Yusuf qiziq - sirkda
Rus sirkiga jalb qilingan truppalarning birinchisi Yusuf qiziq truppasi edi. Uning truppasi o‘tgan asrning oxiridan boshlab 1913- yilgacha turli sirklarda ish ko‘rdi. Truppa har yilning sirk mavsumida sirkda ishlab, mavsum tugagach yana xalq o'rtasida o‘z ishini davom ettiraredi. Yusuf qiziq truppasining rus sirkda ko'rsatgan spektakllari kechaning bir bo'limini tashkil qilardi. Bundan tashqari butun dastur davomida o‘zbek qiziqlari rus klounlari bilan birga nomer ko‘rsatib borardilar.
Turkistonga kelgan rus sirki antreprenyorlari ichida o'lkada eng uzoq yashagan va o'zbek aktyorlari bilan rus sirki aloqalarini mustahkamlashda katta ijobiy ishlar qilgan Yupatov nomini alohida ko'rsatib o'tish kerak. Bu kishi Yusufjon qiziq bilan do'st edi. Yusufjon qiziq rahbarligidagi o'zbek truppasi ana shu Yupatov sirkida ko'proq ishlagan. Yupatov o'zi ham rus sirkining talantli aktyori va tashkilotchisi edi. U ot o'ynatar, kuldiradigan gimnastika, turnik va qasqonda o'ynardi. U o'zbek tilini yaxshi bilganidan sirk maydoniga o'zbek qiziqlari bilan birga chiqardi. Ayniqsa, uning ba’zi o'zbek hajviy ashulalarini o'rganib olgani va uning ijrosi tomoshabinni haddan tashqari xursand qilardi. Uning qizi Yelena ot ustida o'ynardi. u ham o'zbek tilida erkalanib gapirar, manejda ot ustida o'ynab turganida Yusuf qiziq bilan hazilnamo dialoglar aytib borardi. O'zbek san’atkorlariga hurmat bildirgan ustasi zamon illatlari va 1912-yilda Yupatov o'z hisobidan Toshkentda yangi sirk binosi qurdi. Yupatov truppasi yoz oylarida Turkistonning hamma shaharlarida ikki oydan bo'lib, qishda o'z ishini Toshkentda davom ettirardi. O'zbek aktyorlarining sirkda o'ynab yurgan repertuari dastlabki davrda «Mamayusufning dadasi», «Sartarosh», «Yana uylanaman», «Emon uka», «Surat ko'rsatish» kabi ilgari xalq o'rtasida yoyilgan satirik va yumoristik pyesalardan iborat bo'lgan.
XX asrning boshidan o'zbek aktyorlarining sirk repertuarida yangi pyesalar ham maydonga kela boshladi.Bunday pyesalarda yangi obrazlar, ya’ni rus chinovniklari, harbiylar, politsiyalar, rus va o'zbek fabrikant zavodchilari va boshqa sotsial tiplar ham yaratildi. Chunonchi, Yusufjon qiziq Shakarjonov Yupatov sirkida ko'rsatish uchun «Tarjimon», «Tarozibon», «Ellikboshi saylovi», «Sallotbozlik», «Saydazitnboyning Maskop safari», «Shayton», «Viktor boyning namozga borishi» kabi bir necha satirik asarlarni qayta ishlab, ularni sirk tomoshalarida ko‘rsatib bordi. Bu pyesalarda kolonial Turkistondagi ijtimoiy hayot tasvirlanadi. Chunonchi, «Tarjimon» pyesasida 3 kishi qatnashadi: rus amaldori, o‘zbek tarjimoni va o'zbek dehqoni. Dehqon rus hokimiga arzga keladi, boy uning yerini qarz evaziga olib qo'ygan. Dehqonning arzini tarjimon hokimga butunlay noto'g'ri tushuntiradi. Rus hokimning so'zini ham dehqonga teskarisini aytadi, pyesada rus tilini bilmagan va o'zini bilarmon qilib ko'rsatgan tarjimondan kulish bilan birga boyning yonini bosgan hokim ham tanqid qilinadi. Rus hokimi rolini Yupatov, tarjimon rolini Yusuf qiziq, dehqon rolini Usmon qiziq olibchiqadilar. Yusuf qiziq Yevropa kostyumi va shapka kiygan bo'lib. bir ko'zli pensne taqib olgan, qo'lida hassa va papka. Yusuf qiziqning Yupatov bilan bo'lgan muomalalari, uning rus tilini buzib so'zlashi tomoshabinlarning ichagini uzardi. Dehqon rolidagi Usmon qiziq o‘z arzi holini tushuntirolmay peshanasiga uradi, faryod chekadi. Oxirida tarjimonni savalab ketadi.
«Tarozibon» komediyasida paxtachi boyning taroziboni qabul punktiga paxta olib kelgan dehqonning turli bahonalar hisobiga toshdan urgani, pirovardida sotgan paxtasi qarziga ham yetmay ot- aravasini garovga qo'yib ketgani tasvirlanadi. «Ellikboshi saylovi»da pristav рога hisobiga sotib olinadi va hokazo. Ko'rinib turibdiki, o'zbek teatri aktyorlari mustamlaka davrda ham o'zining qadimgi ilg'orestetik pozitsiyasida turibzulm o'tkazadiganlarni kirdikorlarini, mamlakatdagi illat va adolatsizliklarni fosh etib, mehnatkash xalqni himoya qilishdagi o'z faxrli burchlarini ado etib kelganlar. Ular yerli aholi uchun dahshatli bo'lgan mustamlaka siyosati va ularning vakillarini tanqid qilishdan ham qo'rqmaganlar. Ba’zi o'zbek truppalari va ayrim aktyorlarning rus sirkida ishlashlari bir tomondan
o‘zbek tomoshabinini rus sirkiga bo‘lgan oqimini kuchaytirib, rus sirklarining o'lkada muttasil ishlashlariga zarur sharoit yaratgan bo'lsa, ikkinchi yoqdan rus sirkiga jalb qilingan o‘zbek truppalarining repertuar mavzusini. ular mahoratini oshishiga yordam berdi. Masalaning muhim tomoni yana shundaki, XX asrning boshlab rus sirk san’ati ta’siri va lining tajribalarini o'rganish asosida Yevropa tipiga o‘zbek sirk artistlari ham tug'ila boshladi. Shuning orqasida 1900-191 l-yillarda Toshkentda faoliyat ko'rsatgan qo'qonlik qiziqlardan Baratboy va toshkentlik Mullaboy Mansurov tashabbusi bilan Toshkent shahrida «O'zbek milliy sirki» tashkil topdi. lining dasturida o‘zbek teatri repertuaridan tashqari rus sirki repertuari ham o‘rin olgan edi. Mullaboy Mansurov boshchilik qilgan birinchi milliy sirk truppasi quyidagi sostavdan iborat edi: Baratboy, Yusuf qiziq Shakarjonov, Komil qiziq, Odil simdorchi, Isoq barina, Muhammadjon Rahmonov, Parzin Abduhalilov, Maqsud qori, Sharof, Muhammad (Chaqqon) Xojayev, Majid garang, Karim Zaripov, Qodir, Muxsin, Ortiq qiziqlar va milliy orkestr. Bu sirk XX asr boshida Turkistonning turli shaharlarida va Xorazm, Buxoro xonliklarida, shuningdek, G‘ulja, Qoshg‘ar, Yorkent shaharlarida gastrollar o‘tkazib turgan.
Keyinchalik o‘zbek sirkini jahonga tanitgan Chaqqon Xo'jayev Karim Zaripov, Toshkanboy aka kabi ot o'ynatuvchi, muallaqchi, dorbozlar shu guruhdan yetishib chiqqan edilar. Ular o'z navbatida o'zbek milliy sirk maktabining asoschilari ham bo‘lib qoldilar.
Xulosa qilib aytganda, Yusuf qiziqning rus sirki bilan hamkorligi mahalliy aholini sirk sa’antiga qiziqishini orttirdi. An’anaviy teatr atkyorlarining yangi qirralarini ochdi va ularda o‘zbek milliy sirk san’atini yaratish niyatini paydo qildi. Ular bu masalani yuqori saviyada tashkil qila oldilar. Bunday yaratuvchilik harakatiga Yusuf qiziqning beqiyosqobiliyati asos bo'ldi. Bu mavzu alohida o'rganiladi, deb umid qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |