7-Mavzu: Kunlik va kechki soch turmaklarini bajarish.
Reja:
1. Soch turmagi tanlash.
2. Soch turmagi kompozitsiyasi.
3. Kunlik soch turmaklarini bajarish.
1-Soch turmagi tanlash.
Soch turmagi qanday tanlanadi?
Yozda butunlay
o‘zgarishga, chiroyli va maftunkor ko‘rinishga xohish uyg‘onadi.
Yangi soch
turmagi tashqi ko‘rinishni o‘zgartirishga yordam beradi. Uyning o‘zida taroqlar va
fen yordamida sartaroshning yordamisiz o‘z-o‘ziga modabop soch turmagini qilib
olish mumkin. Ayollar oynaga qarab, sochini qanday turmaklash haqida o‘ylanib
qoladi. Kompyuter imkoniyatlarini yaxshi bilganlar tegishli dasturni topib o‘z
fotosini qo‘yish orqali u yoki bu soch turmagi mos
kelishi yoki kelmasligini
aniqlab oladi. Modani yoqtiradigan qizlar doim sartarosh bilan maslahatlashadilar,
undan o‘zini «chiroyli qilib qo‘yishni» iltimos qiladilar. O‘ziga ishongan shaxslar
o‘zining tashqi ko‘rinishini plastik
jarroh sifatida tahlil qilib,
yaxshi tanlangan
soch turmagi orqali chiroyliroq va yoqimliroq ko‘rinishi
uchun nimaga qanday
tuzatish kiritishni darhol sezib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: