Ton r maxsu kent d ogik


Saidahmad Siddiqiy (1864—1927)



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/88
Sana21.05.2021
Hajmi0,68 Mb.
#65063
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
Bog'liq
pedagogika nazariyasi va tarixi

5.Saidahmad Siddiqiy (1864—1927) 
Saidahmad Siddiqiy ham ta’lim-tarbiya sohasida o‘z o‘rniga ega.Saidahmad Siddiqiy hunarmand-
dehqon oilasida tug‘ilib o‘sdi. Boshlang‘ich maktabni tugatganidan so‘ng madrasaga o‘qishga kirdi. 
Ammo tez orada turmush qiyinchiliklari sababli madrasani tashlab, ota kasbi tikuvchilik bilan mashg‘ul 
bo‘ldi. Shuning bilan bir vaqtda rus tilida tashkil etilgan maktabga ham qatnay boshlaydi va rus tili hamda 
adabiyotini mukammal egallab bordi. 
Saidahmad Siddiqiy Rossiya, Yevropa va Osiyodagi qator mamlakatlarda sayohatda bo‘ladi. U 
1903 yili Samarqandga qaytib kelib, madaniyat va maorifning faol targ‘ibotchisiga aylanadi. 
Siddiqiy Samarqand viloyatidagi Xalvoi nomli o‘z qishlog‘ida dehqon va hunarmandlarning 
bolalariga yangi usul maktabini tashkil etib, unda ta’lim-tarbiyani o‘sha davr ilg‘or maktablarning tajribasi 
asosida quradi. U yangi usul maktabining ijtimoiy, siyosiy va pedagogik yutuqlarini keng yoritishga dadil 
e’tibor berdi. 
Siddiqiy viloyatda birinchi bor kattalar uchun yangi usul maktabi ochib, madaniy hayotda katta 
o‘zgarish yasadi. U 1914 yil “Zarafshon” nomi bilan kitob savdo do‘koni ochib, unda ko‘rgazmali qurollar, 
metodik, darslik adabiyotlar, o‘quv qurollari hamda jurnallar bilan savdo qilishga sharoit yaratadi. 
Siddiqiy ko‘plab asarlar yozdi. Keyinchalik ular tojik va o‘zbek tillarida nashr qilingan edi. Uning 
asarlari “Mir’oti Ibrat” (1912 yil, Tiflis), “Anjumani arvoh” (1912 yil, Tiflis), “Ganjinai hikmat” (1914 yil, 
Toshkent) va “Aynul adab” (1915 yil, Toshkent) kabi to‘plamlarida nashr qilingan edi. 
U o‘zining qator asarlari va nutqlarida maktablarda dunyoviy fanlarni ko‘plab o‘qitish, dunyoviy 
ta’lim berish g‘oyasini olg‘a surib, buning uchun Ulug‘bek, Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy va boshqalar 
ijodini puxta o‘rgatish, tarbiyaviy ishda qo‘llash g‘oyalarini targ‘ib qiladi. 
Ma’lum bo‘ldiki, Siddiqiy birinchilardan bo‘lib Samarqanddagina emas, qishloq tumanlarida ham 
yangi usul maktablari ochib, unda nafaqat o‘zbek, tojik bolalarini, balki rus bolalarini ham o‘qitishga 
muyassar bo‘lgan. 
Siddiqiy ta’lim uslubiyatiga katta mehr bilan munosabatda bo‘lib, o‘qitishning yangi usulini ilmiy, 
ongli, tushunib o‘qitish prinsiplarini eskicha hijjalab o‘qitishga qarama-qarshi qo‘ydi. Mohir o‘qituvchi 
darslarni qat’iy tartib dars jadvali asosida tashkil etib, o‘zbek, rus tillarida chuqur ta’lim bera olgan. U 
tabiatshunoslik, geografiya darslarida mashg‘ulotlarni Bulung‘ur daryosi yonida ochiq havoda amaliy 
mashqlar bilan o‘tishga erishgan. Shu usul bilan bolalarning fan, jamiyat, tabiat qonunlarini, sirli 
voqealarning asl mazmunini tushunib olishlariga alohida diqqat qilgan. Bolalarga uy vazifasi bermagan, 
ota-onalar bilan juda yaqindan munosabatda bo‘lgan.  
Saidahmad Siddiqiy 1918—21-yillar davomida huquq ishlari komissari vazifasida ishladi. 1921 
yildan umrining oxirigacha pedagogik ishda ishlagan, “Xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi” yuksak unvoniga 
sazovor bo‘lgan. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish