Topografiya, kartografiya va gis


AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI JAVOBLARI



Download 0,59 Mb.
bet2/5
Sana11.07.2021
Hajmi0,59 Mb.
#115774
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - amaliy ish . Topografiya

AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI JAVOBLARI .

1 .TOPSHIRIQ .

Karta termini yunoncha xartes — papirus qog‘ozi so‘zidan olingan bo‘lib, lotincha «sharta» (qog‘oz, varaq) atamasidan kelib chiqqan va yunoncha (karta), lotincha charta, turkcha harita deb nom olgan.

Karta — Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini yoki kosmik fazoni matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obyektlarni ko‘rsatadi.

Obyekt deyilganda kartalarda tasvirlanadigan har qanday predmet, voqea, hodisa yoki jarayon tushuniladi.

Geografik karta — Yer yuzasini yoki uning biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma’lum matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qog‘ozga (tekislikka) tushi- rilgan tasviri (proyeksiyasi) bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarning geografik o‘rnini, joylanishini, holatini, vaqt mobaynida o‘zgarishini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Kartalar mavzusi ( mazmuni ) bo’yicha quyidagi ikki yirik guruhga , ya’ni umumgeografik va mavzuli kartalarga bo’linadi . Ular bir – biridan , avvalo , mazmuni , tasvirlash obyektlari , obyektlarni tasvirlash mukammalligi bilan farq qiladi .

Umumgeografik kartada geografik landshaftning tashqi ko‘rinishi tasvirlanadi. Uning geografik mazmuni landshaftning asosiy element- lari — relyef, gidrografiya obyektlari, tuproq, o‘simlik va grunt ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, bu elementlar kartaga bir xil aniqlikda va mukammallikda tushiriladi .

Kartografik tasvir, matematik asos, yordamchi jihozlar va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarga umumgeografik kartaning elementlari deyiladi.

Umumgeografik kartalar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi :


Obyektlarni o’rnini aniqlash , oriyentirlash , to’g’ri va aniq tasvirlashga xizmat qiluvchi elementlar majmuasiga aytiladi .



Xarita mazmunini to’ldiradigan , boyitadigan va tushunishga yordam beradigan ma’lumotlar majmuasi qo’shimcha elementlar deyiladi .



Xaritani o’qishni va undan foydalanishni osonlashtiruvchi turli elementlar majmuasi yordamchi elemenlar deyiladi .

Umumgeografik kartalar

Qo’shimcha elementlar

Yordamchi elementlar

Xarita mazmunini qabul qilingan shartli belgilar va kartografik tasvirlash usullari vositasida ifodalangan .

Matematik asos

Kartografik tasvir

Karta mazmunini qabul qilingan kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari orqali ifoda etadigan kartografik tasvir har qanday kartaning asosiy elementi bo‘lib hisoblanadi. U muayyan kartada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuidan tashkil topadi. Masalan, umumgeografik kartalarda tasvirlanadigan landshaftning asosiy elementlari — relyef, gidrografiya obyektlari, o‘simlik va tuproq-grunt ko‘rsatkichlari aholi yashaydigan punktlar, siyosiy-ma’muriy chegaralar hamda ba’zi bir xo‘jalik obyektlari uning kartografik tasvir elementlari bo‘lib, bu elementlar kartada bir xil aniqlikda va mukammallikda ko‘rsatiladi.

Shu bilan birga , umumgeografik kartalarda hududning siyosiy chegaralari , aloqa obyektlari , ahamiyatga ega bo’lgan aholi punklarini tasvirlanishi orqali karta mazmuni boyitiladi .

Agar kartada obyekt ( predmet , hodisa , voqea yoki jarayon ) ning alohida parametrlari boshqalariga nisbatan batafsilroq tasvirlansa , bunday kartalar mavzuli geografik kartalar deyiladi . Mavzuli kartada geografik landlashtning ayrim elementlari boshqa elementlariga nisbatan aniq va mukammal ko’rsatiladi . Kartada biron tabiiy yoki ijtimoiy hodisa tasvirlansa ham u mavzuli xarita deyiladi . Bunday kartalarda tarix kartalari , geologik , iqlim , tuproq kartalari va boshqa kartalarni misol qilib ko’rsatish mumkin .

Mavzuli geografik kartalar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi :


Mavzuli kartalar



Matematik asos



Qo’shimcha elementlar



Kartaning mazmuni

Geografik asos

Yordamchi elementlar

Legenda

Kartografik tasvir


Mavzuli va maxsus kartalarda (shartli ravishda) kartaning mazmunini va geografik asosini bir-biridan farqlash lozim.

Geografik asos — karta mazmunining umumgeografik qismi bo‘lib, u mavzuli karta mazmunini tashkil etgan elementlarni kartada to‘g‘ri tasvirlashga va fazoviy bog‘lashga hamda karta bo‘yicha oriyentirlashga xizmat qiladi .

Kartaning mazmuni – kartada tasvirlanayotgan obyektlarning alohida yoritiluvchi parametrlarini ifodalovchi kartografik belgi va usullar yig’indisi .

Har bir kartaning eng muhim elementi – legendadir .

Legenda – bu karta mazmunini ochib beruchi barcha shartli belgilar va izohlar tizimidir .





Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish