Saylov jarayoni bosqichlari
O'zbekiston Respublikasi "Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida"gi Qonunning 5-moddasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini e'lon qiladi. Prezident saylovi bo'yicha saylov kampaniyasining boshlanganligini e'lon qilish "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi Qonunning 8-moddasida berilgan bo'lib, unga ko'ra: "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin saylov kampaniyasi boshlanganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e'lon qilish
"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi Qonunning 19- moddasi, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risida"gi Qonunning 19-moddasi Qonunchilik palatasi deputatlarining vakolat muddati va mahalliy Kengash deputatlarining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi shu vakillik organlariga saylov kampaniyasi boshlanganligini ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.
Miro Ulugbek Abdusalomov
Mavzuda saylov tizimi institutlaridan hisoblanuvchi - deputat va Senatorni chaqirib olish, ya'ni ularning vakolatini muddatidan avval tugatishning muhim bir usuli haqida ma'lumot beriladi. Deputat va Senatorni chaqirib olish asoslari (sabablari), shunday hol vujudga kelsa, chaqirib olish masalasini qo'zg'atish, qo'zg'atish huquqiga ega sub'ektlar; chaqirib olinayotgan deputat va Senatorga o'zini himoya qilish uchun imkoniyat yaratilishi; deputat va Senatorni chaqirib olish bo'yicha ovoz berishni tashkil etish (ovoz berishga tayyorgarlik ko'rish, ovoz berish kunini tayinlash, komissiya va uchastkalar tuzish, binolarni tayyorlash, ovoz berish byulletenlari rasmiylashtirish, ovoz beruvchilar ro'yxatini tuzish, ovoz berish kuni, vaqti haqida xabar berish); ovoz berishni o'tkazish, natijani aniqlash, uni rasmiylashtirish, Ekoharakatdan saylangan deputatlarni chaqirib olish masalalari yoritilgan.
Deputat va Senatorni chaqirib olish
Deputatlar, Senatorlarning konstitusiyaviy vakolat muddati mavjud bo'lib, ular shu muddatda faoliyat ko'rsatadi va muddati tugagach yangitdan saylovda nomzod ishtirok etishi mumkin. Deputat va Senatorlarning vakolat muddati besh yil.
Lekin qonunlar deputatlar va Senatorlarning vakolat muddati tugamasdan ham vakolatni tugatish holatini belgilaydi.
"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a'zosini maqomi to'g'risida"gi va "Xalq deputalari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to'g'risida"gi Qonunlarda deputat va Senatorlarning vakolat muddati quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi deb belgilangan:
- ular o'z vakolatini zimmasidan soqit qilish to'g'risida ariza bersa;
- deputatlik, Senatorlik vakolatlarini amalga oshirishga nomuvofiq bo'lgan lavozimga saylangan yoki tayinlansa;
- unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirsa;
- u chaqirib olinsa;
- sud uni muomalaga layoqatsiz deb topsa;
- u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo'qolgan deb topilsa yoki vafot etgan deb e'lon qilinsa;
- u O'zbekiston fuqaroligini yo'qotsa;
- u vafot etsa;
- vakillik orgnalari tarqatib yuborilsa.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, mahalliy Kengashning Senator etib saylangan deputati vakolatini muddatidan oldin vakolatini tugatilishi, uning Senatorlik vakolatining tugatilashiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |