Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Boldirning orqa sohasi, regio cruris posterior



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Boldirning orqa sohasi, regio cruris posterior
Xususiy fassiyaning chuqur varag‘i (lamina profunda fasciae cruris) orqa
o‘rindiqni yuza va chuqur qavatlarga bo‘ladi. Chuqur kletchatka qavatida oyoq
panjasini bukuvchi muskullar: ichki tomonda barmoqlarni bukuvchi uzun muskul
(m.flexor digitorum longus), tashqi tomonda (pastroqda) katta barmoqni bukuv-
chi uzun muskul (m.flexor hallucis longus), ularning orasida orqa katta boldir
muskuli (m.tibialis posterior) joylashadi. Yuza qavatda boldirning uch boshli
muskuli (m.triceps surae) joylashgan bo‘lib, u umumiy pay hosil qilib qo‘shiluvchi
ikkita alohida muskuldan iborat: chuqurda kambalasimon muskul (m.soleus), yuza-
da boldir muskuli (m.gastrocnemius) joylashadi. Bu uch boshli muskulning umumiy
payi tovon (axill) payi (tendo calcaneus) deb yuritiladi va u tovon suyagining
do‘mbog‘iga birikadi. Chuqur qavatdagi kletchatkada orqa katta boldir arteriyasi,
kichik boldir arteriyasi hamda katta boldir nervidan iborat tomir-nerv tutami yo-
tadi. Orqa katta boldir arteriyasi (a.tibialis posterior), uning venalari hamda katta
boldir nervidan tuzilgan tomir-nerv tutami boldir-taqim kanali (canalis cruropopli-
teus), orqali o‘tadi, bunda nerv qon tomirlaridan tashqarida yotadi. Kanalni oldin-
da orqa katta boldir muskuli, orqada fastsiyaning chuqur varag‘i va kambalasi-
59-rasm. Boldirning teri osti
nervlari va tomirlari
(orqadan ko‘rinishi).
1–
n
.
c u t a n e u s
f e m o r i s
posterior
; 2–
v
.
saphena
parva
;
3– .
cutaneus
surae
lateralis
; 4–
caput
laterale
m
.
gastrocnemii
;
5–
ramus
c o m m u n i c a n s
peroneus
; 6–
m
.
triceps
surae
;
7–
m
.
soleus
; 9–
tendo
calcaneus
(
Achillis
); 10–teri osti va
fassiya osti venalarining
bog‘lanishi; 11–
caput
mediale
m
.
g a s t r o c n e m i i
; 12–
rami
cutanei
cruris
mediales
; 13–
n
.
saphenus
; 14–
v
.
saphena
magna
; 15–
n
.
cutaneus
surae
medialis
; 16–
fascia
cruris
.


84
mon muskul chegaralaydi. Kanalga kirish teshigini oldinda taqim muskuli
(m.popliteus), orqada tovon muskuli (m.plantaris) va kambalasimon muskulning
pay ravog‘i (arcus tendineus m.solei) chegaralaydi (60-rasm, b). Kanalning old-
ingi teshigi suyaklararo pardaning yuqorisida joylashgan bo‘lib, u orqali oldingi
katta boldir arteriyasi oldingi o‘rindiqqa o‘tadi. Kanaldan chiqish yorig‘i oldinda
orqa katta boldir muskuli, orqada axill payining medial cheti bilan chegaralanadi.
60-rasm. Boldirning oldingi (a) va orqa (b) sohalari topografiyasi
a
: 1–
retinaculum
patellae
mediale
; 2–
lig

patellae
; 3–
pes
anserinus
–ni hosil
qiluvchi paylar; 4–
membrana
interossea
cruris
et
a

recurrens
tibialis
anterior
;
5–
a

tibialis
anterior
et
n

peroneus
profundus
; 6–
m

tibialis
anterior
; 7–
m
.
gastrocnemius
; 8–
m

soleus
; 9–
m

extensor
hallucis
longus
; 10–
n

saphenus
;
11–
n

peroneus
profundus
; 12–
n

cutaneus
dorsalis
lateralis
tarmoqlari; 13-
n
.
cutaneus
dorsalis
medialis
; 14-
n

cutaneus
dorsalis
intermedius
; 15, 19–
n
.
peroneus
superficialis
; 20–
n

peroneus
communis
; 21–
caput
fibulae
; 22–
tractus
iliotibialis
et
tuberculum
Gerdi
; 23–
retinaculum
patellae
laterale
;
b: 1–
m

soleus
-ning pay ravog‘i; 2, 6- 
m

soleus
; 3–
m

tibialis
posterior
; 4–
a
.
peronea
; 7–
m

flexor
hallucis
longus
; 9–bo‘g‘im xaltasi; 10–kichik boldir
arteriyasi va orqa katta boldir arteriyasi orasidagi anastomoz; 11 – 
tendo
calcaneus
(
Achillis
); 12–
a

peronea
; 13–
a

tibialis
posterior
; 14–
m

flexor
digitorum
longus
; 15-
a

et
v

popliteae
; 16–
m

popliteus
; 17–
a

genus
inferior
medialis
; 18–
m

gastrocnemius
.


85
Kichik boldir arteriyasi, a.peronea (venalar, vv.peroneae bilan birga) orqa
katta boldir arteriyasidan boshlanadi va pastga hamda tashqariga yo‘nalib, bol-
dirning pastida pastki muskul-kichik boldir kanali (canalis musculoperoneus
inferior)ga kiradi (52- va 60-rasm, b). Bu kanalni oldinda orqa katta boldir muskuli,
orqada bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul, tashqarida kichik boldir suyagi
chegaralaydi. Bu sohada arteriyadan tovonga, tashqi to‘piqqa, oldingi o‘rindiqqa
tarmoqlar chiqadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish