«Nima uchun?» chizmasini tuzish qoidalari
1. Aylana yoki to`g`ri to`rtburchak shakllardan foydalanishni o`zingiz tanlaysiz.
2. Chizmaning ko`rinishini - mulohazalar zanjirini to`g`ri chiziqlimi, to`g`ri
chiziqli emasligini o`zingiz tanlaysiz.
3. Yo`nalish ko`rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan
izlanishgacha bo`lgan yo`nalishingizni belgilaydi.
“Nima uchun” sxemasimuammоning dastlabki
sabablarini aniqlash bo`yicha fikrlar zanjiri.
Tizimli, ijоdiy, tahliliy fikrlashni rivоjlantiradi va faоllashtiradi.
“Nima uchun” sxemasini tuzish qоidasi bilan tanishadilar. Alоhida/kichik gurhlarda muammоni ifоdalaydilar. “Nima uchun” so`rоg`ini beradilar va chizadilar, shu savоlga javоb yozadilar. Bu jarayonмуаммонинг дастлабки сабаби аниқланмагунича давом этади.
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqоslaydilar, o`zlarining chizmlarini
to`ldiradilar. Umumiy chizmaga келтирадилар.
Ish natijalarining taqdimоti
Nima uchun? Nima uchun?
Nima uchun? Nima uchun?
B.B.B texnikasi, baliq skeleti, Venn diagrammasi, T shakli, nilufar guli, innsert,
klassster, konseptual jadval, nima uchun sxemasi: muloqot, munozara, o’zaro
ta’lim, hamkorlikda ta’lim, kichik guruhlarda ishlash va boshqalar. Yuqorida
ta’kidlanganidek, bu usullarning barchasidan foydalanishda o’qituvchi mavzuningmazmunini o’quvchilarni o’ylashga, izlanishga, aqliy qobiliyat va imkoniyatlariniishga solishga moslashtirilgan muammoli savol tugiladi.
Pedagogika fanida ilmiy asoslangan, talabalar bilim egallashining bosqichlari
nazarda tutilgan holda osondan qiyinga, oddiydan murakkabga, aniqdan noaniqqa qarab murakkablashib boruvchi topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bu topshiriqlar ayrim talabalarga, kichik guruhlarga, ma’lum toifa talabalarga yoki to’la guruh a’zolariga berilishi mumkin. O’qituvchi topshiriqni bajarish tartibi va shartlari bilan tanishtiradi. Muammoni hal etishga ajratilgan vaqt belgilanadi. SHundan keyin mos holda innovatsion metodlardan biri tanlanadi.
Innovatsion metodlarni o’qllashning psixologik jihatlari Ta’lim tizimiga kirib kelayotgan Yangilanishlar uning mazmunini, tuzilishini, usullarini qayta ko’rib chiqish, mukammallashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Jumladan oliy ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas. Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida keng qo’llanilayotgan modul tizimi, reyting asosida baholash,
Yangi pedagogik texnologiyalar, test sinovlari shular jumlasidandir.
Hozirgi davr talabasi dunyoqarashi keng, erkin fikirlovchi voqelikka adekvatto’g’ri baho bera oluvchi, o’tkir zehinli, mustahkam irodali, qisqa qilib aytgandayuksak intelluktual kuchga ega bo’lmog’i lozim. Buning uchun esa ta’lim tizimiga Yangi innovastiyalarni ta’sis etish zarur va shartdir. Talaba (sust) tinglovchiob’vekt bo’lmay, ta’lim jarayonining (faol) ishtirokchisi- sub’ektiga aylanishi zarur bo’ladi.
Ho’sh, ushbu jarayonda integrastiyalarning roli qanday? Avvalambor
integrastiya tushunchasining mohiyatini ko’rib chiqaylik. Psixologik-pedagogik
nuqtai nazardan qaraganda integrastiya ijtimoiy-psixologik aspekt bo’lib, biror bir
Yangilikni ijtimoiy sohaga tezkorlik bilan tatbiq etish va ta’lim jarayonini
jadallashtirish demakdir.
Innovastiyalar esa faoliyat jarayonida turli ijtimoiy-psixologik to’siqlarni
engish uchun shart-sharoit yaratib boradi. Ushbu jarayonda maqsadi, vazifasi va qiziqishlari turlicha bo’lgan ijtimoiy guruhlar ishtirok etadi. Motivastiyalar
xarakterining tipi ham innovatsion faoliyat mazmuniga va sifatiga ta’sir o’tkazadi.
Bundan tashqari innovastiyalarni tatbiq etish jarayonida ustanovkalar, shaxsning yo’nalishi va ma’naviy axloqiy sifatlari ham ma’lum darajada ahamiyat kasb etadi.
Talabalarni Yangiliklar qabul qilish va unda ishtirok etishga tayyorgarligini
shakllantirish, Yangilikni qabul qilish qobiliyatini o’stirish maqsadida, bilish
jarayonini aktivlashtiruvchi ijtimoiy-psixologik usullardan foydalanish lozim.
Bunday usullarga psixologik treninglar, rolli o’yinlar va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunda ta’lim tizimiga kiritilayotgan Yangi pedagogik texnologiya
jarayoni ham innovastiyalar va integrastiyalarning yorqin misolidir.
Qo’yilayotgan identiv maqsadlar, nazorat topshiriqlarni aniq fe’llarda
ifodalanishi talaba aqliy faoliyatining rejasini yaqqol ko’rsatadi, o’z-o’zini
boshqarishning yo’nalishini belgilaydi. Bu innovatsion faollikning aniq
ko’rinishiga misol bo’la oladi. Aqliy faoliyatni jonlashtirishda ushbu yo’nalish maqsadlarni belgilashga yordam beradi. Maqsadning aniqligi esa, faoliyatningsermahsulligidir. Qachonki faoliyat o’zining ijobiy natijalarini berar ekan bu aynimuddaodir.Ammo ushbu jarayonni tashkil etishda talabalar o’quv faoliyatiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar turkumi mavjuddir:
bilim maskanlarida zamonaviy texnik vositalar va asboblarning mavjudligi;
turli xil to’garak, sekstiya, bilim uylari faoliyat ko’rsatishi va ularda
qatnashish imkoniyatining borligi;
oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar hamda
shaxslarning ruhiy rag’batlanishi yo’lga qo’yilganligi;
shaxslar bilan o’zaro muloqotlar o’rnatilishining uzluksizligi va oilada
shaxslararo iliq psixologik muhitning hukm surishi;
turli televizion viktorinalar, bahslar, tortishuvlar, zukkolik, ijodkorlik,
tezkorlik bo’yicha musobaqalar uyushtirilishi va ularda qatnashish (ishtirok
etish) imkoniyati yaratilganligi;
ortiqcha informastiya, xabarlar ko’lamini kamaytirish (masalan, vidiolar,
avtomat o’yinlar);
yoshlarni ro’zg’or ishlari bilan band qilib qo’yish, oila muhitida mehnatning
shaxslararo oqilona taqsimlanmasligi va shaxsni qat’iy yumush bilan
shug’ullanishga majbur etilganligi;
hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzini kamayib ketayotganligi
talabalarning o’quv motivlariga kuchli ta’sir qilayotganligi;
o’g’il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularining beqarorligi
va ularning shakllanishining orqada qolishi;
yoshlar o’rtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatga,
isrofgarchilikka, fidoyillika nisbatan loqaydlikning mavjudligi va boshqalar.
Shunday ekan, yuqoridagi ijobiy omillarni kuchaytirish, salbiy omillar
ta’sirini kamaytirish va yo’qotish chora tadbirlarini belgilab borish va integrastion jarayonda innovatsion omillarga alohida e’tibor berish, psixologik asoslarini o’rganish hamda tahlil qilib borish ijobiy natija beradi.
Mustaqil fikr-mulohaza insonda mavjud bilimlarni, fikr va voqelikka
bo’lgan munosabatlarning erkin yuzaga chiqarilishidir. Albatda, ushbu jarayon o’z o’zidan ro’yobga chiqmaydi, ayniqsa ta’lim-tarbiyada.
Ma’lumki ta’lim-o’qituvchi va o’quvchi orasida o’rnatiladigan pedagogik
munosabatlar majmuidir. Ana shu munosabatlarda o’zaro ishonch, talab va tartib muhimdir, ya’ni bilimlar ortib boradi, intelekt mukamallashadi.
Ta’lim tizimiga joriy etilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
ko’zlanayotgan asosiy maqsad ham xuddi ana shundadir. Yangicha yondashuv jarayonida bilim talabalarning o’z ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo’ladi va xulqatvor shaklini ham o’zgarishiga ta’sir qiladi. Mustaqil fikrlarni bildirar ekan, talaba ta’lim jarayonining faqat sub’ekti sifatida ham namoyon bo’ladi, ya’ni teng huquqli ta’lim diologini vujudga keltiradi.
Ayniqsa ta’limni muammoli tashkil etish talaba o’quv faoliyatiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi. Ushbu jarayonni yanada muvoffaqyatliroq chiqishi uchun
psixologik asosga e’tiborni qaratish kerak.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayoni tashkil
etilganda bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlari
mavjud bo’lib, tayyor bilimlarni o’quvchi ongiga etkazish, esga olish, esda saqlash,
qayta esga tushurish, so’zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlar bilish, tushunish
darajalarini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim oluvchidan ijodiy yondashuv talab etilmaydi. O’zlashtirishning keyingi darajalarida o’quvchilar olgan bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma’lum natijalarni qo’lga kiritishi, to’ldirishi, boyitishi, o’zgartirishi, o’zining mustaqil nuqtai nazariga ega bo’lishi talab etiladi. Buo’zlashtirish darajalari uchun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi.
Dars jarayonida innovatsion metodlarni qo’llash texnologiyasi
Hozirgi o’quvchilarni aqliy kamolotining rivojlanib borayotganligi, ularning
ilm o’rganishga chanqoqligi, Yangiliklarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta’lim mazmuniga talabchanligi, o’qituvchining o’z ustida ishlashini, malakasini oshirib borishini va ongini yanada rivojlantirishini, ta’lim tizimidagi barcha
Yangiliklardan boxabar bo’lib borishini talab qiladi. So’nggi yillarda ta’lim
tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan Yangi pedagogik texnologiyalar,
innovastiyalar, Yangi-Yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol
metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim jarayonini tubdan o’zgartirib yubordi desak xato bo’lmaydi. Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida o’z o’quvchi-talabalarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, Yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo’ladi. Buning uchun esa u Yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining barcha komponentlari; ta’lim qonun-qoidalari, mazmuni, metodlari, vositalar va shakllarining o’quvchi va o’qituvchi aqliy salohiyatini kuchaytirishga yunaltirilgan aniq maqsadlar qo’yilishi hamda ularning to’la bajarilishiga kafolatli olib boradigan, o’ta mukammal ishlab chiqilgan texnologik tizimdir.
Interfaol metodlar (interaktiv metodlar) - o’zaro fikr almashishga, o’zaro
fikrlarni to’ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta’sir o’tkazishga qaratilgan
harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o’zaro ta’sir asosida qurilgan
intellektual harakatlar shunchaki ta’sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik sub’ektlarini ijodiy izlanishga yo’naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko’mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi mumkin.
Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o’zlashtirish
darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo’llaniladi:
- o’qitishning ko’rgazmali metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli evristik modellashtirish metodi;
- ilmiy tadqiqot metodlari;
- o’qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
- o’qitishning induktiv va deduktiv metodi;
- o’qitishning nazorat va o’zini o’zi nazorat qilish metodi.
Metodlarni qo’llanilish shakliga ko’ra guruhlanishi quyidagi ko’rinishga ega:
Birinchi guruh metodlari: o’quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish
metodlari (og’zaki metodlar: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar).
Ikkinchi guruh metodlari: o’quv axborotlarini ko’rgazmali uzatish va ko’rish
orqali qabul qilish metodlari (ko’rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va
boshqalar).
Uchinchi guruh metodlari: o’quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari
orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish,
pedagogik masalalarni echish, mehnat harakatlari va boshqalar).
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli metodlardan
foydalaniladi. Bunda talabalarga kitoblar, daftar va boshqa vositalardan
foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo’llash rag’batlantiriladi.
Innovatsion metodlar quyidagicha tasnif etilmoqda;
Yangi bilim egallashga yo’naltirilgan metodlar;
olgan bilimlarni amalda tatbik etishga qaratilgan metodlar;
mustahamlash, to’ldirish va nazorat o’rnatuvchi metodlar;
bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish va baholash metodlari;
ijodiy izlanish va tadqiqotchilik metodlari.
Ilmiy bilimlar tuzilmasi tahlili asosida tushunchaning bilim tizimi boshqa
elementlari o’rtasidagi o’rnini belgilab berdi. Uning fikricha, bilim tizimi
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) ilmiy atamalar; b) tushunchalar; v) qonunlar; g) nazariyalar.
Shuningdek, tushuncha quyidagi tuzilmalarga ajraladi:
— hajmi bittaga teng birlik;
— kategoriya, ya’ni keng darajadagi umumiylik tushunchasi;
— aynan tushuncha, bu reallikni aks ettirishning shunday shakliki,
buyumning mohiyati, ichki tub xususiyatlarini, uning ichki ziddiyatli tabiatini
ochib beradi
Intellektual-professional yondashuv ierarxik murakkablik va kasbdagi
qiyinchiliklarni hisobga olgan holda ularning intellektual darajasi asosida
tushunchani ajratib ko’rsatishni nazarda tutadi. Tushuncha darajasi hisobga
olinadigan modullar ierarxiyasi shakllanadi.
Ta’limning fanlararo modullarini konstrukstiyalashda axborotni
tizilmalashtirish jarayonida didaktik tamoyillardan tashqari ilmiylik, tizimlilik va uzviylik mavjud, intellektual — kasbiy yondashuv qo’llaniladi.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, tushunchani shakllantirish uchun quyidagi
vazifalar asosiy kalit bo’lib xizmat qiladi va ularni ta’lim jarayonida hisobga olish lozim:
1. Tushuncha nomini kiritishi.
2. Kontrast, ijobiy va salbiy misollardan foydalanish.
3. Muhim va uncha muhim bo’lmagan belgilarga ajratish.
4. Muhim belgilarga asoslangan tushunchalarni asoslash.
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, texnologiyadagi markaziy
o’rinlardan biri — bu, ushbu tushuncha belgilarini topishgina emas, balki uning boshqa tushunchalar bilan o’zaro aloqasi hamdir.
Haqiqatan, ta’lim oluvchilar shuni anglashlari kerakki, tushunchaning o’zaro
aloqalar majmuasiga kiritilishi bir sohaga oid tushuncha to’g’risidagi bilimni
boshqa sohadagi bilimlarga o’tkazishga yordam beradi. Bu qoida ayniqsa, oliy maktabda ishlash uchun juda muhim. Bir sohadagi bilimni ikkinchisiga o’tkazish ta’limning ijodiy tavsifiga oid etakchi ko’rsatkichlardan biridir.
Bundan tashqari, tushunchalarning o’zaro aloqasiga urg’u berilishi
talabalarning mazkur tushunchaga nima mos keladi-yu, nima muvofiq emasligi to’g’risida taxmin qilishga, mustaqil fikr uyg’otishga undaydi. Bu jarayonda esa ular o’zlari uchun tushuncha mohiyatini kashf etadi.
Tushunchani shakllantirishini quyidagi bosqichlardan amalga oshirishini
tavsiya etadi:
Modullar esa ilmiy bilim tuzilmasiga muvofiq semantik tushunchalarni ajratishni nazarda tutadigan o’quv materialining tashkiliy-metodik, fanlararo tuzilmasi sifatida ko’rib chiqiladi.
N.Mamadov innovatsion tushunchani shakllantirishning birmuncha boshqa
texnologiyasini tavsiya etadi. Uning fikricha, tushunchani to’ldirishdan emas,
tushunchani hissiy-aniq qabul qilishdan boshlash kerak. So’ngra quyidagilarni
amalga oshirish lozimKo’pgina tadqiqotchilar tushunchani shakllantirishning ayrim bosqichlarini o’rganib chiqadi va ushbu jarayonda yordam beradigan shart-sharoit hamdasamarali metodlar tavsifiga asosiy e’tiborni qaratadi [270, 26].
matematik tushunchalar tizimini o’zlashtirishda yuqori natijalarga erishishi
quyidagi omillarga bog’liq.
Xulosa
Boshlang’ich sinf matematika darslarida innovasion texnologiyalardan
foydalanish darslarni yangicha tashkil etish, kundalik darslarga yangicha ijodiy yondashishni, o`quvchilarning shu faoliyatda faol ishtiroklarini tashkil etishni taqozo etmoqda
Qisqacha qilib aytganda, maktabda ijodmy muhitni yaratish
orqaligina ta’limning sifat va samaradorligini oshirish mumkin.
Kuzatuvlarimizdan ma’lumki, ko`pgina o`qtuvchilar darslarni umuman yangicha
tashkil etish yoki innovastiya asosida olib borishni istaydilar, ammo, ishni qanday va nimadan boshlamoq, kerakligini aniqlaganda qiynaladilar.
Innovatsion faoliyat tushunchasiga:
1 . Boshlang’ich sinf matematika darslarida innovasion texnologiyalardan
foydalanishda Innovastiyalash - yangilash, yangilik kiritish. Jumladan, ta’lim
mazmuniga yangilik kiritish integrastiya tushunchasi bilan belgilanadi. Bunda
«integr» (lotincha integre – bog`lash) ta’lim mazmunida ba’zi fanlarni bir biriga
bog`lash. Yunoncha esa, integrastiya - moslashish, aloqa yaratish.
2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida innovasion texnologiyalardan
foydalanishda Ta’lim usul, vosita, uslubiy jarayonga yangilik kiritish texnologiya tushunchasi bilan belgilanadi. Demak, o`qituvchidarning innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni ta’minlash haqida gapirganda biz ularni ingegratsiyalashgan va texnologiyalashgan darslarni o`tkazishga tayorlash tizimi sanaladi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida innovasion texnologiyalardan
foydalanish da o`qtuvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimi bizning
fikrimiz bo`yicha uchta bo`limdan iborat bo`lishi kerak. Mazkur tizimning
yo`nalishlarini ko`rib chiqaylik:
1-yo`nalishi: talablarni – bo`lajak pedagoglarni o`qitish jarayoniga innovatsion
fanlarni kiritishni talab qiladi: “Boshlangich ta’limni integratsiyalash”. (1-kursda), “Pedagogik texnologiyalar” (3-kursda), “Boshlang`ich ta’limda
zamonaviy pedtexnologiyalar” (4-kursda). Mazkur fanlari bo`yicha darslarida
talabalar innovatsion faoliyati mazmun – moxiyati, o`tkazish prinsiplari vausullari haqida bilimlarni olishadi, o`z amaliyotida ushbu faoliyatini tashkilashga xarakat qiladilar va shu bilan mustaqil faoliyatga o`zlarini tayorlaydilar.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida innovasion texnologiyalardan
foydalanish tizimi
1. Talabalarni innovatsion faoliyat to`g`risida bilimlar bilan taomillash.
2. O`qituvchilarning innovatsion faoiyatini tashkillashga o`rgatish
3. O`qtuvchilarni innovatsionfaoliyatini tashkillash bo`yicha malakasini oshirish.
2-yo`nalishi: o`rta va oliy maxsus muassasalarni bitirib, yosh o`qtuvchilar
mustaqil ishlayotgan paytida innovatsion faoliyatni tashkilaydilar. Ular
yordamiga maktablarda quydagi ishlarni o`tkazishga tavsiya etiladi:
- metod birlashmalar mashg`ulotlarda innovatsion faoliyat mohiyati, mazmuni,
turlari xaqida tushuktirish;
- «ustoz-shogird» maktablarini tashkil etib, ular asosida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish;
- seminar-treninglar asosida integratsiyalashgan darslarni o`tkazish, an’anaviy
va interfaol usullar texnologiyalardan foydalanish bo`yicha tajribalar
almashuvini tashkillash;
- innovatsion faoliyat, ya’ni integratsiyalash, texnologiyalash bo`yicha o`qishlarni tashkillash va boshka.
3-yo`nalishi: Malaka oshirish institutlarda o`qituvchilar uchun an’anaviy
o`qishtizimiga maxsus mavzularni kiritish; ya’ni innovatsion faoliyatining
mohiyati, yo`nalishlari, jumladan ta’limni integratsiyalash va
texnologiyalashtirish masalalarni o`rganishni, tajribalar almashuvini tashkillash.
O`rta va oliy maxsus muassasalarda talabalarni innovatsion faoliyatga yaxshirok o`rgatish uchun quyidagi choratadbirlarni o`tkazish tavsiya etiladi:
- listey, kollej va oliygox, talabalarning amaliyotini ilg`or muassasalarida
(maktablarda, litsey-kollejlarda) tashkillash, unda talabalarni izlanish ishlariga
jalb qilish;
- ilgor litsey-kolejdaga o`qtuvchilarni innovatsion fanlaridan darslarni o`tishga
kurs va bitiruv malakaviy ishlarni rahbarligiga jalb qilish;
- tayanch o`rta maxsus muassasasi pedagoglarni universitet kafedraning
o`qtuvchilari bilan birga o`quv-uslubiy va ilmiy ishlariga jalb kilish, ular
hamkorligida innovastiya, integrastiya va pedtexnologiya masalalari bo`yicha
ilmiy makolalarni chop etish;
- tajriba-sinov ishlarini o`tish va boshkarish bo`yicha monitoring olibborish.
Yuqorida ko`rsatilgan barcha masalalarni ommaviy axborot vositalarda keng
yoritish maksadga muvofiq buladi. Chunki unda bu masalalarni ommalashtirish
va muhokama etishga imkoniyat yaratiladi. Xulosa qilib aytganda, 4 ta
ta’riflangan ish yo`nalishlari: 1-bo`lajak pedagoglarni nazariy jihatdan zaruriy
bilimlar bilan ta’minlash, 2-o`quv muassasalarda ishlatgan o`qtuvchilarni ilmiyuslubiy jihadan o`qtarish;
3 - oliy va o`rta maxsus ta’lim muassasalari o`qituvchilarning boshlang`ich
maktab bilan hamkorlik ishlarini tashkillash hamda malaka oshirish institutida
pedagoglarning bilimlarni va kasbiy mahoratini oshirish – boshlang`ich sinf
o`qtuvchilarini innavatsion faoliyatga tayolash ta’minlash bo`yicha butun,
yagona tizimini tashkil qiladi, deb o`ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |