Mavzu: Avtomobil dvigatellariga texnik xizmat ko'rsatish Reja:
1. Krivoship-shatunli mexanizmda uchraydiga asosiy nosozliklar va texnik xizmat ko’rsatish.
2. Gaz taqsimlash mexanizmda uchraydiga asosiy nosozliklar va texnik xizmat ko’rsatish.
3. Moylash tizimida uchraydiga asosiy nosozliklar va texnik xizmat ko’rsatish.
4. Sovutish tizimida uchraydiga asosiy nosozliklar va texnik xizmat ko’rsatish.
5. Yurgazib yuborish tizimida uchraydiga asosiy nosozliklar va texnik xizmat ko’rsatish.
Krivoship-shatunli mexanizmi nosozliklarining asosiy belgilari—bu tashqi taqillashlar va shovqin dvigatel quwatining shovqini kamayishi, yoqilg'i va moy sarflarining ortishidir.
Dvigatelda taqillashlar va shovqinlar krivoship-shatunli mexanizm detallarining ycyilishi va biriktirilgan detallar orasidagi tirqishlarning kattalashganligidan kelib chiqadi. Taqillashdan tashqari tirsakli val bo'yinlari bilan vkladishlar orasidagi tirqishlar kengayishining yana bir belgisi — bu moylash tizimida moy bosimining tushib ketishi bo'lishi mumkin. Agarda tirqish yo'l qo'yilgandan katta bo'lsa, vkladish almashtiriladi.
Quwatining pasayishi, yoqilg'i va moy sarfining oshishi, sapundan tutun chiqishi - bu, odatda, silindrdan karterga havo (ishchi aralashma) va ishlatilgan gazlarning yorib o'tishi bir vaqtda sodir bo'ladigan nosozliklar bo'lib, moy esa karterdan yonish kamerasiga o'tadi. Bunday nosozliklar yana porshen halqalari kokslanganda (kuyganda), ya'ni o'zining elastiklik xususiyatini yo'qotganda ham sodir bo'ladi.
Dvigatellar ish jarayonining buzilishi gaz taqsimlash mexanizmida klapanlarning uyaga zich o'tirmasligi va taqsimlagich valining o'qiy siljishining ko'payishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Klapanlarning uyada zich o'tirishining buzilish sabablari klapanlar o'zagi uchi bilan koromislo mushtumi orasidagi tirqishning o'zgarishi (ko'payishi); klapanlar o'zagining yo'naltiruvchi vtulkasida siqilib qolishi; klapanlar belchalarida (faskalari) va uya egarlarida qurum hosil bo'lishi yoki buzilishlar; klapan prujinalari elastikligining yo'qotilishi yoki sinishidir.
Klapan o'zaklari bilan koromislo mushtumi orasidagi tirqish qiymatining ko'payishida klapan mexanizmida taqillashlar paydo bo'ladi, silindrlarni aralashma yoki havo bilan to'ldirish va ularni ishlatilgan gazlardan tozalash yomonlashadi. Tirqishlarning kamay-ishida, klapan o'zaklarining yo'naltiruvchi vtulkada tiqilib qolishida, klapanlar kallagining belchasida va ularning uyasida qurum yoki buzilishlar bo'lganda, prujinaning elastikligi yo'qolganda yoki singanda dvigatelning silindrlarida kompressiya yomonlashadi (pasayadi), kiritish va chiqarish quvur o'tkazgichlarida davriy ravishda taqillashlar paydo bo'ladi.
Bunday nosozliklar natijasida dvigatelning quvvati kamayadi va yoqilg'i sarfi ko'payadi.
Texnik xizmat ko'rsatish qoidasiga binoan silindrlar kallagining mahkamligini, koromislo o'qining tayanchlarini va gaz taqsimlash mexanizmining boshqa detallarini davriy ravishda tekshirish va tortib turish, dekompressiya mexanizmida (A-41, A-OI M, D-160 dvigatelJarida) klapanlar o'zaklarining uchlari (toretsi) bilan koromislo mushtumi orasidagi tirqishlarni hamda taqsimlagich valining o'qiy siljishini tekshirish va rostlab turish kerak.
Klapanlarning o'zak uchlari va koromislo mushtumi orasidagi tirqish, odatda, dvigatelning sovuq holatida rostlanadi. Klapanlardagi tirqishning belgilangan qiymatlardan chetga chiqishi (katta yoki kichik bo'lishi) dvigatel tejamkorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni bunda quvvat kamayadi, yoqilg'i sarfi esa oshadi. Undan tashqari gaz taqsimlash mexanizmining detallari ishdan chiqadi. Klapanlar tirqishining katta bo'lishi va ularning egarlarga zich o'tirmasligi klapan kallagi belchasi va egarining kuyishiga olib keladi. Tirqish katta bo'lganda klapan joylashgan zonada taqillashlar paydo bo'ladi
Ayrim avtotraktor dvigatellari klapanlarining issiqlik tirqishlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Klapanlar
|
Dvigatellar klapanlari tirqishi (zazori) mm
|
M-412
|
VAZ-2106
|
ZMZ-53-11
|
A-41, A-01M YAMZ-240BM D-240, D-160
|
ZIL-130
|
SMD-60
|
Kiritish
|
0,15
|
0,15
|
0,25
|
0,30
|
0,40
|
0,50
|
Chiqarish
|
0,17
|
, 0,15
|
0,30
|
0,30
|
0,40
|
0,50
|
Klapanlari yuqorida osma joylashgan dvigatellarda (A-41 dvigatel-larida), bu tirqish quyidagi ketma-ketlikda rostlanadi:
Dekompressiya mexanizmining tortqichi bo'shatiladi va silindrlar kallagining qalpog'i olinadi.
Gaykali kalit bilan dekompressiya mexanizmi qo'shiladi.
Birinchi silindr porsheni YUCHN ga o'rnatiladi. Buning uchun birinchi silindrning kiritish va chiqarish klapanlari yopiq holatiga kelgunga qadar dizelning tirsakli vali aylantiriladi. Keyin maxovik karteridan o'rnatuvchi shpilka burab chiqariladi va uning rezbasiz qismi bilan yana shu teshikka maxovik sirtiga taqalguncha tiqiladi. Shpilkani bosib turib, maxovik sirtidagi chuqurga tushguniga qadar tirsakli val asta-sekin aylantiriladi.
Dekompressiya mexanizmi ajratiladi va shu bilan birinchi silindrning ikkala klapanlarida klapan o'zak uchi va koromislo tayoqchasi orasidagi lirqish A tekshiriladi (4.10- a rasm). U 0,25...0,30 mm bo'lishi kerak.
Rostlash vintining kontrgaykasi bo'shatiladi. Undan keyin kontrgaykani kalit bilan tutib turtib vintni burab kiritiladi (agarda tirqishni kamaytirish kerak bo'lsa) yoki burab chiqariladi (agarda tirqish ko'paytirilsa o'rnatilgandan so'ng) vint (13) kontrgayka (12) bilan mahkamlab qotiriladi va tirqish yangidan tekshiriladi. Shtanga (14) ni o'z o'qi atrofida burab nning erkin aylanishiga amin bo'lgan holda tirqish yangidan tekshiriladi. Birinchi silindr klapanlarini rostlashni tugallab, shpilkani sug'irib olinadi va uni maxovik karteridagi rezbali teshikka burab kiritiladi.
Undan keyin birinchi silindr dekompressiya mexanizmi rostlanadi. Vint (6) ning o'qi vertikal holatga kelgunga qadar valik (I) ni (4.8- e rasm) buriladi va kontrgayka (7) ni bo'shatiladi. Klapan o'zak uchi bilan koromislo mushtumi orasidagi tirqish 0,25—0,30 mm bo'lgunga qadar vint (6) ni burab kiritiladi yoki chiqariladi. Keyin vint bir aylanishga qayiariladi va kontrgayka (7) qaytariladi. Undan keyin dizelning boshqa •.ilindrlari klapanlarining tirqishlari tekshiriladi hamda rostlanadi. Tirsakli valni birinchi yarim aylanaga burab (180° burchakka), uchinchi silindr klapanlarining tirqishlari rostlanadi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |