Ketma - ket geometrik nivelirlash
Ketma - ket geometrik nivelirlashda nivelirlanadigan AC chizig`i bo`laklarga bo`linadi va har bir bo`lak alohida stansiyadan nivelirlanadi. Nivelirni birinchi stansiya K1 da o`rnatib, 1-nuqtaning A nuqtasiga nisbatan nisbiy balandligi o`lchanadi:
h1= a1 – b1. (8)
Keyin nivelir va reykalar ketma - ket olib o`tilib, xuddi shu tarzda 1 va 2; 2 va 3 va hokazo nuqtalarning nisbiy balandligi h1,h2,hn-1,hn o`lchanadi. Agar nivelirlash n ta stansiyada bajarilgan bo`lsa, umumiy nisbiy balandlik quyidagiga teng bo`ladi:
h0 = h1 +h2 +hn-1+... + hn = (9)
11-rasm. Ketma - ket geometrik nivelirlash
yoki:
(10 )
ya’ni, oxirgi nuqta С ningboshlang`ich A ga nisbatan nisbiy balandligi orqadagi reyka bo'yicha sanoqlar yig'indisidan oldingi reyka sanoqlari yig‘indisining ayirmasiga teng.
Agar nivelirlash oxirgi nuqtaning balandligi ni aniqlash maqsadida bajarilgan bo`lsa, boshlang`ich nuqta balandligi dan foydalanib, u quyidagicha hisoblanadi:[5]
(11)
Nivelirlash AC chizig`ining bo`ylama profilini tuzish maqsadida bajarilsa, unda 1, 2, nuqtalar balandligini ham hisoblashga to`g`ri keladi, ya’ni:
(12)
Bu formuladan ko`rinishicha, 1, 2, nuqtalar orqali nivelir yo'lida balandliklar ketma - ket uzatiladi va ular bog`lovchi nuqtalar deyiladi.
Amaliy ishlarda bog`lovchi nuqtalar ko'pincha belgilangan bir xil masofalar (100, 40, 20 m ) da olinadi va shuning uchun ular har doim ham joy relyefining past - baland nuqtalariga to`g`ri kelavermaydi. Relyefni batafsil tasvirlash uchun bu nuqtalar balandligini ham topishga to`g`ri keladi. Bunday nuqtalarga oraliq yoki plyus nuqtalari deyiladi va ular orqadagi eng yaqin bog`lovchi nuqtadan boshlab o`lchangan masofa bilan belgilanadi (11-rasmda va stansiyalaridagi +71 va +66 nuqtalar).
Oraliq nuqtalarning balandligi tegishli stansiyada hisoblanadigan asbob gorizonti orqali topiladi. Masalan, +71 nuqta uchun (6) va (7) formulalarga asosan balandlik quyidagicha hisoblanadi:
(13)
bu yerda: c — oraliq nuqtasida o`rnatilgan reykadan olingan sanoq.
Tik qiya joylarni nivelirlashda ikki qo`shni bog`lovchi nuqtalarni bir stansiyadan nivelirlashning imkoni bo`lmay qoladi .
Masalan , gorizontal nur reyka ustidan o`tishi mumkin. Bunday holda orada x nuqta deb ataluvchi qo`shimcha bog`lovchi nuqta olinadi.
12-rasm.X nuqta ishlatilishi
Ungacha bo`lgan masofa o`lchanmaydi. Shakldan ko`rinishicha, o`lchash kerak bo`lgan umumiy nisbiy balandlik h alohida-alohida o`lchangan nisbiy balandliklar ( , v a ) yigindisiga teng. Qiyalikning katta-kichikligiga qarab ikki bog`lovchi nuqta orasida bitta yoki bir nechta x nuqtalari olinishi mumkin.
Ketma - ket nivelirlashda natijani tekshirib borish uchun har bir stansiyada reykalarning qora va qizil tomonlari bo`yicha yoki reykalarning bir tomoni va asbobning ikki gorizontida nivelirlash bajariladi.
Nivelirlash natijalari maxsus jurnalga yozib boriladi. Bir stansiyada sanoqlar olib bo`lingandan keyin nisbiy balandlik hisoblanadi. Buning uchun orqadagi reykadan olingan sanoqdan oldingi reykadan olingan sanoq ayrilishi kerak. Demak, bunda nisbiy balandlik ikki marta: qora tomondan olingan sanoqlar va qizil tomondan olingan sanoqlar bo`yicha aniqlanadi. Nisbiy balandlikning ikkala qiymati orasidagi farq 4 mm dan oshmasligi kerak. Bunga stansiyadagi tekshirish deyiladi. Agar shart bajarilsa, bu nisbiy balandlikning o`rtacha qiymati hisoblanadi va nivelir bilan keyingi stansiyaga ko`chib o`tiladi. Aks holda, stansiyada nivelirlash ishlari qaytadan amalga oshiriladi.[3]
Do'stlaringiz bilan baham: |