Pul tushumlari va amaliyotlari nazoratini jarayonlari:
Audit maqsadlari
Aniq teshiruv jarayonlari
1. Xodisalar
Kassa kitoblaridan tushgan pul mablag’lardan bazilarini misol tariqasida olib, pul o’tkazmalari kirim orderlariga to’g’ri kelishini va bank xisobotlarini
tekshirish.
Kassa kitobidan pul o’tkazmalari misollarni va to’lov cheklarini (tasdiqlovchi xujjatlar bilan birga) tanlab olib va bank xisobvarag’i pul mablag’lar bilan solishtirish.
Xujjatlar va to’lov qog’ozlari orqali bazi holatlarda tafsilotlarni tekshirish,
masalan bazi to’lovlarni to’xtatilganligi, to’langan cheklar, avtorizatsiya va boshqa
xujjatlar.
2. Tugallanganlik
Kassa chekini kirim,chiqim jurnallarida aks ettirilgan to’lovlarini tekshirish.
Kassa kitobidagi to’lov xujjatlarini tekshirish (tasdiqlovchi xujjatlar bilan)
3. Aniqlik
Umumiy pul tushumlari va to’lovarni umumiy buxgalteriya kitobida qayd qilmoq
4. Baxolash
Kassa kitobida ro’yxatga olingan avizo misolini tushgan pul mablag’larini
ko’rsatgan xolda taqqoslash
Chek nusxasini (bekor qilingan cheklar) kassa kitobida qayd etilgan pul
tushumlari bilan taqqoslash
5. Bekor qilmoq
Kassa amaliyotlari yozilgan sanalarni naqd pul tushgan sanalar bilan
taqqoslamoq (bankka qo’yilgan ki cheklar bo’yicha)
6. Klassifikatsiya
Pul tushumlari , to’lovlari va amaliyotlarini misollarini to’g’ri klassifikatsiya
maqsadida taqqoslash
Bankdan olingan mablag’lar kirimga to’liq, kiritilgani bank bergan
ko’chirmalar va bankdan pul olish uchun yozib berilgan cheklar aosida tekshiriladi.
2-sonli jurnal-order bilan debet “Kassa” va kredit “Bank” summalariga mos kelishi
kerak, agarda fark borligi aniqlansa, chek milki, kassa kirim orderi bank
ko’chirmalari bilan solishtiriladi, shubx;a tug’ilgan taqdirda bevosita bank
bo’limida ham tekshirilishi mumkin.
Pul mablag’lari belgilangan maqsadda, ish haqki to’lash, xizmat safari
xarajatlari, ishga vaqtinchalik layokatsizlik uchun to’lanadigan nafaqalarga
ajratilgan xo’jalik xarajatlari va hokazolar uchun ishlatilgani tekshiriladi.
Bankdan olingan pul summalari ish haqi uchun to’g’ri ishlatilganini aniqlash
maqsadida uni yozilgan ish haqi to’g’risida bankka taqdim etilgan ma’lumotnoma
bilan qiyoslash kerak.
Barcha kirim-hiqim pul hujjatlarini hujjatlar asosida tekshirishda ularning
ishonchliligini sinchiklab nazardan o’tkazish kerak. Hisob-kitob to’lov
qaydnomalari yozilgan ish haqi summasi bo’yicha ham, uni berish bo’yicha ham
tekshiriladi. Bunda hujjatlar, kassa chiqim orderlari, to’lov qaydnomalaridagi
imzolar ishonchli ekaniga alohida e’tibor beriladi, "berilsin" degan holatda
chiqarilgan yakunlarning to’g’riligini yalpi tekshirish shular asosida olib boriladi,
undan tashqari kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish kitobi mavjudligi
hamda kim tomonidan qayd qilib borilayottanligi tekshiriladi.
Imzolarning ishonchliligi (haqiqiyligi) aynan shu shaxslarning imzolarini
boshqa hujjatlar, qaydnomalar, hisobvaraqlardagi imzolariga qiyoslash orqali
aniqlanadi.
To’langan hujjatlar yoki xususiy shaxslar bajargan ishlar uchun to’ldirilgan
naryadlar ayniksa sinchiklab tekshirilishi kerak. Bu hisobvaraqlarga qo’yiladigan oddiy talablar, shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (pasportiga doir to’liq ma’lumotlar) ko’rsatilishidan tashqari shu ishlar bajarilgani to’g’risida
tasdiqnoma bo’lishi kerak.
Alohida olingan har bir holda bajargan ishlarning asosli ekanligi, zarurligi,
qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi aniq belgilanadi.
Kassir to’lov qaydnomalarida summani olmagan shaxslarning familiyasi
ruparasiga "deponentga o’tkazildi" deb qayd etgani, shuningdek, amalda to’langan
va qaydnomalar bo’yicha umuman to’lanmagan summalar to’g’risida
qaydnomalarda qayd etgani, deponentdagi summalar ro’yhatini tuzgani va kassa
hisobotini topshirishda to’lov hujjatlariga ilova kilgani auditdan o’tkaziladi.
Auditor undan tashqari, tekshirilayotgan muassasa ma’muriyati buyrug’i
bilan komissiya xay’ati tasdiqlanganligini va ushbu komissiya tomonidan oy yoki
chorak oxirida xazina qoldiqdarini tusatdan tekshirishdan o’tkazgan yoki
o’tkazmaganligini tekshirishi lozim.
10-mavzu: Korxona hisob varag’i va boshqa hisob varaqlarni yuritilish auditi
Reja:
Korxona hisob varag’i auditi
Hisob varaqlarni yuritilish auditi
Korxonada hisob ma‟lumotlarini yig’ish, qayd etish va jamlash Korxonada hisob ma‘lumotlarini yig’ish, qayd etish va jamlash hisob siyosatida aks ettirilgan shakl va registrlar yordamida amalga oshiriladi. Hisob shakli – bu buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini qayd etish, guruhlash va yig’ishda qo’llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi. Buxgalteriya hisobi amaliyotida uning jurnal –order, memorial-order, kitob-jurnal , bosh jurnal, kompyuterlashtirilgan , ixchamlashtirilgan shakllari mavjud va ular halq xo’jaligining turli tarmoq va sohalarida qo’llanilib kelinmoqda. Hisob registrlari – bu buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. Amaliyotda buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo’llanilayotgan axborot tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1.Kitoblar –bular xo’jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo’ljallangan hisob varaqalarini o’z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. Ularga misol etib Kassa kitobini, Bosh kitobni, ish haqi haqi kitobini, asosiy vositalar hisobi kitobini, kelib tushgan yuklarni qayd etish kitobini va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu hisob registrlarining afsalligi shundaki, ular u yoki bu ma‘lumotlarni bir necha hisobot davri uchun o’zida mujassamlashtiradi, bu ma‘lumotlarni yo’qolib ketmasligiga, yaxshi
saqlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga ular faqat qo’lda yuritishga mo’ljallangan, zamonaviy kompyuterlarning imkonlaridan bu kitoblarni aynan shu ko’rinishida uchun foydalanib bo’lmaydi. Buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan kitoblar ichida muhim rolni Bosh kitob o’ynaydi. Ushbu kitob hisobot yilining boshida ochiladi, unda har bir schetga alohida varaq ajratiladi. Kitobga yozuvlar oyma-oy ularga ajratilgan qatorlarda ko’rsatiladi. Bosh kitobda schetlarning debet tomoni yozuvlari barcha korrespondensiyalanadigan kredit schetlar bo’yicha aks ettiriladi, kredit tomoni yozuvlari jamlangan holda ko’rsatiladi. 2.Jurnal-orderlar – bu ma‘lumotlarni schetlarning krediti bo’yicha guruhlangan holda qayd etishga mo’ljallangan registrlar. Aynan jurnal-orderlar Bosh kitobning kreditida jamlangan holda ko’rsatilgan ma‘lumotlarni barcha korrespondensiyalanadigan debet schetlar bo’yicha aks ettiradi, ya‘ni jurnal-orderlar Bosh kitobning to’ldiruvchisi, davomi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi schetlari bo’yicha turli jurnal –orderlarni yuritish ko’zda tutilgan, masalan 50 «Kassa» schyoti bo’yicha №1, 51 «Hisob-kitob scheti» bo’yicha № 2, 60 «Ta‘minotchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti bo’yicha № 6, shuningdek boshqa schetlar bo’yicha boshqa jurnalorderlar yuritiladi. Jurnal-orderlar buxgalteriya hisobini jurnal-order shaklining asosini tashkil etadi. 3.Qaydnomalar –bu schetlarning debeti bo’yicha analitik hisobni olib borishga mo’ljallangan registrlar. Qaydnomalar ham turli schyotlar bo’yicha har xil shakl va mazmunda yuritiladi. 4.Memorial-orderlar - bu ma‘lumotlarni bir vaqtning o’zida schetlarning ham debeti, ham krediti bo’yicha guruhlangan holda qayd etishga mo’ljallangan registrlar. Ushbu registrlar buxgalteriya hisobini memorial-order shaklining asosini tashkil etadi.
hida hisob varaqalari sifatida qalin qog’ozga yoki karton qog’ozga tipografik usulda ma‘lum shaklda tayyorlangan registrlar. Ularga misol etib ombor hisobi kartochkasini, xodimning shaxsiy scheti kartochkasini, avtomobillar ishi hisobi kartochkasini va boshqalarni keltirish mumkin. 6.Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot registrlari. Mashinogrammalar buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shaklini asosini tashkil etadi. Turli hisob registrlariga asoslangan buxgalteriya hisobining turli shaklida ma‘lumotlarni yig’ish, qayd etish, guruhlash va jamlash o’ziga xos xususiyatlarga ega (8,9,10,11- chizmalarga qarang). Shuning bilan birga barcha hisob shakllarida ma‘lumotlarni yig’ish, qayd etish va jamlash quyidagi umumiy ketma ketlikda amalga oshiriladi : 1.Barcha yuz bergan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xo„jalik operatsiyalari schetlarga ochilgan analitik va sintetik hisob registrlarida (hisobotlar, qaydnomalar, jurnal-orderlar, memorial -orderlar) xronoligik tarzda qayd etiladi. Ko„p martalab yuz beradigan operatsiyalar dastlab jamlovchi qaydnomalarga o„tqaziladi, ularning jamlangan ma‟lumotlari esa oy oxirida jurnal-orderlarga (memorialorderlarga, analitik hisob mashinogrammalariga ) o„tqaziladi.
2.Jurnal-orderlar, memorial-orderlar, analitik hisob mashinogrammalari, qaydnomalarning yig’ma ma‟lumotlari Bosh kitobga o„tqaziladi. 3.Bosh kitob ma‟lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari tuziladi. Kichik tadbirkorlik sub‘ektlariga buxgalteriya hisobini yuritishda soddalashtirilgan shaklni qo’llash ruxsat etilgan. O’zbekiston Respublikasida ushbu hisob shaklining registrlari, ularni tuzish tartibi 20-son BXMS bilan belgilangan. Boshqa turdagi korxonalar buxgalteriya hisobini o’zlarining hisob siyosatlarida ko’rsatilgan shaklda olib boradilar.
11-mavzu: Hisob kitob va kredit operatsiyalari
Reja:
Pul mablag’lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari
Kassa operatsiyalarini hisobga olish
Do'stlaringiz bilan baham: |