Alloh taolo U Zotning duolarini qabul qildi (Imom Bayhaqiy rivoyatlari).

Vabo va o‘lat (epidemiyalar) sababidan vafot etgan musulmonlar haqida Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday deganlar:

الطَّاعُونُ شَهَادَةٌ لِكُلِّ مُسْلِمٍ (رواه الامام البخاري عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ)

ya'ni: “Vabo – har bir musulmon uchun shahidlikdir” (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Tarixda Yusuf alayhissalom Misr azizi (vaziri)ning ayoli uni zinoga chorlagan paytda eng avvalo Alloh taolodan panoh so‘ragan. Maryam onamizga Jabroil alayhissalom odam qiyofasida ko‘ringanida u zot ham eng avvalo: “Men Rahmondan sendan panoh berishini so‘rayman”, – dedilar. Demak, musulmon kishi biror musibatga yo‘liqsa, avvalo Alloh taolodan bu balolarni daf qilishini, mashaqqatlarni yengillatishini so‘rab duo qilishi lozim bo‘ladi. Bandaning boshiga keladigan kasalligu tashvishlarning barchasi Alloh taoloning taqdiri ilohiysidir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:

ولا يرد القدر إلا الدعاء ...  (رواه الامام ابن ماجة عن ثوبان)

ya'ni: “Qazoi qadarni duogina qaytaradi”, – deganlar (Imom ibn Moja rivoyatlari). Duoni ijobat bo‘lishi uchun avvalo insonning luqmasi halol bo‘lishi, duosining qabul bo‘lishiga qat'iy ishonishi va duo ijobat bo‘ladigan muborak vaqtlarni e'tiborga olishi lozim. Darhaqiqat, har qanday vaziyatda psixologlar pozitiv fikrlashga va vaziyatda yaxshilikka ishonishga chorlashadi.

Qur'oni karim insonning hissiy va ma'naviy kasalliklariga shifo bo‘ladi. Alloh taolo Isro surasinig 82-oyatida shunday marhamat qilgan.

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

ya'ni: “Biz Qur'onni mo‘minlar uchun shifo va rahmat o‘laroq nozil qilurmiz”.

Insonning iymon e'tiqodi qancha kuchli bo‘lsa,  Qur'oni Karimning shifosi ham shuncha ziyoda bo‘ladi. Bu borada Alloh taolo Fussilat surasinig 44-oyatida shunday marhamat qilgan.

{قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ}

ya'ni: “U (Qur'on) iymon keltirganlar uchun hidyat va shifo” deb ayt”.

Qur'oni Karimning barchasi shifo bo‘lib, xususan Oyatal Kursiy, Fotiha, Ixlos, Falaq va Nas suralari bilan davolanishni ulamolarimiz tavsiya qilishgan. Xususan  Ixlos, Falaq va Nas suralarini ertalab va kechqurun uch martadan o‘qib yursa barcha kasallik va balolarni daf qilishga yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, Payg‘ambarimiz alayhissalom:

مَنْ قَرَأَ بِالْآيَتَيْنِ مِنْ آخِرِ سُورَةِ الْبَقَرَةِ فِي لَيْلَةٍ كَفَتَاهُ (رواه الامام البخاري عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ)

ya'ni: “Kim Baqara surasining oxirgi  ikki oyatini tunda o‘qisa, unga yetarli bo‘ladi”, – dedilar  (Imom Buxoriy rivoyatlari). Ya'ni, bu oyatlarning barakasidan Alloh bandasini turli balo-ofatlardan asraydi.

Kishi besh vaqt namoz o‘qib yurishi, xususan bomdod namozini jamoat bilan ado qilishda bardavom bo‘lsa, turli kasalliklardan omonda bo‘ladi. Bu yerda jamoaning o`rni ta’kidlanmoqda. Jamoa bilan muloqot shaxs uchun ahamiyati yuqori bo`lgan ehtiyojlardandir, u insonga shaxsligini eslatib turadi.

 Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayhissalom:

«مَن صَلَّى الصُّبْحَ فَهو في ذِمَّةِ اللهِ...»

ya'ni: “Kim bomdod namozini o‘qisa u(kishi) Allohning himoyasidadir”, – deganlar. (Jundub ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilingan)


Hadisi shariflarda inson biror musibat yoki kasallikka yo‘liqqanda o‘qiydigan maxsus duolar ham kelgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom:

مَا مِنْ عَبْدٍ يَقُولُ فِي صَبَاحِ كُلِّ يَوْمٍ وَمَسَاءِ كُلِّ لَيْلَةٍ: بِسْمِ اللَّهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ، وَهُوَ السَّمِيعُ العَلِيمُ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، لم يَضُرَّهُ شَيْءٌ

ya'ni: “Kimki: “Uning ismi tufayli yer-u osmonda biror narsa zarar bera olmaydigan Allohning nomi bilan panoh so‘rayman. U o‘ta eshituvchi va biluvchi zotdir”, – deb uch marta aytsa, unga biror narsa zarar bermaydi”, – dedilar.  (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).

Banda zikr va istig‘forni ko‘p aytishi uning turli balo qazolardan omonda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Alloh taolo “Anfol” surasida shunday marhamat qilgan:

وَمَا كَانَ اللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

ya'ni: “Modomiki, ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas”.

Bu tufayli shaxsga forig’lanish, tinchlanishga imkon berilmoqda. Demak, yuqoridagi kabi balo-ofatlar tarqalganda bandalar yanada ibodat, zikr-u tasbehga, istig‘forga zo‘r berishlari, katta jamoatlarda, ayniqsa juma namozlarida duo qilib,

Zilzila haqida Taqiy Usmoniy o‘zining “Mavsu’atul fiqhiyya” asarining to‘rtinchi jildida quyidagicha keltiradi: “Zilzila Alloh taoloning oyat va alomatlaridan hamda noodatiy hodisalaridandir. Hanafiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ulamolari zilzila sodir bo‘lganda ikki rakat namoz o‘qish mustahab ekanligini aytadilar”.

Imom Kosoniy va Ibn Qudoma rahimahullohlar Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Basrada bo‘lgan vaqtlarida zilzila sababli namoz o‘qiganlarini naql qiladi. Imom Navaviy rahimahulloh “Sharhu Muhazzab”da Ali roziyallohu anhudan zilzila bo‘lganda namoz o‘qish kerakligi haqidagi rivoyatni keltirganlar.

Imom Kosoniy rahimahulloh aytadilarki: “Bu usul qo‘rqinchli va dahshatli hodisalar paytida namoz o‘qishlik lozimligiga asoslangandir. Quyosh va Oy tutilishida o‘qiladigan namozlarning asosi ham shudir”.

Namozning o‘qilish tartibi quyidagicha:

Bu namoz jamoat bo‘lib emas, balki yakka holda o‘qiladi. Boshqa namozlardan farqli bo‘lmagan holda ikki rakat bo‘lib, namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlarda o‘qilmaydi. Namozdan so‘ng duoga jidd-u jahd qilinadi. Bu ular uchun meditatsiya sifatda bo`lgan va relaksatsiya vazifasni o`tagan.



 Psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlar oqibatida negativ holatlarning oldini olish, yangi sharoitga moslashuv jarayonini anglash, shaxsning adaptiv va kompensator resurslarini aktivlashtirish kabi ishlarni amalga oshiradi. Jabrlanuvchilarga samarali psixologik yordam ko‘rsatish natijasi bu – ekstremal, noodatiy vaziyatlarda insonning ruhiy holatini normallashtirishdir.        




  1. Download 30,18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish