2.2 § Darslarni innovatsion tayyorlashning usul va metodlari
Innovatsion ta’lim bilimning mustahkam bo’lishiga nisbatan talablarni rad
etmaydi. Ayni paytda bilim mustahkamligining an’anaviy didaktik tamoyili
o’quv materialini innovatsion uzatishda, innovatsion texnologiyalarda
o’zgartirilishi lozim.
Mustahkam bilim, fikrlash malakasini innovatikadan foydalanmasdan
rivojlantirib bo’lmaydi.
Zamonaviy ta’lim davomida pedagogika faniga ham ko’plab Yangi
tushunchalar kirib kela boshladi. Jumladan: menejment, modul, monitoring,
texnologiya, interfaol, innovastiya, integrastiya, intensiv, kreativ, kognitiv, global
va boshqa shu kabi tushunchalar pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
“Innovastiya” tushunchasi inglizchadan Yangilik, Yangilik kiritish,
Yangilikni o’rganish kabi ma’nolarni aks ettiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga bir necha xil yondashuvlar mavjud bo’lib,
shulardan: an’anaviy, tizimli, texnologik, tadqiqiy, funkstional, kompleks va
faoliyatli yondashuvlar farq qilinadi. Jumladan texnologik yondashuv mohiyatan ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar tatbiqini anglatadi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan tushunchalar mazmunida Yangicha yondashuv,
ya’ni texnologik yondashuv mavjud bo’lgani bois, rivojlanish bosqichi
mohiyatiga ko’ra “innovatsion pedagogik texnologiyalar” deb aytish maqsadga muvofiq keladi.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar
tatbiqi deganda o’quv jarayonini qurish (loyihalash) texnologiyasi tushunilib,
metodlar modernizastiyasi asosida vujudga kelgan interfaol metodlarga
asoslanib, ta’lim-tarbiya maqsadini amalga oshirish, erishilgan samaradorlikka
ko’ra kafolatli natija olish tushuniladi.
Bu jarayon “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlariga muvofiq, o’qituvchio’quvchi”, “o’qituvchi-talaba” yoki “o’quvchi-o’quvchi”, “talaba-talaba” teng
huquqli faol va do’stona munosabatlarga kirishgan holda ta’lim-tarbiyaviy
muammolar echimini topishadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor o’quvchi yoki
talabaning mustaqil fikr rivojiga, ijodiy izlanishiga va shu asosda ilg’or fikr ya’ni
g’oyalarni ilgari surishiga tayaniladi. Ta’lim-tarbiya jarayonining sub’ekti
o’quvchi yoki talaba hisoblanib, o’qituvchi yo’nalish beruvchi va Yakuniy
xulosa chiqaruvchi hamda birgalikda tavsiya ishlab chiqaruvchi vazifasini
o’taydi.
Bu jarayonda texnologik, tizimli va ijodiy yondashuv uyg’un holda amalga
oshirilib, vaqt me’yori tejaladi, talaba ortiqcha zo’riqmaydi, eng asosiysi
mustaqil fikr, ijodiy izlanish talabaning kundalik faoliyatiga aylanib boradi.
Innovatsion texnologiyalarning tatbiqi jarayonida ta’limning shakllari,
metodlari, usullari hamda vositalari takomillashib boradi. Bu albatta
o’qituvchilarning kasbiy pedagogik mahorati bilan bog’liq bo’lib, har doim
o’quvchini izlanishga va ijodkorlikka safarbar etadi.
Pedagogik texnologiyalar tatbiqi innovatsion yondashuvga asoslanib,
talabani muayyan muammoli vaziyatga olib kirish, undan chiqib ketishiga
qaratilgan maqbul yo’llarni o’zi mustaqil topish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Talaba “BxBxB” interfaol metodiga muvofiq “bilaman, bilmoqchiman va bilib oldim”da o’z fikrini Yangilash, to’ldirish va takomillashtirishga erishishi lozim.
Dars sistemasining tuzilishi B.B.B. jadvali
Bunda:
1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash.
2. Yangi o’quv materialini idrok qilish va Yangi bilimlarni hosil qilish.
3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlarni hosil qilish..
4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va sistemalashtirish
5. Bilim va malakalarini tekshirish bo‘yicha bilgan ma`lumotlaringizni bilaman
jadvaliga to‘ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |