Topshirdi: nurmurodov o


a) Cho'kindi materiallarning tashilishi



Download 0,84 Mb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#241018
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI SEDMINTOLOGIYA

2.a) Cho'kindi materiallarning tashilishi

Cho'kindi mahsulotlar turli omillar yordamida tashiladi. Bunday omillarga suv va havo oqimlari hamda muz harakati kiradi. Suv oqimlari. Nurash mahsulotlarining asosiy qismi suv oqimlari yordamida ko'chiraladi. Bunday oqimlar quruqhk oqimlaridan (daryolar, soylar) va havza oqimlaridan (sohilbo'yi, kontur, tranzit va turbid oqimlari) iborat bo'ladi. Quruqlikda suv oqimlari relef qiyaligi tufayli vujudga keladi. Bunday suv oqimlarining tezligi tekisliklarda 1,5-1,6 m/sek, tog'larda 5-8 m/sek gacha boradi. Oqim tezligining o'zgarishi oqim kengligiga, chuqurligiga va relef qiyaligiga bog'liq. O'zanning torayishi oqim tezligini oshiradi. Suyuqlikning turli kinematik va dinamik xususiyatlariga mos keluvchi ikki xil - laminar va turbulent oqimlar mavjud. Laminar oqimlarda oqim chiziqlari (suyuqlik zarralarining harakat yo'nalishi) bir-biriga deyarli parallel va bir xil tezlikda bo'ladi. Bunda oqim parallel qatlamlar to'plami sifatida harakatlanadi. Laminar oqimlar nisbatan sekin, asosiy oqimga mos kelmaydigan komponentlari amalda hisobga olinmaydigan darajada kichik bo'ladi. Turbulent oqimlarda oqim chiziqlari buralib o'zgaruvchi uyurmalar tizimini tashkil etadi. Bunda o'zgaruvchi uyurmalarning yo'nalishi va tezligi o'rtacha arifmetik oqimnikidan farq qiladi. Boshqacha aytganda, uyurmalarda suv massasi chapdan o'ngga, pastdan yuqoriga va, aksincha, harakatlanib, "o'ynab" oqadi. Turbulent oqimlarda uyurmalarning tezligi o'rtacha oqim tezligidan uncha (bapq qmiMaraiwa mam butun oqimga kuchli ta'sir etadi. Chunki turbulentlik orqali terrigen zarralar doimo muallaq holda (gil zarralari) yoki vaqtincha muallaq holda (qum donabri) ko'chiriladi. Daryolarda turbulentlikni asosan og'irlik kuchining o'zan bo'ylab yo'nalgan tashkil etuvchisi - urinma vujudga keltiradi va u o'zan tubining notekisligi orqali kuchayadi. Turbulentlik dengiz qirg'og'i bo'ylab va ochiq dengizda to'lqinlar, suv yuzasiga ta'sir etuvchi shamol bosimi va oqimlar orasidagi siljish kuchlanishi ta'sirida vujudga keladi. Turbulentlik oqimda ko'chirilayotgan zarralarning suspenziya holatida bo'lishiga yordam beradi. Turbulent oqimlarning siljituvchi kuchi shu tezlikdagi boshqa oqimlarnikiga qaraganda 3-4 marta katta bo'ladi. Bu xususiyat cho'kib ulgurgan zarralarni qaytadan ko'tarib, oqim suspenziyasiga qo'shishda katta ahamiyatga ega. Chunki cho'kib ulgurgan zarralarni o'z joyidan ko'tarib, ko'chirish uchun oqimning katta suruvchi kuchlanishi kerak bo'ladi. Ayniqsa bu, mayda plastinka shaklidagi zarralarga va yuzasi suv o'tlari bilan qopianib ulgurgan yotqiziqlarga taalluqlidir. Cho'kib ulgurgan zarraiami qaytadan oqimga jalb qilishda oqimdagi mavjud zarralarning tirnash kuchi ham katta ahamiyatga ega. Laminar oqimlarning ham, turbulent oqimlarning ham cho'kindining sirtiga ta'siri suyuqlikning zichligi, dinamik qovushqoqligi, tezligi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha gidrodinamik parametrlar va suv-cho'kindi chegarasining geometriyasiga bog'liq. Suv va havo kabi har bir oquvchi muhit qovushqoqlik deb ataluvchi ishqalanish kuchi tufayli vujudga keluvchi ichki qarshilikka ega bo'ladi. Turbulent va laminar oqimlar orasidagi farq Reynolds soni (R) orqali belgilanadi. U oqim inersiyasi kuchining ichki qarshilik kuchiga (qovushqoqligiga) nisbati bilan o'lchanadi. Boshqacha aytganda, Reynolds soni harakatlantiruvchi kuchning tormozlovchi kuchga nisbatidir. Reynolds soni 2000 dan ortiq bo'lsa, oqim turbulent, 500 dan kam bo'lsa, laminardir. Oqim tubida, suv-cho'kindi muhitini ajratuvchi chegarada o'zan tubiga ta'sir qiluvchi siljituvchi kuchlanish va suyuqlikni tormozlovchi qarshilik kuchi sodir bo'ladi. Ishqalanish kuchi natijasida oquvchi muhit harakatining sezilarli darajada sekinlanuvchi zonasi chegara qatlami deyiladi. Chegara qatlamining qalinligi relef yuzasining noteksiligi, oqimning tezligi va qovushqoqligiga qarab millimetrning ulushlaridan bir necha millimetrgacha borishi mumkin. Litologiyada chegara qatlami uch tomonlama ahamiyatga ega. Birinchidan, chegara qatlamida cho'kib ulgurgan donalar bilan shu vaqtda muallaq vaziyatda bo'lgan donalar orasida almashinish sodir bo'ladi. Demak, bu qatlam qattiq zarralarning ko'chirilishida va cho'kishida ahamiyatli. Ikkinchidan, chegara qatlamining xususiyati harakatlanayotgan suyuqlik bilan o'zan tubi orasidagi vujudga keladigan siljitish kuchlanishini belgilaydi. Nihoyat, uchinchidan, chegara qatlamining qalinligi qum ryablari yoki g'oiaklarning orqasida, asosiy oqimning o'zan tubidan ko'tarilgan joylarida ortadi. Bu turdagi to'siqlarda oqimning uzilishi sodir bo'ladi. U turli to'siqlar orasida ekranlanuvchi maydonning o'lchamini belgilaydi. O'zan tubi sirtidagi notekisliklar chegara qatlamining tezligini pasaytiradi.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish