Topografik kartalar, planlar va profillarda relyefni tasvirlash uchun joydagi xarakterli nuqtalarning dengiz sathidan balandliklari ma'lum bo'lishi kerak. Bu balandlikka absolyut balandlik deyiladi


Ketma - ket geometrik nivelirlash



Download 1,62 Mb.
bet7/18
Sana16.03.2023
Hajmi1,62 Mb.
#919631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
DIKTATOR KURS ISHI 90

Ketma - ket geometrik nivelirlash
Ketma - ket geometrik nivelirlashda nivelirlanadigan AC chizig`i bo`laklarga bo`linadi va har bir bo`lak alohida stansiyadan nivelirlanadi. Nivelirni birinchi stansiya K1 da o`rnatib, 1-nuqtaning A nuqtasiga nisbatan nisbiy balandligi o`lchanadi:
h1= a1b1. (8)
Keyin nivelir va reykalar ketma - ket olib o`tilib, xuddi shu tarzda 1 va 2; 2 va 3 va hokazo nuqtalarning nisbiy balandligi h1,h2,hn-1,hn o`lchanadi. Agar nivelirlash n ta stansiyada bajarilgan bo`lsa, umumiy nisbiy balandlik quyidagiga teng bo`ladi:
h0 = h1 +h2 +hn-1+... + hn =   (9)

11-rasm. Ketma - ket geometrik nivelirlash
yoki:
  (10 )
ya’ni, oxirgi nuqta С ningboshlang`ich A ga nisbatan nisbiy balandligi orqadagi reyka bo'yicha sanoqlar yig'indisidan oldingi reyka sanoqlari yig‘indisining ayirmasiga teng.
Agar nivelirlash oxirgi nuqtaning balandligi  ni aniqlash maqsadida bajarilgan bo`lsa, boshlang`ich nuqta balandligi   dan foydalanib, u quyidagicha hisoblanadi:[5]
  (11)
Nivelirlash AC chizig`ining bo`ylama profilini tuzish maqsadida bajarilsa, unda 1, 2, nuqtalar balandligini ham hisoblashga to`g`ri keladi, ya’ni:
  (12)
Bu formuladan ko`rinishicha, 1, 2, nuqtalar orqali nivelir yo'lida balandliklar ketma - ket uzatiladi va ular bog`lovchi nuqtalar deyiladi.
Amaliy ishlarda bog`lovchi nuqtalar ko'pincha belgilangan bir xil masofalar (100, 40, 20 m ) da olinadi va shuning uchun ular har doim ham joy relyefining past - baland nuqtalariga to`g`ri kelavermaydi. Relyefni batafsil tasvirlash uchun bu nuqtalar balandligini ham topishga to`g`ri keladi. Bunday nuqtalarga oraliq yoki plyus nuqtalari deyiladi va ular orqadagi eng yaqin bog`lovchi nuqtadan boshlab o`lchangan masofa bilan belgilanadi (11-rasmda   va   stansiyalaridagi +71 va +66 nuqtalar).
Oraliq nuqtalarning balandligi tegishli stansiyada hisoblanadigan asbob gorizonti orqali topiladi. Masalan, +71 nuqta uchun (6) va (7) formulalarga asosan balandlik quyidagicha hisoblanadi:
  (13)
bu yerda: c — oraliq nuqtasida o`rnatilgan reykadan olingan sanoq.
Tik qiya joylarni nivelirlashda ikki qo`shni bog`lovchi nuqtalarni bir stansiyadan nivelirlashning imkoni bo`lmay qoladi .
Masalan , gorizontal nur reyka ustidan o`tishi mumkin. Bunday holda orada x nuqta deb ataluvchi qo`shimcha bog`lovchi nuqta olinadi.

12-rasm.X nuqta ishlatilishi
Ungacha bo`lgan masofa o`lchanmaydi. Shakldan ko`rinishicha, o`lchash kerak bo`lgan umumiy nisbiy balandlik h alohida-alohida o`lchangan nisbiy balandliklar ( , v a  ) yigindisiga teng. Qiyalikning katta-kichikligiga qarab ikki bog`lovchi nuqta orasida bitta yoki bir nechta x nuqtalari olinishi mumkin.
Ketma - ket nivelirlashda natijani tekshirib borish uchun har bir stansiyada reykalarning qora va qizil tomonlari bo`yicha yoki reykalarning bir tomoni va asbobning ikki gorizontida nivelirlash bajariladi.
Nivelirlash natijalari maxsus jurnalga yozib boriladi. Bir stansiyada sanoqlar olib bo`lingandan keyin nisbiy balandlik hisoblanadi. Buning uchun orqadagi reykadan olingan sanoqdan oldingi reykadan olingan sanoq ayrilishi kerak. Demak, bunda nisbiy balandlik ikki marta: qora tomondan olingan sanoqlar va qizil tomondan olingan sanoqlar bo`yicha aniqlanadi. Nisbiy balandlikning ikkala qiymati orasidagi farq 4 mm dan oshmasligi kerak. Bunga stansiyadagi tekshirish deyiladi. Agar shart bajarilsa, bu nisbiy balandlikning o`rtacha qiymati hisoblanadi va nivelir bilan keyingi stansiyaga ko`chib o`tiladi. Aks holda, stansiyada nivelirlash ishlari qaytadan amalga oshiriladi.[3]

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish