Pashkol, ya'ni yomg'uriy fasl savon oyi (saraton, 22 iyun - 22 - iyul, 31 kun), bodun oyi (asad, 23 iyul - 22 avgust, 31 kun), kuvor oyi (sunbula, 23 avgust - 21 sentabr, 30 kun) va kotik oyi (mezon, 22 sentabr - 20 oktabr, 29 kun) dan iborat.
Zimiston (qish) fasli axchan oyi (aqrab, 21 - oktabr - 18 noyabr, 29 kun), pus oyi (qavs, 19 noyabr - 18 dekabr, 30 kun), mox oyi (jadiy, 19 dekar - 18 yanva, 31 kun) va pogun oyi (dalv, 19 yanvar - 18 fevral, 31 kun) dan iborat.
3. Gidrologiyaga oid xalq terminlari. Ariq, soy, daryo bilan bog'liq iboralar ko'p ishlatilgan. Shu bilan bir qatorda rud (tojikcha - “rud” - ariq, suv, kanal, daryo) ham keng qo'llanilgan. Qo'l - daryo, daryo voidysi, irmoq ma'nosida qo’llanilganligini quyidagi jumladan bilish oson: “...qo’lning ichi kishi mamarridi yiroq xilat yo'l, ko'l yuqori - uq yurib, suvni o'ng qo'lga quyub, yana bir quruq qo'lga kirduk...”.
Qo'l - tog' yo'li, tog'dan daryo vodiysiga tushgan yo'l ma'nosida kelgan.
Guzarning ikki ma'nosi bor, birinchidan, guzar - kechik, kechuv, daryoni kechib o'tish mumkin bo'lgan sayoz joy. Asarda bir necha guzar nomlari tilga olingan: Kilif guzari, Uoj (Uyoj) guzari, Uyoch (Uyoj) guzari, Nilob guzari va boshqalar. Ikkinchidan, guzar - gavjum joy ma'nosida ham kelgan. Masalan, “...Kura ko’talida erta yozlar qushlarning guzaridir... yoki ...Boron suyida balig'ning guzari bo'lur”. Shahar yoki qishloqning chorraha joyi yoki turli do'konlari, choyxanalari bo'lgan gavjum, serqatnov joylari ham guzar deyilgan.
Shoxjo'y - ariq (kanal), bosh arig'dan chiqarilgan tarmoq, daryo yoqasi - qirg'oq, daryo qirg'og'i, ulug' yo'l - katta yo'l ma'nosida kelgan. Bobur daryolardagi suv kamayishi, pasayishi holatini yoki hozirgi geografik ilmiy adabiyotda qo'llaniladigan “mejen” ni suv kichik bo'lganda, toshqinni esa suv ulug’ bo'lganda yoki suv kirganda deydi. Daryolar qo'shilgan, tutashgan joyni suv qotilishi deb ifodalaydi. Chashma - uncha kuchli bo'lmagan bosim ostidagi yer osti suvlarining yer betiga chiqqan joyi, buloq, garm chashma - issiq buloq. Asarda chashma ko'proq ishlatilgan bo'lsa - da, uning qaynar sinonimi ham bor. Yer osti suvlarining yer betiga sizib chiqqan joyi buloq deb ifodalanadi. Har ikki termin ham “Boburnoma”da keng qo'llanilgan.
Mohixona (“mohi” - baliq) - baliq saqlanadigan joy, chuqur o’yilgan yer. Suv oqib turadigan joydan chamasi 3 - 5 metrcha keladigan chuqur qazib, chiqish faqat bir tomondan (chiqish tomoniga chig' yasab qo'yiladi) qilib maxsus yasaladi. Mohixona, asosan, qish faslida baliq saqlash uchun quriladi. Bunday usulda baliq tutishni Bobur hech yerda uchratmaganligini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |