To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot



Download 1,15 Mb.
bet69/107
Sana31.05.2022
Hajmi1,15 Mb.
#622497
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107
Bog'liq
Audit TOPLAM 60 soat 1213

Farq qiluvchi belgilari


Ichki audit xizmati


Тashqi audit




Maqsadi bo’yicha

Korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi

Moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini baholash va amaldagi qonunchilikka rioya etilayotganligini tasdiqlash




Qo’yilgan vazifalarga
ko’ra

Korxona bo’limlari yoki korxonaning talabiga ko’ra korxona kengashi va boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi

Mustaqil tomonlar o’rtasidagi shartnomaga asosan korxona va auditorlik tashkiloti




Javobgarligi bo’yicha

Majburiyatni bajarganligi uchun rahbariyat oldida

Mijoz va huquqiy-me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan uchinchi shaxslar oldida




Ob’ekti bo’yicha

Boshqaruvning alohida funksional masalalarini yechish, korxonaning axborot tizimini ishlab chiqish va tekshirish

Korxonaning hisob tizimi va moliyaviy hisobotlarini tekshirish




Sub’ekti bo’yicha

Korxona rahbariyatiga bo’ysunuvchi va shtat tarkibidagi xodimlar

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxs




Huquqiy jihatlari bo’yicha

Mustaqil belgilanadi

Umumqabul qilingan auditorlik standartlari bilan belgilanadi




Faoliyat turi bo’yicha

Ijro faoliyati

Тadbirkorlik faoliyati




O’zaro munosabat bo’yicha

Korxona rahbariyatiga bo’ysunishi va undan mustaqilligi

Тeng huquqli sherikchilik, mustaqillik




Хizmatlar uchun haq to’lash prinsiplariga ko’ra

SHtat jadvaliga asosan ish haqi

Haqni mijoz–korxona yoki uning roziligiga ko’ra auditorlik xulosasini olishga ehtiyoji bo’lgan organ to’laydi




Uslubiy jihatlari

Uslubiy jihatlari bir xil, ammo qo’yilgan maqsadlari turlichaligidan kelib chiqib har xil nisbatlarda qo’llaniladi

Hisobotning taqdim etilishi bo’yicha

Korxona egasi va boshqaruv organiga

Auditorlik xulosaning yakuniy qismi nashr ettirilishi mumkin, tahliliy qismi mijozga topshiriladi



Ichki audit xizmati tashqi auditdan 2 ta asosiy farqli jihati bilan ajralib turadi.


Birinchidan, tashqi audit korxonaning moliyaviy hujjatlari to’g’riligini tasdiqlashga asoslanadi. Ichki audit esa asosiy e’tiborni korxonaning mavjud nazorat tizimini va uning turli bo’linmalaridagi ishlab chiqarish, marketing, savdosotiq, moliya va boshqalarning holatini aniqlashga qaratadi.
Ikkinchidan, tashqi audit, birinchi navbatda, korxona mijozlari bo’lmish iste’molchi, kreditor, soliq organlarining qiziqishlarini inobatga oladi. Ichki audit, birinchi navbatda, korxona boshqaruvi qiziqishlariga qaratilgan bo’lib, uning samarali tizimi tashqi auditga ketadigan xarajatlarni qisman kamaytirishga ham xizmat qiladi.
Aslida ichki audit xizmati o’tgan XX asrning 30-yillarida AQSHda yuzaga kelib, bu xizmat turi keyinchalik Yaponiya va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan.
O’zida 160 davlatdan 93 ming odamni birlashtirgan Хalqaro Ichki Auditorlar Instituti keltirgan ta’rifga ko’ra, “ichki audit – korxona tomonidan uning o’z faoliyatini tekshirish va baholash maqsadida tashkil etilgan xizmatdir. U mustaqil va ob’ektiv maslahatlar berish asosidagi faoliyat hisoblanib, korxonaning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishga yordam beradi va bunda ichki audit xizmatidan nazorat, korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish hamdaa uning samaradorligiga baho berishda foydalanadi”. Demak, ichki audit biznes maqsadlarni ro’yobga chiqarishga imkon beruvchi faoliyatining hozirgi holatini aniqlash va uni rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadi.
Ichki audit bo’limi boshlig’i korxona rahbariga faoliyat natijalari haqida hisobot berish, tasdiqlash uchun o’z faoliyatini olib borish rejasini, uni amalga oshirish tartibini ma’lum qilishi, tekshiruv paytida reja o’zgargan taqdirda bu o’zgarishlar haqida ma’lumot berib turishi kerak.
Ma’lumotlar to’plash jarayonida bo’ladigan ayrim cheklovlar haqida ham ma’lumot berishi kerak.
Ichki audit bo’yicha hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– ichki audit maqsadi;
– majburiyat va huquqlari;
– reja bajarilishi;
– yuqori darajali tavakkalchilik;
– nazorat va korporativ boshqaruv muammolari;
– rahbariyatga kerakli boshqa ma’lumotlar.
Korporativ boshqaruv sharoitida ichki audit xizmatining roli doimo ortib boraveradi. Bunday korxonalarda ichki audit xizmati: Kuzatuv kengashi bilan tekshirish rejasini muhokama qilish; auditning natijalari haqida hisobot tayyorlash; korporativ boshqaruv qoidalariga asosan nazoratni olib borish; ichki nazorat tizimi samaradorligi haqida hisobot tayyorlash; tashqi audit tekshiruvini o’tkazishga yordam berish; Direktorlar kengashiga taqdim etilayotgan hisobotlarni tekshirish va ularga o’z fikrini bildirish; korxona rahbariyatining faoliyati haqida hisobotlar tayyorlash; korxonaning korporativ maqsadlarga erishish darajasini baholash jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, korxonaning maqsadi ish samaradorligini oshiruvchi hamda xatolarga vaqtida barham beruvchi tizim yaratishdir. Binobarin, eng yaxshi tashkil qilingan ichki nazorat tizimi ham o’z samaradorligini vaqti-vaqti bilan baholab borishi kerak. Bu maqsadga erishishda ichki audit xizmati alohida o’rin tutadi.
Ichki audit ichki nazorat tizimining samaradorligi va ishonchliligiga baho beradi, ichki auditorlar esa ushbu baholashni professional olib boruvchi shaxslar hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ichki audit korxona xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini mustaqil baholash funksiyasini amalga oshiradi va korxona boshqaruviga joriy nazorat tizimining ishonchliligini isbotlab beradi.
Ichki audit xizmati korxonada yangi loyihalar ishga tushirilayotganda ichki va tashqi tavakkalchiliklar mavjudligini tahlil qilish, tavakkalchiliklarni minimallashtirish yo’lini topish, yuz berishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni kamaytirish ishlarida ham faol ishtirok etishi kerak.
Ichki auditorlar korxonada mablag’larning ishlatilganligini, har xil loyiha va dasturlar bo’yicha monitoring hamda moliyaviy, boshqaruv va soliq hisobini tashkil qilishni, uning ishonchliligi va o’z vaqtidaligini ta’minlashni tekshirib turadi. Ichki auditorlar korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan tuzilayotgan xo’jalik shartnomalari va tomonlarning majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiqligini ekspertizadan o’tkazish hamda unga baho berish orqali nazorat tizimiga ko’maklashadi.

7-mavzu: Korxonalarda moddiy boyliklar va pul mablag’larining audit xizmatlari


Reja:

  1. Korxona kassasidagi pul mablag‘larining hisobga olinishi

  2. Bankdagi hisob-kitob va valuta schyotlarida pul mablag‘larini hisobga olish

Korxona kassasidagi pul mablag‘larining hisobga olinishi


Kassa muomalalarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bank boshqarmasining 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Korxona kassasidagi pul mablag‘larining hisobga olinishi buxgalteriya hisobining 9-sonli BHMAga asosan tartibga solinadi. Korxonaga tegishli pulning bank tomonidan belgilangan uncha katta bo‘lmagan miqdoridagi qismi naqd pul sifatida kassada saqlanadi. Kassa muomalalarini yuritish uchun korxonada kassir shtati ajratiladi. U o‘zi qabul qilib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruq chiqqanidan so‘ng korxona rahbari uni kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini hech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tug‘ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida, u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishni tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda) uning hisobdorligidagi boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga o‘tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi. Korxona rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan zarur sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf ajratilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, qutichalarda korxona rahbarida turadi. Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim. Kassaga pul topshirilayotgan paytda KO–1 shakldagi kirim kassa orderi rasmiylashtiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo‘liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitansiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitansiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat to‘ldirilgan kunda qabul qilinadi. Bankdagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga naqd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitansiyasi to‘ldiriladi. Kvitansiya hisob-kitob schyotidan pullarni hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko‘chirmasiga qo‘shib qo‘yiladi. Pulning kassadan berilishi KO–2 shakldagi chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi. Kassadan pul ish haqi, mukofot, nafaqa, stipendiyalar berilganda «To‘lov vedomosti»da rasmiylashtiriladi. Pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas. Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxs qo‘liga berishga ruxsat etilmaydi. Kassir pulni biror-bir shaxsga berayotganida uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ko‘rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va raqami, kim tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo‘yadi hamda oluvchining tilxatini oladi. Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to‘lov hujjati bo‘yicha pul olishda ham shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatilishi shart. Korxonaning ro‘yxati tarkibida bo‘lmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo‘yicha beriladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.

Bankdagi hisob-kitob va valuta schyotlarida pul mablag‘larini hisobga olish


Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o‘zining pul mablag‘larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:


1. Schyot ochish uchun ariza.
2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko‘chirmasi.
3. Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma.
4. Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat.
5. Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
6. Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka. Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi. Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi. Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi;
1. To‘lov topshiriqnomasi.
2. To‘lov talabnomasi.
3. Inkassa topshiriqnomalari.
4. Pul cheki.
5. Pul badallari haqidagi e’lon.

8-mavzu: Korxonalarda inventerizatsiya o’tqazish tartibi va qoidalari


Reja:
  1. Tovar-moddiy zaxiralarning turlari

  2. Inventarizatsiya tushunchasi va ahamiyati

  3. Inventarizatsiya qonuni





Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish