Topshirdi: shermurodov hasan


-modda. Fuqarolar yig‘inining taftish va ma’muriy komissiyalari



Download 45,28 Kb.
bet10/14
Sana17.07.2022
Hajmi45,28 Kb.
#812656
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
duscan

15-modda. Fuqarolar yig‘inining taftish va ma’muriy komissiyalari.Taftish komissiyasi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Ma’muriy komissiya ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi. Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdordir. Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya o‘z faoliyatini fuqarolar yig‘ini tasdiqlaydigan nizomlar asosida amalga oshiradi. Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
16-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari majburiyligi.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, shuningdek shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan yuridik shaxslar (ularning mansabdor shaxslari) tomonidan ijro etilishi shart. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari ularni qabul qilgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bekor qilinishi yoki sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
17-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha respublika kengashi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlari tuziladi.
18-modda. Fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi. Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), yig‘in kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Fuqarolarning yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.Fuqarolar yig‘inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig‘inni fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Har bir yig‘inda yig‘in o‘tkazilgan sana, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan holda bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va qarorini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotibi imzolaydilar. Rais (oqsoqol) yo‘qligida, fuqarolar yig‘inining bayonnomasini raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib imzolaydi. Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishga hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar, dahalardan fuqarolarning namoyandalari vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha tegishli tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir va bunday yig‘ilish ushbu Qonunda fuqarolar yig‘inlarini o‘tkazish tartibiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq o‘tkaziladi. Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarningvakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.

Download 45,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish