Reja
I.Kirish.
II.Asosiy qism
II.1.Yuzalar qonuni. Markaziy kuchlar ta`sirida harakatlanuvchi moddiy nuqtaning tezligi va harakat differensial tenglamalari.
II.2.Moddiy nuqtaning Nyuton tortishish maydonidagi harakati. Trayektoriyani aniqlash.
II.3.Orbita bo`ylab harakat qonunini topish. Kepler tenglamalari.
II.4.Yer tortish maydonidagi harakatlar. Sun’iy yo`ldoshlarning trayektoriyalari .
II.5. Integral invariantlari.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
I.Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Matematikaning juda muhim va ayni paytda ko’pincha qiyinchilik tug’diradigan sohasi: matematik tadqiqotlarni so’nggi sonli natijalargacha yetkazish, ya’ni hisoblash metodlari yaratishga kam e’tibor berilar edi, bu soha esa matematikaning tadbiqlari uchun juda zarurdir. Matematikaning hozirgi zamon fan va texnikasining xilma-xil sohalaridagi tadbiqlarida, odatda, shunday tipik matematik masalalarga duch kelinadiki, ularni klassik metodlar bilan yechish mumkin emas yoki yechish mumkin bo’lgan taqdirda ham yechim shunday murakkab ko’rinishda bo’ladiki, undan samarali foydalanishning iloji bo’lmaydi. Bundan tipik matematik masalalarga, matematik analiz (sonli integrallash va differensiallash, funksiyani yaqinlashtirish masalalari) hamda oddiy va xususiy hosilaviy differensial tenglamalarni yechish masalalari va boshqalar kiradi. Fan va texnikaning jadal ravishda rivojlanishi, atom yadrosidan foydalanish, uchuvchi apparatlar ni loyihalash, kosmik uchish dinamikasi, boshqariladigan termoyadro sintezi muammosi munosabati bilan plazma fizikasini o’rganish va shunga o’xshash ko’p masalalarni tekshirish va yechishni taqozo qilmoqdaHozirgi zamon hisoblash matematikasi jadal rivojlanib bormoqda. Hisoblash matematikasi qamragan masalalar turi juda ko’p. Tabiiyki, bu masalalarni yechish metodlari ham xilma-xildir, shunga qaramay bu metodlarning umumiy g’oyasi haqida so’z yuritish mumkin.
Yerning suniy yóldoshi harakatini tadqiq etish bo’yicha oxirgi yillarda mamlakatimizda bir qancha ishlar olib borilmoqda, xususan mamlakatimiz rahbari mamlakatimizning o’z sun’iy yo’ldoshlariga ega bo’lishi zarurligini ta’kidlab o’tgan. Buni amalga oshirish uchun esa Yerning sun’iy yo’ldoshi harakatining differensial tenglamalarini o’rganish nihoyatda muhimdir.Bu masala bo’yicha oliy ta’lim muassasalarida nazariy mexanika kursida markaziy kuch ta’siri ostidagi moddiy nuqtaning harakatini tadqiq etishning dastlabki tushunchalari beriladi, moddiy nuqtaning harakat miqdori momenti o’zgarishi haqidagi teoremani qo’llagan holda harakatning asosiy qonunlari, tenglamalarini keltirib chiqarish o’rganiladi. Sun’iy yo’ldoshlarning trayektoriyalarini aniqlash masalalari yechiladi.. Lekin bu ma’lumotlar markaziy kuch ta’siri ostidagi moddiy nuqta harakatini tadqiq etish uchun yetarli bo’lmaydi.
Osmon mexanikasini o’rganish taraqqiy etgan mamlakatlar uchun ko’p tomondan foydali va qiziqarli, ko’p jihatdan kelajakka tomon qo’yiladigan katta qadamlardan hisoblanadi. Barcha rivojlangan mamlakatlar sun’iy yo’ldoshlarga ega bo’lishi bu mamlakatning telekommunikasiya sohasida ilg’or davlatlar qatoriga qo’shilish uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Shu sababli chin ma’nodagi kuchli davlat o’z sun’iy yo’ldoshlariga ega bo’lishi zarur.
Shu sababli markaziy kuch ta’siri ostida harakatlanayotgan moddiy
nuqtaning trayektoriyalarini aniqlash masalasi zamonaviy mexanikaning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |