3- Kimyoviy usulda turmaklangan sochlarni parvarish qilish
Sochlar jilosi va mustahkamligini saqlab qolish uchun ularni doimo parvarish
qilib turish lozim. Kimyoviy usulda turmaklangan sochlarga alohida e’tibor
berish lozim. Soch turmaklangan kuni unga hech qanaqa taroq tekkizmasdan o‘z
holiga qo‘yish kerak. Bajarish qiyin bo‘lsa ham bu maslahatga amal qilish
lozim.
Bunga sabab, soch ildizini himoya qatlami keratin bo‘sh yasalgan sun’iy
ko‘prikchalar hali bir-biriga qovushmagan bo‘ladi. Bunday paytda behudaga
sochni tortmagan ma’qul. Faqat uchinchi kunga kelib sochni yuvsa bo‘ladi,
sababi sochning suvga chidamliligi ham kamaygan bo‘ladi.
Birinchi kunlarda bigudi va fenni ham ishlatmagan ma’qul. Shunda
kimyoviy usulda berilgan shakl uzoq muddatga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |