Kurs ishning dolzarbligi - Mustaqil respublikamizning ravnaqi uchun, kelajagi buyuk davlatni barpo etish uchun har tomonlama kamolotga yetgan, chuqur bilimli mutaxassislar yetishtirish zarur. Ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bo’lib, uning har bir bosqichi ta’lim oluvchilarning yoshi va o’ziga xos xususiyati ta’lim–tarbya jarayonida intellektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy asoslarini chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamiyatning intellektual salohiyotiga mos kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida muntazam ravishda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi. Innovatsion yondashuvlar - ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur kurs ishning dolzarbligi ham mana shunda.
Ushbu standartda boshlang'ich sinflarda o'quv yuklamasining zarur hajmini belgilab beruvchi shu jumladan, umumiy o'rta ta'lim muassasasi boshlang'ich ta'lim bo'g'ini bo'lgan bitiruvchilarining bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablarni mujassamlashtiruvchi davlat me'yoriy hujjati, sifatida boshlang'ich ta'lim Davlat ta'lim standartiga amal qila boshladi.
Davlat Ta'lim Standartlarida miqdorlar va ularni о`lchash bo'yicha quyidagi mavzular va amaliy ishlar ko'rsatiladi: 4-sinf Matematika darsligi:
Uzunlik o'lchovi birliklari - millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr va ular orasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganish;
Vaqt o'lchov birliklari - minut, soat, sekund, kun, hafta, oy, yil, asr va ular orasidagi munosabatlar;
Massa birliklari - kilogramm, gramm, sentner, tonna va ular orasidagi munosabatlar.
Kesma chizish va uzunligini millimetr, santimetr va detsimetr, metrlarda ifodalash. Kesmalarning uzunliklarini taqqoslash.
O`lchov lentasi yoki ruletka yordamida yo`lak, devor, bino va shu kabilarning uzunligini o'Ichash; shartli ravishda qog'ozda 1, 2, 5 m ni 1 sm ga teng deb olib, to'g'ri chizish va uning uzunligini o`Ichash; 20-30 metrgacha bo`lgan masofani ko'z bilan chamalab о`Ichash; vaqtni minutgacha bo`lgan aniqlikda topish.
4-sinfda o'quvchilar:
kattaliklar (uzunlik, massa, vaqt) o`lchovi birliklari jadvalini bilishi va masalalar yechishda bu bilimlarni amalda qo'llashni;
narxi, miqdori, qiymati, umumiy massasi kabi miqdorlar orasidagi o'zaro munosabatlarni bilish va bilimlarni matnli masalalarni yechishda qo'llashni uddalay olishlari kerak.
- chizg'ich yordamida kesma uzunligini о`Ichash va berilgan
uzunlikdagi kesmani chiza olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |